11-§ Urug‘ va murtakning tuzilishi
Organlarning paydo bо‘lishi.
Jinsiy yо‘l bilan kо‘paygan yuksak
о‘simliklarning individual hayoti urug‘langan bitta tuxum hujayradan
ya’ni zigotadan boshlanadi. Kо‘p hujayrali yuksak о‘simliklar
individual rivojlanish jarayonida – ontogenezida yangidan hamma
organlarini, birinchi navbatda esa vegetativ organlarini hosil qiladi.
Gulli о‘simliklarning asosiy vegetativ organlari ildiz va novda bо‘lib,
pishib yetilgan urug‘ni murtagida boshlang‘ich holda bо‘ladi. Ungan
urug‘dan paydo bо‘lgan maysada faqat murtakning organlarigina
rivojlanmasdan, yangi organlar: barg, poya qismlari, kurtak, ildiz, yon
91
va qо‘shimcha ildizlar paydo bо‘ladi. О‘simliklarning keyingi
rivojlanish bosqichlarida, hech qachon murtagida hosil bо‘lmaydigan
kо‘payish organi – gul (reproduktiv organ) hosil bо‘ladi. Ontogenez
davomida yangi organlarni paydo bо‘lishi bilan avvalgi paydo bо‘lgan
organlar о‘lib boradi (barglarning tо‘kilishi), ya’ni “ochiq“ о‘sish
tizimsi vujudga keladi. Yangi organlarning butun ontogenez davomida
paydo bо‘lishi va о‘sishi murtakning novdasi va ildizidagi apikal
meristemaning hisobiga bо‘ladi. Bulardan tashqari organlarning paydo
bо‘lishida ba’zi lateral meristema (perisikl, kambiy) ham qatnashadi.
Urug‘larning paydo bо‘lishi va ularning tuzilishi.
Zigota
keyinchalik murtak ochiq urug‘lilar va gulli о‘simliklarning asosiy
kо‘payish va tarqalish organi bо‘lgan urug‘da rivojlanadi. Urug‘ –
urug‘kurtak urug‘langanidan keyin paydo bо‘ladigan gulli
о‘simliklarning – urug‘ qobig‘i, endosperm va murtakdan tashkil
topgan kо‘payish organidir.
Urug‘ qobig‘ining
tashqi tuzilishini elektron mikroskop ostida
kо‘rilganda juda murakkab tuzilgan bо‘lib, bо‘rtmalar, halqalar va
katakchalar xolida kо‘rinadi (42-rasm), yorug‘lik mikroskopida
kо‘rilganda esa urug‘ qobig‘i yupqa va sodda tuzilgan bо‘lib 1-2 –
qator hujayradan iborat, u taraqqiy etgan Parakarpiy yoki murakkab,
masalan xuddi dukkakdoshlar oilasi vakillaridagi kabi, bir necha
qavatdan iborat (43-rasm) va murtakni mexanik ta’sirlardan,
mikroorganizmlarning kirishidan, murtakning qurib ketishidan,
urug‘larning bevaqt unib ketishidan saqlaydi. Bulardan tashqari qobiq
hujayralari, urug‘larni shamol bilan tarqalishi uchun tuklar
(majnuntol, terak), hashoratlarni jalb qilish uchun turli etdor
о‘simtalar hosil qiladi. Urug‘lar qobig‘ining qalinligi, pishiqligi va
qattiqligi mevalar pо‘stining xususiyatlari bilan bog‘liq. Agar mevalar
qattiq va ochilmaydigan, namlikni о‘tkazmaydigan bо‘lsalar, uning
ichidagi urug‘ qobig‘i yupqa bо‘ladi (kungaboqar, eman) yoki teskari
urug‘ qobig‘i qalin va yog‘ochlangan bо‘lsa meva pо‘sti yupqa
bо‘ladi (tok). Ba’zi о‘simliklarning urug‘ qobig‘lari tuproqqa yaxshi
yopishish va suvni yaxshi ushlab turish uchun shilimshiq moddalar
ishlab chiqaradi (kanop).
92
Urug‘larning tashqi tomonida uning unib chiqishi uchun kerak
bо‘lgan suv kiradigan teshigi – mikropile – urug‘ yо‘li va urug‘ning
urug‘ bandi bilan birikadigan joyi – urug‘ kertimi joylashgan. Urug‘
kertimidan о‘tadigan о‘tkazuvchi naylar boylamlari orqali urug‘ va
meva о‘zaro aloqada bо‘lib turadi (42-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |