10.3. Oʻzbekistonda innovatsion faoliyatni moliyalashtirish
Innovatsion faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, ilmiy ishlanmalarni ishlab
chiqarishga joriy etishga koʻmaklashish, tijoratlashtirish loyihalarini
moliyalashtirish ishlarini kengaytirish dolzarblik kasb etadi.
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga koʻra innovatsion faoliyatni
moliyalashtirish manbalari jumlasiga quyidagilar kiradi:
Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti;
Qoraqalpogʻiston
Respublikasining
respublika
budjeti
hamda
viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari;
164
Innovatsion rivojlanishni va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash
jamgʻarmasi;
innovatsion faoliyatni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmalari;
venchur jamgʻarmalari;
innovatsion faoliyat subyektlarining oʻz mablagʻlari;
xalqaro grantlar, tijorat banklarining, shu jumladan chet el banklarining
va xalqaro moliya institutlarining maqsadli kreditlari;
xususiy investorlarning, shu jumladan chet ellik xususiy investorlar va
boshqa homiylarning mablagʻlari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Innovatsion rivojlanishni va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash
jamgʻarmasi
innovatsion
faoliyatni
rivojlantirishni
moliyalashtirish
maqsadida vakolatli davlat organi huzurida, yuridik shaxs shaklida tashkil
etiladi.
Innovatsion rivojlanishni va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash
jamgʻarmasining mablagʻlari quyidagilarga yoʻnaltiriladi:
ustav fondida davlat ulushi boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning
buyurtmalariga
muvofiq
innovatsion
faoliyatga
oid
tadbirlarni
moliyalashtirish;
innovatsion faoliyat subyektlari tomonidan innovatsiyalarni yaratish va
ularni joriy qilishni moliyalashtirish;
innovatsion, tajriba-konstruktorlik va startap loyihalarini tanlab olish
asosida moliyalashtirish;
ilmiy laboratoriyalarni zamonaviy yuqori texnologiyaga asoslangan
asbob-uskunalar bilan jihozlash (qoʻshimcha jihozlash), shuningdek zarur
sarf materiallari va butlovchi qismlar bilan ta’minlash boʻyicha tadbirlarni
moliyalashtirish;
ilmiy faoliyat boʻyicha davlat dasturlari doirasida yaratilgan
intellektual mulkka boʻlgan huquqlarni (patentlarni) xorijda roʻyxatdan
oʻtkazish va patentni saqlab turish xarajatlarining oʻrnini qoplash;
ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalarining yetakchi elektron ilmiy
ma’lumotlar bazalaridan erkin foydalanishni ta’minlash, shuningdek xalqaro
nashrlarda ilmiy natijalarni chop etishga tayyorlash boʻyicha xarajatlarni
toʻlash;
165
olimlarning yetakchi xorijiy ilmiy tashkilotlardagi (markazlardagi,
universitetlardagi va boshqa tashkilotlardagi) ilmiy stajirovkalarini
moliyalashtirish;
ilmiy va innovatsion faoliyat sohasidagi jalb qilinayotgan yuqori
malakali xorijlik olimlar va mutaxassislarning xarajatlarini (mehnatga haq
toʻlash, transport xarajatlari va boshqalar) ular bilan tuziladigan shartnomalar
(kontraktlar) asosida moliyalashtirish.
Innovatsion rivojlanishni va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash
jamgʻarmasining mablagʻlari quyidagilar hisobidan shakllantiriladi:
kelgusi yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetini qabul
qilishda belgilanadigan miqdorlarda ustav fondida 50 va undan ortiq foiz
davlat ulushi boʻlgan xoʻjalik jamiyatlaridagi davlat ulushi boʻyicha
hisoblanadigan dividendlarning hamda davlat korxonalarining Oʻzbekiston
Respublikasi Davlat budjetiga ajratmalarining bir qismi;
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk
agentligiga patent bojlaridan, yigʻimlardan va soliq toifasiga kirmaydigan
boshqa toʻlovlardan kelib tushadigan valyuta mablagʻlarining bir qismi;
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari;
xalqaro moliya tashkilotlari va institutlarining grantlari hamda
kreditlari;
jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan chet ellik yuridik va
jismoniy shaxslarning homiylik mablagʻlari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar.
Innovatsion rivojlanishni va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash
jamgʻarmasini tashkil etish, qayta tashkil etish hamda tugatish qonun
hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Innovatsion
faoliyatni
qoʻllab-quvvatlash
jamgʻarmalari
texnologiyalarni yaratish, joriy etish, ishlab chiqarish, ularning transferi va
yangi
ishlanmalarni
tijoratlashtirish
bilan
bogʻliq
xarajatlarni
moliyalashtirish maqsadida, yuridik shaxs tuzmasdan tashkil etiladi.
Innovatsion
faoliyatni
qoʻllab-quvvatlash
jamgʻarmalarining
mablagʻlaridan foydalanishning asosiy yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:
innovatsion faoliyat sohasidagi tadbirlarni amalga oshirish;
166
innovatsion faoliyat subyektlari tomonidan taqdim etiladigan
buyurtmalarga muvofiq innovatsion loyihalarni, yangi ishlanmalarni
tijoratlashtirishni va texnologiyalar transferini moliyalashtirish;
innovatsion faoliyat subyektlarini moddiy ragʻbatlantirish, ularning
ilmiy tadqiqotlarini moliyalashtirish va kadrlar malakasini oshirish, ushbu
subyektlarning
moddiy-texnika
va
ilmiy-laboratoriya
bazasini
mustahkamlash.
Innovatsion faoliyatni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmalari qaytarish
shartlari asosida yoki begʻaraz asosda mablagʻlar ajratishi, shuningdek
innovatsion faoliyat subyektlarining majburiyatlari boʻyicha kafil sifatida ish
yuritishi mumkin.
Innovatsion faoliyatni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmalarini tashkil etish,
qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga
oshiriladi.
45
Bugungi kunda Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan tajriba-
konstruktorlik,
startap
loyihalariga
ajratilgan
mablagʻlar
miqdori 51,5
mlrd. soʻmni tashkil qilmoqda. 2019-2021 yillar davomida
jami 63 ta startap loyiha moliyalashtirilgan.
Amalga oshirilayotgan startap loyihalarning iqtisodiyot tarmoqlari va
sohalari kesimidagi ulushi IT-axborot texnologiyalari sohasi boʻyicha 11,5
mlrd. soʻmlik 15 ta, qishloq xoʻjaligi sohasi boʻyicha 9,5 mlrd. soʻmlik 14 ta,
qurilish tarmoqlarida boʻyicha 2,9 mlrd. soʻmlik 3 ta, oziq-ovqat sanoati
sohasida 3,3 mlrd. soʻmlik 5 ta, sogʻliqni saqlash sohasida 16,4 mlrd.
soʻmlik 16 ta, transport va energetika tarmoqlari boʻyicha 4,9 mlrd. soʻmlik
5 ta va boshqa soha-tarmoqlar boʻyicha 3 mlrd. soʻmlik 5 ta loyihalarni
tashkil qilmoqda. Shundan, 2019-2020 yillar davomida start-up loyihalarini
oʻz xarajatlarini oʻzi qoplash asosida moliyalashtirish maqsadida ikki
marotaba
Do'stlaringiz bilan baham: |