G. N. Maxmudova innovatsion iqtisodiyot


-rasm. Korxona innovatsion faoliyatini moliyalashtirish manbalari



Download 2,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/130
Sana15.11.2022
Hajmi2,3 Mb.
#866029
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   130
Bog'liq
Innovatsion iqtisodiyot

33-rasm. Korxona innovatsion faoliyatini moliyalashtirish manbalari 
Innovatsion loyihaning mahsulot hayotiylik sikli barcha bosqichlarida 
zarur moliyaviy resurslar bilan ta’minlanganligining yuqori darajasi bozor 
tomonidan mahsulot yetarli darajada qabul qilinmasligi bilan bogʻliq xatarni 
kamaytiradi va uning samaradorligini oshiradi. Quyidagilar innovatsion 
faoliyatni moliyalashtirish tizimining elementlari hisoblanadi: 

Investitsion resurslar manbalari; 

Moliyaviy mablagʻlarni jamlash va ularni innovatsion loyihalarga 
investitsiyalash mexanizmi; 

Investitsion resurslar samaradorligi va qarz kapitalining qaytarilishini 
ta’minlashga qaratilgan boshqarish mexanizmi. 
Innovatsion faoliyatni moliyalashtirishning quyidagi shakllari mavjud: 
1. Korxonaning oʻz mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish; 
2. Bank kreditlari orqali moliyalashtirish; 
3. Venchur moliyalashtirish; 
4. Lizing; 
5. Forfeyting; 
6. Aralash moliyalashtirish va boshqalar. 
Ichki manbalar (o’z mablag’lari) 
• Amortizasiya fondi
• Mahsulot sotishdan tushgan 
tushum 
• Korxona mulkini sotishdan 
daromadlar 
• Moliyaviy faoliyat daromadlari
Tashqi manbalar 
• Davlat byudjeti mablag'lari 
• Byudjetdan tashqari mablag'lar 
• Innovasion jamg'arma mablag'lari 
• Bank kreditlari va boshqalar 


158 
Umuman olganda, innovatsion loyihalarni moliyalashtirish tizimi 
moliyalashtirish manbalari va moliyalashtirishning tashkiliy shakllarini oʻz 
ichiga oladi. 
Quyidagilar 
innovatsion 
faoliyatning 
asosiy 
shakllari 
boʻlib 
hisoblanadi: 

ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari (ITTKI); 

texnologik ishlar, ishlab chiqarishni va sanoat sinovlarini oʻtkazishni 
tayyorlash; 

patentlar, litsenziyalar va nou-xaular olish; 

Innovatsion faoliyatni amalga oshirish borasidagi investitsion faoliyat. 
Innovatsion loyihalarni davlat tomonidan moliyalashtirish shakli 
asosan davlat byudjetini tashkil etuvchi Respublika va mahalliy byudjetlar 
mablagʻlari evaziga amalga oshiriladi. Bu jarayonda asosiy e’tibor milliy 
iqtisodiyot tarmoqlarining strategik ahamiyatiga qaratiladi. Ustuvor 
ahamiyatga molik tarmoqlardagi innovatsion loyihalarni moliyatirish orqali 
xalqaro maydondagi raqobatbardoshlik ta’minlanishi koʻzda tutiladi. Byudjet 
mablagʻlarining innovatsion loyihalarga ajratilishi quyidagi shakllarda 
amalga oshiriladi: 

davlat maqsadli dasturlarini amalga oshirish doirasida; 

istiqbolli innovatsion loyihalarni tanlov orqali tanlab olish asosida. 
Korxonaning oʻz mablagʻlari hisobiga innovatsion faoliyatni 
moliyalashtirish birmuncha murakkab masala hisoblanadi. Odatda kichik 
biznes tarkibiga kiritiluvchi xoʻjalik yurituvchi sub’ektlarning innovatsion 
faoliyat bilan shugʻullanish uchun yetarli darajada mablagʻlari boʻlmaydi. 
Aksariyat hollarda innovatsion faoliyatni olib borish yirik korxonalar, ya’ni 
aktsiyadorlik jamiyati shaklidagi korxonalarda uchraydi. Aktsiyadorlik 
jamiyati shaklidagi korxonada yirik hajmdagi moliyaviy mablagʻlarni jamlay 
olish va uni aynan innovatsion faoliyatga yoʻnaltirish imkoniyati mavjud. 
Shu bilan birga, bunday shakldagi korxonalarda istiqbolli innovatsion 
loyihalarni moliyalashtirish uchun qoʻshimcha aktsiyalar emissiyasini 
amalga oshirish imkoniyatlari ham bor. Bu yoʻl bilan kredit resurslaridan 
foydalanish jarayonida yuzaga keluvchi iqtisodiy xarajatlar birmuncha tejab 
qolinadi. Qimmatli qogʻozlarning qoʻshimcha emissiyasi miqdorini aniqlash 
uchun quyidagi koʻrsatkichlar e’tiborga olinadi: 

innovatsion loyihani amalga oshirish uchun moliyaviy resurslar hajmi; 


159 

kapital va dividend miqdorining kutilayotgan oʻsish hajmi; 

aktsiyalarning joylashtirilishi natijasida emitent tomonidan olinishi 
kutilayotgan pul tushumlari hajmi. 
Innovatsion faoliyatni moliyalashtirish boʻyicha jahon tajribasi shuni 
koʻrsatadiki, 
tijorat 
banklari 
tomonidan 
innovatsion 
faoliyatni 
moliyalashtirishda asosiy e’tibor loyihaning oʻz-oʻzini qoplash muddatlariga 
qaratiladi. Aksariyat hollarda tijorat banklari innovatsion loyihaning oʻzini 
oʻzi qoplay olish muddatlari, uning toʻliq amalga oshirilishi muddatlaridan 
kamroq muddatga moʻljallangan loyihalarni moliyalashtirishdan manfaatdor 
boʻladilar. Bank kreditlari uchun foiz stavkalari kredit muddati, hajmi, 
loyihaning tavakkalchilik darajasi, qarz oluvchining moliyaviy holati va 
boshqa jihatlarini e’tiborga olgan holda belgilanadi. Xorijiy davlatlarda 
investitsion banklar tomonidan foiz stavkasini belgilashda mavjud bazis 
stavkalaridan foydalaniladi (LIBOR, LIBID va FIBOR). 
Innovatsion loyihalarni venchur asosida moliyalashtirishning dastlabki 
bosqichlardanoq 
yuqori 
tavakkalchilik 
xatari 
mavjud 
boʻlib, 
investitsiyalashtirilgan 
jarayonlarning 
yakuniy 
natijalari 
amalga 
oshirilgandan keyin ijobiy samaraga erishilmagan taqdirda moliyalashtirilgan 
mablagʻlardan ajralib qolish holati kuzatilishi mumkin. Venchur kapitalining 
investorlari barcha mas’uliyat va moliyaviy xatarlarni tadbirkor bilan teng 
sheriklikda oʻz zimmalariga oladilar. Venchurli investitsiyalar odatda 5-7 yil 
davomida faoliyat koʻrsatadi. Innovatsion loyihani amalga oshirishni 
moliyaviy mablagʻlar bilan ta’minlashning quyidagi bosqichlari farqlanadi: 
1) fondni (jamgʻarmani) yaratish; 
2) kelishuvlarni amalga oshirish (shartnomalarni imzolash); 
3) investitsiyalash; 
4) investitsiyalashdan keyingi boshqaruv; 
5) biznesdan chiqish jarayonini boshqarish.
44
Innovasion faoliyatni moliyalashtirishning yana bir muhim manbasi 
Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtirishdir. Davlat oʻziga 
yuklatilgan vazifalarni bajarishda moliyalashtirishni amalga oshiradi.
Byudjet tomonidan moliyalashtirishning 3 ta tamoyili mavjud: 
1. Minimal xarajatlar bilan maksimal darajada iqtisodiy va ijtimoiy samara 
olish; 
44
https://fayllar.org/innovacion-faoliyatni-moliyalashtirish-jllari.html 


160 
2. Byudjet resurslaridan samarali foydalanish; 
3. Byudjet mablagʻlarining qurilish va pudratchi tashkilotlarga belgilangan 
rejaning bajarilishi boʻyicha berilishi. 
Minimal xarajatlar bilan maksimal darajada iqtisodiy va ijtimoiy 
samara olish tamoyilining mohiyati shundaki, byudjet mablagʻlari mazkur 
loyihaning samaradorligini ta’minlash zarur boʻlganda beriladi. Yangi 
investitsion siyosatga koʻra, kapital qurilishga mablagʻlarni ajratish konkurs 
asosida amalga oshiriladi.
Byudjet resurslaridan samarali foydalanish tamoyilining xarakteri 
shundan iboratki, ..konkret qurilish yoki ob’yektlarni moliyalashtirishning 
amalga oshirilishi joriy yilning davlat byudjeti tasdiqlanganidan soʻng 
boʻladi va shu bilan birga resurslardan foydalanilishini nazorat qilish yoʻlga 
solinadi.
Byudjet 
mablagʻlarining 
qurilish 
va 
pudratchi 
tashkilotlarga 
belgilangan rejaning bajarilishi boʻyicha berilishi tamoyiliga koʻra, byudjet 
resurslari belgilangan rejaning bajarilishi uchun moliyalashtiriladi va 
mablagʻlar pudratchi tashkilotlarga yoki qurilish tashkilotlariga beriladi. 
Ushbu mablagʻlarni taqsimlovchi sifatida buyurtmachi, ya’ni investorlar 
boʻy koʻrsatishi mumkin. 
Investitsiyalarni byudjetdan moliyalashtirish tartibi Investitsiyalarning 
byudjet tomonidan moliyalashtirilishi qaytarilmaydigan va qaytariladigan 
boʻlishi mumkin. 
Qaytarilmaydigan 
moliyalashtirish 
koʻpincha 
ishlab 
chiqarish 
faoliyatini va yangi yoʻnalishlarini rivojlantirishga qaratilgan boʻladi.
Qaytariladigan moliyalashtirishga moʻljallangan mablagʻlar amalga 
oshiriladigan loyihaning tijorat samarasiga bogʻliq boʻladi.
Moliyalashtirish yoʻnalishlarini ochish uchun davlat Markaziy bank 
tomonidan Moliya Vazirligiga davlat byudjeti mablagʻlari kredit shaklida 
beriladi. Olingan mablagʻlarni Moliya Vazirligi tijorat banklari orqali 
buyurtmachilar oʻrtasida taqsimlaydi. Qarz majburiyatlari toʻgʻrisidagi 
shartnoma buyurtmachi, Moliya Vazirligi va tijorat banklari oʻrtasida 
tuziladi.
Kredit – bu vaqtincha boʻsh turgan pul mablagʻlarini ma’lum 
muddatga, haq toʻlash sharti bilan qarzga olish va qaytarib berish yuzasidan 
kelib chiqqan iqtisodiy munosabatlar yigʻindisidir.


161 
Kreditning mohiyatini tushunish uchun avvalom bor, uning tarkibi 
nimadan iborat ekanligini tushunib olish zarur. Kredit munosabat boʻlishi 
uchun uning zarur munosabatlari – kreditning ob’yekti va sub’yektini bilish 
zarur. 

Download 2,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish