eng asosiysi suv, harorat va kislorod bо‘lib, ba’zi mayda urug‘larning
unishiga yorug‘lik ham talab qilinadi (tamaki, salat). Quruq urug‘lar
faqat 5–20% nam saqlaydi, shuning uchun unish qobiliyatiga ega
emasdirlar. Urug‘lar modda almashinishi uchun kerak bо‘lgan
suvni
shimmaguncha unish jarayoni kuzatilmaydi (45–46 rasmlar).
Har bir о‘simlik turi urug‘ini unishi uchun harorat zarur (о‘rtacha
+25.. + 35
0
C). Lekin barcha о‘simliklarning urug‘lari qulay sharoit
tug‘ilganda unavermaydi.
Har xil sabablarga kо‘ra kо‘p vaqtda urug‘larda unish jarayoni
tо‘xtab turishi kuzatiladi va tinim davri deb ataladi. Ulardan 1)
urug‘larda murtakning yetarlicha rivojlanmaganligidadir (jenshen
urug‘i). Bunday urug‘larda murtak yetilguncha
endosperm hisobida
oziqlanib turadi. 2) Urug‘larning pо‘sti suv о‘tkazishga qodir emas
yoki urug‘ pо‘sti juda qattiq bо‘lib unishga mexanik ta’sir kо‘rsatadi,
unishga yо‘l bermaydi (danakli mevalar). 3) Meva tо‘qimalarida
ingibitor moddalar (unishga tо‘sqinlik qiladigan) sintez qilinib
urug‘larning unishiga kimyoviy tomondan tо‘sqinlik qiladi (tropik
mintaqalardagi daraxtlar shumtol). 4) Urug‘ pо‘stining
ichki
qavatidagi tо‘qimalarida gazlar almashinuvi yetarlicha bо‘lmaganligi
va boshqa sabablarga kо‘ra.
Shunday qilib, urug‘larning tinim davri keng tarqalgan jarayon
bо‘lib, gulli о‘simliklarning evolyutsiyasi davomida moslashgan
xususiyatlaridan biridir.
Urug‘larning tinim davri ekzogen
va endogen tinim davriga
bо‘linadi. Urug‘larning ekzogen tinim davri – urug‘ qobig‘ining
qattiqligiga, flabofen (tannidlar) moddasining mavjudligiga bog‘liq.
Urug‘larning endogen tinim davri – urug‘larning morfologik
(murtakning rivojlanmaganligi) va fiziologik (P va boshqa vitaminlar),
jihatdan murakkabligiga bog‘liq.
Urug‘larda tinim davrining bо‘lishi ularni bevaqt unib ketishidan
saqlaydi. Tinim davri bitgandan keyin urug‘ pо‘sti
tabiiy ravishda
yemirilib chiriydi ingibitor moddalar yuviladi va urug‘larning unish
jarayoni boshlanadi.
Barcha urug‘larga ham tinim davri xos emas. Ba’zi о‘simliklarning
urug‘i juda tez unadi va unish qobiliyatini ham tez yо‘qotadi
(majnuntol).
Urug‘larning unish xususiyatiga asoslanib bir necha guruhlarga
bо‘lish mumkin:
98
1.
Urug‘lar juda uzoq tinim davriga ega bо‘lib kо‘p yillar unish
qobiliyatini yо‘qotmaydi. O‘simliklar:
a) juda uzoq tinim davriga ega о‘simliklar – 20-100 yil (shо‘ra);
b) qisqa tinim davriga ega о‘simliklar – 2-10 yil
2. Urug‘lar juda qisqa tinim davriga ega bо‘lib va kо‘p
yillar
davomida unish qobiliyatini saqlab qoladigan о‘simliklar – 1-5
yilgacha saqlaydi:
a) qisqa tinim davri (oqqoldirmoq, beda, saksovul, cherkez);
b) tinim davriga ega bо‘lmagan urug‘lar yetilib yerga tushishi bilan
tez vaqt ichida una boshlaydigan va (tropik - rizofora).
Urug‘lar ungan vaqtda birinchi navbatda murtak ildiz urug‘ pо‘stini
yorib chiqadi va rivojlanayotgan maysani tuproqqa biriktirib undan
suv va suvda erigan moddalarni shima boshlaydi. Keyinchalik bu
murtak ildiz yon ildizlarni paydo qiladigan asosiy ildizga aylanadi.
Ildiz bilan birgalikda gipokotil ham о‘sib ildizni tuproqqa itaradi.
Shunday qilib о‘simliklarning ildiz tizimsi rivojlanadi (45-rasm).
Bir pallali о‘simliklarning birinchi tartibli ildizi uzoq yashamaydi.
Poyaning pastki bо‘g‘imlaridan hosil bо‘lgan qо‘shimcha
ildizlar
hisobiga ildiz tizimsi rivojlanadi.
Bir pallali о‘simliklarning yer ostki о‘sishida urug‘pallabargning bir
qismi yer ustiga chiqmaydi, lekin yashillashadi sо‘ngra о‘sishdan
tо‘xtab quriydi. Birinchi barg yer ustiga chiqishi bilan konussimon
tangacha shaklini oladi.
Boshoqdoshlar shitoki yer ostida qoladi
va gaustoriya vazifasini
bajaradi. Bunday holatda yer ustiga koleopilning asosi chiqadi.
(45-rasm).
Bir pallali va ikki urug‘pallali о‘simliklarda urug‘palla barg
bajaradigan vazifasiga gipokotilni va urug‘palla barglaridagi о‘sish
zonalarining joylashishiga kо‘ra turli kо‘rinishda bо‘ladi.
Agar ozuqa moddalari murtakdan tashqaridagi tо‘qimalarda
tо‘plangan bо‘lsa, urug‘palla barglar u moddalarni shimadi va
gipokotilning yoki о‘zining asosi о‘sishi natijasida palla barglar yer
ustiga urug‘ pо‘stini kо‘tarib chiqadi. Yashil rangga kiradi va birinchi
assimilyasion organ bо‘lib
xizmat qiladi, ya’ni о‘simlik avtotrof
oziqlanadi (45–46-rasm).
Urug‘larning bunday tipda unishiga yer ustki unish deyiladi.
Ba’zida, о‘simliklar urug‘larining unishi gipokotil emas epikotil
poyaning birinchi bо‘g‘imi kuchli о‘sib kurtakni yer ustiga kо‘tarib
99
chiqaradi. Birinchi assimilyatsion organ kurtakdan chiqqan poyaning
birinchi bargi hisoblanadi. Urug‘ palla barg tuproqda qoladi.
Urug‘larning bunday tipda unishiga yer ostki unish deyiladi (eman,
nо‘hot) (45–46-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: