• davlatning tabiati va funksiyalariga;
• mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanganlik darajasiga;
• budjetning iqtisodiyot va xizmat ko‘rsatish soha-tarmoqlari bilan aloqalarining ko‘lamiga;
• davlatning ma’muriy-hududiy tuzilishiga;
• budjet mablag‘larini taqdim etish shakllariga va b.
Bu omillar ta’siri ostida har qanday davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning har bir
bosqichidagi budjet xarajatlari tarkibi va tuzilishi shakllanadi. Masalan, agar davlatning asosiy
e’tibori iqtisodiyot tarmoq larini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bo‘lsa, unda
budjet xarajatlari tarkibida yirik investitsiya larni davlat resurslari hisobidan moliyalashtirish
xa rajatlari ustun bo‘ladi. Davlatning asosiy e’tibori jamiyatdagi ij timoiy muammolarni hal
qilishga, aholini ijtimoiy himoya lash ga, ijtimoiy dasturlarni amalga oshirishga qaratil-
gan bo‘lsa, xarajatlar tarkibida ijtimoiy maqsadlardagi xarajatlar ortib boradi.
Budjet mablag‘lariga egalik qiluvchilar ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalaridagi
tashkilotlar, ya’ni budjet mablag‘ larini oluvchilar budjet xarajatlari orqali moliyalashtiriladi.
Shunday qilib, budjet xarajatlari tranzit xarakterga ega. Budjetda faqat budjet xarajatlarining
miqdori xarajatlar moddalari bo‘yicha belgilanadi, bevosita xarajatlarni esa budjetdan mablag‘
oluvchilar amalga oshiradilar. Bundan tashqari, budjet dotatsiyalari, subven siyalari va budjet
ssudalari vositasida budjet tizimi dara-
jalari bo‘yicha budjet mablag‘larini qayta taqsimlash budjet orqali amalga oshadi. Budjet
xarajatlari asosan qiytarib olinmaydigan xarakterga ega. Faqat budjet kreditlari va budjet
ssudalari qay-
tariladigan asosda berilishi mumkin. Xarajatlar tuzilmasi budjet yili uchun tasdiqlanadigan
budjetda bevosita ko‘rsatiladi va budjet daromadlari kabi iqtisodiy vaziyatga, ijtimoiy
ustuvorliklar-
ga bog‘liq bo‘ladi. O‘z iqtisodiy mazmuniga qarab budjet xarajatlari joriy va kapital xarajatlarga
bo‘linadi.
Budjetning joriy xarajatlari – budjet xarajatlarining bir qismi bo‘lib, davlat hokimiyati organlarining,
mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlarining, budjet tashkilotlarining joriy faoliyatini ta’minlashga,
davlat tomonidan quyi pog‘onadagi budjetlar va iqtisodiyotning ayrim tarmoq lariga mablag‘
ajratish, dotatsiyalar, subvensiyalar va subsidiyalar shaklida yordam ko‘rsatish uchun ajratiladi.
Budjetning kapital xarajatlari – budjet xarajatlarining innovatsiya va investitsiya faoliyatini
ta’minlaydigan qismi hisoblanadi. Unga tasdiqlangan investitsiya dasturiga muvofiq ishlab
turgan yoki yangidan tashkil qilinadigan korxonalar, tashkilotlar va muassa salarga investitsiyalar
uchun mo‘ljallangan xarajatlar kiradi. Bu xarajatlar investitsiya maqsadlari uchun budjet kre ditlari
tarzida beriladigan mablag‘lar, kapital ta’mir lash xarajatlari va kengaytirilgan takror ishlab
chiqarish bilan bog‘liq boshqa xarajatlardan iborat.
Davlat budjeti xarajatlari o‘zining funksional tayinlanishiga ko‘ra quyidagi guruhlarga
birlashtirilgan:
1. Ijtimoiy soha (ta’lim, sog‘liqni saqlash, fan, madaniyat,
omma viy axborot vositalari, jismoniy tarbiya va sport, ijtimoiy
ta’minot muassasalari va tadbirlarini mablag‘ bilan ta’minlash)
va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash (ko‘p bolali va kam ta’min-
langan oilalarga nafaqalar, ijtimoiy yordamning boshqa turlari)
xarajatlari;
2. Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini davlat
tomonidan qo‘llab-quvvatlash xarajatlari;
3. Iqtisodiyot xarajatlari;
4. Markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari;
5. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini saqlab turish xarajatlari;
6. Sudlarni, adliya va prokuratura organlarini saqlab turish xarajatlari;
7. Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlarini saqlab turish xarajatlari;
8. Zaxira jamg‘armalarini shakllantirish xarajatlari;
9. Boshqa xarajatlar.
Sanab o‘tilgan har bir guruh xarajatlar, o‘z navbatida, mahka-
maviy va maqsadli belgisiga ko‘ra guruhlanadi. Mahkamaviy bel-
gisiga ko‘ra budjet mablag‘larini oluvchi vazirlik, davlat qo‘mitasi
yoki boshqa davlat boshqaruv organining xarajatlariga bo‘linadi.
Bu belgiga ko‘ra xarajatlarni tahlil qilishda budjet xarajatlari-
ning qaysi tarmoq va sohalarga yo‘naltirilayotgani haqida xu-
losa qilish mumkin bo‘ladi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi kabi mahkamalar tomonidan tasarruf
etiladi. O‘z navbatida, har bir vazirlik, davlat qo‘mitasi, idorasi yoki alohida budjet tashkilotiga
ajratilgan budjet mablag‘lari xarajatlar ning aniq turlari bo‘yicha
ajratiladi (maqsadli belgisiga ko‘ra). Masalan, kasb-hunar kollejiga ajratilgan jami mablag‘ ish
haqi, kommunal to‘lovlar, joriy ta’mirlash, asbob-uskunalar va o‘quv jihozlari sotib olish kabi
xarajat turlari bo‘yicha (muassa saning xarajatlar smetasiga kiritilgan xarajatlar) rejalashtiriladi va
moliya lashtiriladi. Hududiy belgisiga ko‘ra budjet xarajatlari umumdavlat xa-
rajatlariga va mahalliy hokimiyat organlarining xarajatlariga bo‘ linadi. Umumdavlat xarajatlari,
odatda, respublika budjetidan amalga oshiriladi va davlat ahamiyatidagi tadbirlarni
moliyalash tirishga safarbar etiladi. Mahalliy hokimiyat organlari esa hududiy va mahalliy
ehtiyojlardan kelib chiqib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va viloyat, shahar, tuman
budjetlari mablag‘laridan xarajat larni amalga oshiradilar.
3. Byudjet tashkilotlarini smeta asosida moliyalashtirishning mazmuni, umumiy tamoyillari.
Xarajatlar smetasi – byudjet tashkilotlari moliyaviy rejasi sifatida.
Budjet tashkilotlari bo‘ysunuviga ko‘ra respublika budjeti va mahalliy (viloyat, tuman, shahar)
budjetlardan mablag‘ bilan ta’minlanadilar, ular ning joriy faoliyati budjet tashkilotlarini mablag‘
bilan ta’minlashning o‘rnatilgan tartibiga asosan moliyalashtiriladi, bunda yuridik shaxs
maqomiga ega bo‘lgan tashkilotlar mustaqil ravishda o‘z moliya-
viy rejalarini xarajatlar smetasi shaklida qonunchilik bilan belgilangan tartibda ishlab chiqadilar.
Budjet tashkilotlari o‘zlarining xarajatlarini hisoblab chiqishda quyidagilarga amal qiladilar:
– O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respub-
likasi Oliy Majlisi qarorlari, Prezident farmonlari va qarorlari,
O‘z bekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va
farmo yishlari, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining nor-
mativ hujjatlariga;
– budjet tashkilotlari xarajatlarini rejalashtirishning norma-
tiv uslubiga;
– tovar va xizmatlarning davlat tomonidan tartibga solinadigan
baholari va tariflariga, shuningdek, nodavlat korxonalar va tash-
kilotlarning ayrim tovarlari va xizmatlari baholariga;
– yuqori turuvchi tashkilotlar rahbarlarining o‘zlari tasarrufida-
gi muassasalarning kelgusi yil uchun xarajatlar smetalarini tuzish
masalalari bo‘yicha ko‘rsatmalari va takliflariga, agarda ular qo-
nun hujjatlariga zid bo‘lmasa;
– bolalar va boshqa ijtimoiy-madaniy tashkilotlarda ovqatla-
nishga ketadigan xarajatlar summasi tashkilotlarning ayrim turlari
uchun qonun hujjatlari bilan tasdiqdangan ovqatlanish me’yorlari
va ovqatlanish kunlari sonidan kelib chiqib hisoblanadi;
– dori-darmonlarga ketadigan xarajatlar summasi qonun hujjatlari bilan belgilangan pul
xarajatlari me’yoriga qarab hisoblab
chiqiladi;
– ijtimoiy-madaniy tashkilotlarning ayrim guruhi uchun ki yim-
kechak, poyafzal, choyshab, yotoq anjomlari va boshqa yumshoq
jihozlar sotib olishga ketadigan xarajatlar moddiy ta’mi notning
amaldagi me’yorlari asosida, lekin ajratilgan mablag‘lar doirasi-
da hisoblanadi.
Xarajatlar smetasi – muassasaga ajratilgan budjet mablag‘-
larining hajmi, maqsadli yo‘nalishi va yil choraklari (g‘aznachilik
sharoitida – har bir chorakning oylari) bo‘yicha taqsimlanishini
belgilab beruvchi asosiy moliyaviy hujjat.
Smetalarning quyidagi turlari amalda qo‘llaniladi:
– yakka (individual) smetalar;
– jamlanma smetalar;
– budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha smetalar;
– markazlashgan tadbirlar uchun smetalar.
Yakka smetalar yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan alohida
olingan muassasa bo‘yicha tuziladi. Masalan, muayyan hududda
(tuman yoki shaharda) joylashgan yuridik shaxs maqomida faoli-
yat qiluvchi davlat sog‘liqni saqlash muassasasi (kasalxona, qishloq
vrachlik punkti, ixtisoslashgan dispanser va sh.k.) mustaqil ravishda budjetdan to‘lanishi ko‘zda
tutilgan o‘z xarajatlarini yakka smeta asosida rejalashtiradi.
Jamlanma smetalar yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan
va tegishli davlat boshqaruv organlari huzuridagi markazlashtiril-
gan buxgalteriyalar va tegishli hokimiyatlarning buxgalteriyalari
tomonidan xizmat ko‘rsatilayotgan tashkilotlar bo‘yicha tuziladi
(masalan, tuman madaniyat bo‘limiga qarashli markaziy kutubxo-
nalar tizimi bo‘yicha).
Budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha smeta – tashkil bo‘lish manbalari va ushbu
mablag‘larning qonunchilikka muvofiq foydalanish yo‘nalishlari ko‘rsatilgan holda budjetdan
tashqari daromadlar tushumlarining prognoz hajmlari aks ettiriladi.
Markazlashgan tadbirlar uchun smetalar – vazirliklar, idoralar
va hokimiyatlar boshqarmalari va bo‘limlari tomonidan markazlash ti rilgan holda amalga
oshiriladigan xarajatlar bo‘yicha tuziladi va har bir markazlashgan tadbir uchun alohida ishlab
chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |