20- variant. Tursunxo'jayev Xasanxo'ja
1.Qoraqolpog’iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshket shahar mahalliy budjetlari.
O‘zbekiston Respublikasi budjet tizimi ikki bo‘g‘indan – respublika budjeti va mahalliy
budjetlardan tashkil topadi. Bu budjetlar mamlakatimizdagi davlat budjeti amal qilishining
tashkiliy shakli bo‘lib xizmat qiladi. Davlat budjeti o‘z ichida respublika budjetini, Qoraqalpog‘iston
Respublikasi budjetini va kengtarmoqli mahalliy budjetlarni birlashtiradi.
O’zbekiston Respublikasi budjet tuzilmasining bo’g’inlari ham o’z navbatida
tarkibiy tuzilishga ega.
1) O’zbekiston Respublikasi respublika budjei
2) Qoraqalpog’iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar
mahalliy budjetlari.
Biz hozir Qoraqalpog’iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy
budjetlariga etibor qaratamiz.
Mahalliy budjet - davlat budjetining tegishli viloyat, tuman, shahar pul
mablag’lari jamg’armasini tashkil etuvchi bir qismi bo’lib, unda ma’lum ma’muriy birlikning
daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek, moliya yili mobaynida aniq
maqsadlar uchun ajratiladigan mablag’lar sarfi yo’nalishlari va miqdori nazarda tutiladi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi budjeti - davlat budjetining Qoraqalpog’iston Respublikasi pul
mablag’lari jamg’armasini tashkil etuvchi bir qismi bo’lib, mazkur budjetda daromadlar manbalari
va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun
ajratiladigan mablag’lar sarfi yo’nalishlari va miqdori nazarda tutiladi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi budjeti tuzilmasiga Qoraqalpog’iston Respublikasining
respublika budjeti, Qoraqalpog’iston Respublikasi tumanlari va shaharlarining budjetlari kiradi.
O’zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining ham 35- moddasida quyidagicha deyilgan:
35-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy
budjetlarining tuzilmasi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti tuzilmasiga Qoraqalpog‘iston Respublikasining
respublika budjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi tumanlari va shaharlarining budjetlari kiradi.
Viloyatlar mahalliy budjetlari tuzilmasiga viloyat budjeti, tegishli viloyatlar tumanlari va
shaharlarining budjetlari kiradi.
Toshkent shahar mahalliy budjeti tuzilmasiga shahar budjeti va shahar tarkibiga kiruvchi
tumanlarning budjetlari kiradi.
2. Budjet xarajatlari – davlat va mahalliy hokimiyat vazifa va faoliyatini moliyaviy
ta’minlashga yo‘naltiriladigan pul mablag‘laridir. Iqtisodiy mazmuniga ko‘ra davlat budjeti
xarajatlari –davlatning markaz lashgan pul fondini taqsimlash va ishlatish bilan bog‘liq iqtisodiy
muno sabatlardir. Budjet xarajatlarining turlari xilma-xil bo‘lib, bir qator omillarga bog‘liq: