G. S. Tursinbayeva, G. M. Duschanova, J. S. Sadinov


Ikki pallali о‘simliklarning perispermli urug‘larining tuzilishi



Download 10,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/185
Sana18.07.2022
Hajmi10,76 Mb.
#818879
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   185
Bog'liq
Botanika kitob

Ikki pallali о‘simliklarning perispermli urug‘larining tuzilishi.
Bu tipdagi urug‘larning pо‘sti tagida endospermdan tashqari ozuqa 
moddalar tо‘plovchi nusellusdan paydo bо‘lgan perisperm tо‘qimasi 
rivojlanadi. Masalan, qora muruch urug‘ining kichkina ikki urug‘ 
pallali murtagi sust rivojlangan endospermning ichida joylashgan 
bо‘lib, endospermning tashqi tomonida esa qalin perisperm tо‘qimasi 
joylashgan. Ba’zi о‘simliklar urug‘larda endosperm mutlaqo sо‘rilib 
ketib perisperm kuchli rivojlanadi (44-rasm). 
Bir pallali о‘simliklarning endospermli urug‘larining tuzilishi.
Bu tipdagi urug‘lar asosan bir pallali о‘simliklarga xos bо‘lib urug‘lari 
qalin pо‘st bilan о‘ralgan. Masalan, gulsapsar о‘simligining 
urug‘larining kо‘p qismi yog‘ va oqsil moddalari saqlaydigan 
endosperm egallaydi. Endosperm tо‘qimasi ingichka tо‘g‘ri о‘qli 
murtakni har tomonlama о‘rab turadi. Boshlang‘ich murtak ildiz uchki 
tomoni bilan mikropilga qaragan bо‘lib, poyaning meristematik apeksi 
bilan tugallanadigan gipokotil bilan tutashadi. Urug‘palla barg 
naysimon bо‘lib, uning asosi kengayib nov shaklida о‘sish konusini 
har tomonlama о‘rab turadi (44 -rasm).
96


Bir pallali о‘simliklar (Poaceae oilasi vakillari) mevasi bir urug‘li 
bо‘lib, boshqa bir pallalilardan murtagining don ichida joylashishi 
bilan farq qiladi. Ya’ni donning murtagi endospermning bir tomoniga 
yondoshib joylashadi, lekin uning tо‘qimasi bilan о‘ralib turmaydi. 
Shuning uchun urug‘palla barg endospermga yopishib qalqon shakliga 
aylangan. Qalqonning tashqi tomonidagi hujayralari endosperm 
moddalarini shimishga moslashgan. Boshqa bir pallalilarga nisbatan 
bug‘doydoshlarning 2–3 ba’zida kо‘proq boshlang‘ich bargchalarga 
ega bо‘lgan murtakning kurtagi yaxshi rivojlangan. Kurtakning tashqi 
tomonidagi bargi – 
koleoptil 
deyiladi. Bug‘doydoshlarning gipokotili 
sust rivojlangan bо‘lib, murtak ildiz koleorizo deb nomlangan, kо‘p 
qavatli mahsus tо‘qima bilan о‘ralgan. Urug‘ unganda koleorizo bukib 
tashqi tomonda sо‘ruvchi tukchalar paydo bо‘ladi, ildiz koleorizoni 
yorib tashqariga chiqib tuproqda о‘sa boshlaydi.
Ba’zan qalqonning qarama-qarshi tomonida tangachasimon о‘simta 
– 
epiblast
paydo bо‘ladi. Bu о‘simtaning taqdiri olimlar о‘rtasida 
tortishuv bо‘lib, bir xil olimlar epiblastni ikkinchi urug‘palla bargning 
qoldig‘i deb hisoblasa, ikkinchi guruh olimlar birdan – bir urug‘palla 
barg deydilar. Ba’zi olimlar esa murtak о‘qini qayilishidan hosil 
bо‘lgan tо‘qimalarning burmasi deb hisoblaydilar. 
Bir pallali о‘simliklarning ba’zi birlarida (bananlar oilasi) 
endospermga hamda perispermga о‘xshagan ikki xil ozuqa modda 
tо‘playdigan tо‘qimalar ham uchrashi mumkin. 
Bir urug‘pallali о‘simliklarning endospermsiz urug‘ining tuzilishi. 
Bu tipdagi urug‘lar bir qancha bir pallali о‘simliklar oilalari vakillari 
(Alismatidae kenja sinfi) va suvda yashaydigan о‘simliklarga xosdir. 
Bularning mevalari bir urug‘li bо‘lib, urug‘i taqasimon shaklda 
bukilgan bо‘ladi. Bunday urug‘larning murtagi yupqa qobiq tagida 
joylashib barcha ozuqa moddalar urug‘ pallalarida tо‘planadi. 
Endosperm urug‘ rivojlanishida sarf bо‘ladi.
Shunday qilib, murtak morfologiyasi faqat urug‘ palla barglarining 
soni bilangina emas, balki murtakning differensasiyasiga, murtak 
organlarining shakllanish xususiyatlariga, murtak qismlarining о‘sish 
qobiliyatiga va urug‘ ichidagi murtakning joylashish shakliga bog‘liq.
Ochiq urug‘li о‘simliklarning urug‘lari endospermli bо‘lib, murtagi 
kо‘p urug‘pallabargli bо‘ladi (44 - rasm). 

Download 10,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish