G. S. Tursinbayeva, G. M. Duschanova, J. S. Sadinov



Download 10,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/185
Sana18.07.2022
Hajmi10,76 Mb.
#818879
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   185
Bog'liq
Botanika kitob

40-rasm.
Cucurbitaceae
 oilasi vakillarining birlamchi floemasining 
tо‘rsimon nay a’zolaring differensiyasi:
1 – tо‘rsimon plastinka, 2 – tо‘rsimon nay a’zolari, 3 – sitoplazma 
hо‘jayra devorga yopishgan sitoplazma, 4 – yо‘ldosh hujayra, 5 – shilimshiq 
tanachalar, 6 – qо‘shilgan shilimshiq tanalar.
88


Keyinchalik shakllangan elaksimon naylarda sitoplazma hujayra 
devori atrofida joylashadi. Yadro yemiriladi yoki uning qoldig‘i 
saqlanadi. Bundan tashqari sitoplazma bilan vakuola oralig‘idagi 
tonoplast ham yemirilib, markaziy vakuola chegarasi yо‘qoladi, 
natijada hujayra markazi vakuola va sitoplazma moddasi bilan tо‘ladi. 
Shakllangan elaksimon nay elementlarida sitoplazmaning qolgan 
qismlari (endoplazmatik retikulum, mitoxondriy va juda oz mikdorda 
uchraydigan plastidlar) hujayra devori atrofida joylashadi. Ribosoma, 
diktiosoma va mikronaylar bо‘lmaydi. Shu xususiyatlari bilan 
elaksimon nay elementlarining tuzilishidan farq qiladi. Ikkipallali 
о‘simliklarning yosh elaksimon elementlarining sitoplazma tarkibida 
yumaloq shakldagi tanachalar yoki floema oqsillari hosil bо‘ladi. 
Keyinchalik bu floema oqsillari shaklini о‘zgartirib, yoyilib ketadi va 
uning fibrillalari perforasiya poralari orqali nay bо‘g‘imlariga о‘tadi. 
Floema - oqsilning asosiy vazifasi ayrim ma’lumotlarga kо‘ra bu oqsil 
kalloza bilan birgalikda jarohatlangan elaksimon nay elementlarining 
atrofida qatlam paydo etishda qatnashadi. Organik moddalarning 
harakatida tо‘rsimon naylarning maxsus parenxima yoki yо‘ldosh 
hujayralari muhim ahamiyatga ega, chunki bu hujayralarda yadro va 
mitoxondriylarning hayotchanligi uzoqvaqg sakdanadi. Tо‘rsimon 
naylar bilan yо‘ldosh hujayralar о‘rtasida juda kо‘p sonli yon tо‘rlar 
bor va ular plazmatik aloqada. Floema elementlari orqali 
assimilyasiya mahsulotining harakat tezligi 50-150 sm ga tо‘g‘ri 
keladi. Bu juda katga quvvat sarflashni talab etadi. Jarayon 
hujayraning nafas olishi bilan bog‘liq. Nafas olish jarayoni 
sekinlashsa moddalarning floema elementlari orqali harakati tо‘xtaydi. 
Tо‘rsimon naylarning faoliyati uzoqqa chо‘zilmaydi. Ba’zan buta va 
daraxtlarda 3–4 yil davom etadi, keyinroq vegetasiyaning oxirida 
tо‘rsimon naylarning plastinkalari kalloza bilan berkitiladi va plazmali 
tolalar siqiladi. Kambiy faoliyati natijasida yangi tо‘rsimon elementlar 
hosil bо‘ladi. Kambiyning faoliyatidan ikkilamchi floema yoki lub 
parenximasi vujudga keladi. Bular yupqa devorli, bо‘g‘imsiz uzun 
hujayralar kо‘rinishida yuzaga keladi. Lub parenxima hujayralari, 
о‘tkazuvchanlik xususiyatidan tashqari, g‘amlovchi va mustahkamlik 
vazifasini bajaruvchi tо‘qima elementlari sklerenxima va sklereidlar 
(toshsimon hujayralar) shaklida bо‘ladi (41-rasm). 
89


Ochiq urug‘li о‘simliklarda yо‘ddosh hujayralar bо‘lmaydi; 
ularning vazifasini lub parenximalari bajaradi. Lubdagi parenximada 
g‘amlovchi moddalar (kraxmal, gemisellyuloza) tо‘planadi. 
Kambiydan tashqariga qarab tangental (lot. tangens – tegishli, 
aloqador, uzunasiga, bо‘yiga) yо‘nalishda lub nurlari yoki lub tolalari 
yuzaga kelvdi. О‘t о‘simliklarning lub nurlari uzunasiga ketgan 
parenxima hujayralaridan tuzilgan, daraxtlarda esa radial (tik) 
yо‘nalishda chо‘zilgan hujayralardan iboratdir. Lub nurlarining 
vazifasi assimilyasiya mahsulotini yaqinroq masofaga о‘tkazishdan 
iboratdir. 

Download 10,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish