Ildiz tizimi.
Har bir о‘simlik odatda, kо‘p sonli kuchli shoxlangan
ildiz tizimidan iborat bо‘ladi.
Ildiz tizimsi – asosiy, yon qо‘shimcha ildizlarning yig‘indisidan
tashkil topadi. Asosan ikki xil: о‘q ildiz va popuk ildiz tizimlari
bо‘linadi.
Ochiq urug‘li va gulli о‘simliklarning asosiy ildizi murtak ildizdan
rivojlanadi va yer qatlamlari bо‘ylab pastga qarab о‘sadi. Asosiy
ildizning apikal meristemaga yaqin joyida yon ildizlar paydo bо‘ladi.
Asosiy ildizga
yana birinchi tartibli ildiz ham deyiladi. Undan chiqqan yon
ildizlarni ikkinchi tartibli, undan chiqqan ildizlarni uchinchi va
boshqalar popuk ildiz deyiladi (48-rasm).
Bir pallali о‘simliklarning asosiy ildizi murtakda hosil bо‘lib uzoq
yashamaydi, ildiz tizimsi murtakning poyasidan paydo bо‘lgan
qо‘shimcha ildizlardan shakllanadi va popuk ildizlar tizimini hosil
qiladi. Bularga bug‘doy, arpa, sholi, g‘umay, suli, tariq kabilar kiradi.
104
Qо‘shimcha ildizlar poyalarda, barglarda, hamda ular asosiy
ildizning kо‘p yillik qismlarida paydo bо‘ladi. Yuksak sporali
о‘simliklarning poyalarda hosil bо‘lgan qо‘shimcha ildizlar poyaning
apikal meristemasida juda erta paydo bо‘ladi va ildiz tizimsi faqat
qо‘shimcha ildizlardan tashkil topadi. Bunday ildizlar tizimi ibtidoiy
hisoblanib birlamchi gomoriz (yunon. gomoyos – bir xil, riza – ildiz)
ildizlar deyiladi (48-rasm).
47- rasm. Ildizning о‘sish zonalari (A), ikki pallali (B) va bir pallali (V)
о‘simliklar ildizning о‘sish konusi:
1 – ildiz qini bо‘linish zonasi;
2 – chо‘zilish zonasi, 3 – ildiz tukchalari yoki sо‘rish zonasi; 4 – о‘tkazuvchi
zonasi. Shartli belgilar: IQ – ildiz qini, IH – initsial hujayra,
Mks – metaksilema, Mf – metafloema, Pd – protoderma,
Pks – protoksilema, Pf – protofloema, S – stela.
IQ
Pf
Mf
Pks
Mks
А
B
V
IH
IH
IQ
IQ
Pd
Pd
S
S
105
Agar ildiz tizimi asosiy о‘q ildizdan hamda qо‘shimcha ildizlardan
tashkil topsa alloriz (yunon. allos - boshqa) ildiz tizimsi deyiladi (48-
rasm).
Ildizlarning morfologik tiplarini tavsiflanganda yana bir qancha
asosiy xususiyatlariga ahamiyat berish kerak bо‘ladi. YA’ni, о‘q ildiz
tizimida – asosiy ildiz boshqa ildizlarga nisbatan kuchli rivojlangan
bо‘ladi. Asosiy ildizdan qо‘shimcha ildizlar paydo bо‘lishi mumkin,
lekin ular efemer ildizlar bо‘lib, tezda nobud bо‘ladi.
Popuk ildiz tizimsida asosiy ildiz tez о‘sishdan tо‘xtaydi. Ildiz
tizimsi qо‘shimcha ildizlardan tashkil topadi. Agar qо‘shimcha ildizlar
qisqargan vertikal ildiz poyada hosil bо‘lsa, chо‘tkasimon ildiz tizimsi
shakllanadi (bir pallali о‘simliklarda) (48-rasm).
Agar qо‘shimcha ildizlar uzun gorizantal ildiz poyalarida hosil
bо‘lsa – baxromasimon ildizlar tizimsi shakllanadi. Ba’zida gorizontal
ildiz poyalarda hosil bо‘lgan qо‘shimcha ildizlar yо‘g‘onlashib, kuchli
shoxlanib, ikkilamchi о‘q ildiz tizimini hosil qiladi (beda, ayiqtovon)
(48-rasm).
Ildiz tizimi tuproq qatlamlarida joylashishiga qarab ham
tavsiflanadi. Masalan, о‘simliklarning tuproqda suv bilan
ta’minlanishiga qarab, ildizlarni asosiy qismi yer yuziga yaqin
joylashadigan, tuproq qatlamlariga chuqur tushib boradigan universal
ildizlar tizimiga bо‘linadi. Lekin, bunday ildizlarning morfologik
xususiyatlari faqat ildizlarning turli tumanligi haqida boshlang‘ich
tushunchalarnigina beradi. Har bir о‘simlikning ildizlar tizimi
о‘simlikning ontogenezi davomida uning poyalar tizimini
xususiyatlariga, atroflardagi о‘simliklarning ta’siriga, yil faslining
almashinishiga bog‘liq holda о‘zgarib turishi mumkin.
Madaniy о‘simliklarning ildiz tizimi barcha agrotexnik uslublariga
(chopish, о‘g‘itlash, sug‘orish yovvoyi о‘tlardan tozalash) bog‘liq
holda о‘zgarib turishi mumkin.
Tabiiy sharoitda о‘sgan о‘simliklarning ildizlari о‘sishiga barcha
shart-sharoitlar yetarli bо‘lganda, ildizlar cheksiz о‘sadi. Lekin
ildizlarning о‘sishiga va shoxlanishiga atrofdagi boshqa
о‘simliklarning ildizlari va yer ustki organlari katta ta’sir kо‘rsatadi.
Masalan, issiq xonalarda о‘sgan katta bir tup javdar ildizining umumiy
uzunligi 623 km, bir sutkada о‘sgan barcha ildizlarning umumiy
uzunligi 5 km ni tashkil etadi. Shu tupning umumiy ildiz yuzasi 237
m
2
bо‘lib, yer ustki qismining sathidan 130-marotaba kо‘proqdir.
106
Kо‘p yillik о‘simliklarning ildiz tizimsida har vaqt ba’zi ildizlar
о‘lib, boshqalari ularning о‘rniga paydo bо‘lib turadi.
Bir yillik о‘simliklarning ildizlari esa vegatasiya davomida о‘sadi,
shoxlanadi va vegatasiyasining oxirida yer ustki qismi bilan birgalikda
о‘ladi. Piyozli va tо‘g‘anoqli о‘simliklarning vegetasiyasining oxirida
barcha ildizlar quriydi, keyingi yili vegetasiyasi boshlanganda
qaytadan yangi ildizlar paydo bо‘ladi.
Vaqti-vaqti bilan siyrak yomg‘ir yog‘adigan qurg‘oqchil
mintaqalarida, yomg‘ir tuproqning faqat ustki qisminigina namlaydi,
Do'stlaringiz bilan baham: |