G. N. Maxmudova innovatsion iqtisodiyot



Download 2,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/130
Sana15.11.2022
Hajmi2,3 Mb.
#866029
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   130
Bog'liq
Innovatsion iqtisodiyot

 
 
 


153 
X BOB. INNOVATSION FAOLIYATNI MOLIYALASHTIRISH 
10.1. Innovatsion faoliyatni moliyalashtirishning tamoyillari va 
vazifalari 
Jahon gloaballashuvi jarayonida kuchli raqobat har sohada yangilikka 
undaydi. Fan-texnika va texnologiya sohalaridagi eng soʻnggi yutuqlar, 
kashfiyotlar, yangiliklar, ratsionalizatorlik takliflarni ishlab chiqish va 
xizmat koʻrsatish sohalariga shiddat bilan kiritilib boriladi va marketing, 
boshqaruv, ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatish sohalarida yangi yondashuv, 
yangi texnologiya, texnikalarni qoʻllashni talab qiladi va texnologiyalarni 
yangi avlodini qoʻllash asosida investisiyalashni talab etadi.
Kichik raqobat muhitida innovatsiya tushunchasi mavjud ishlab 
chiqariladigan mahsulotni yangi maxsus turlarga almashtiruvchi, uning 
oʻrnini bosuvchi yangi mahsulotni ishlab chiqarishni anglatadi. Kuchli 
raqobat muhitida esa yangi texnika va texnologiyalarni qoʻllash asosida 
yangi mahsulotni, yangi bozorga olib chiqishni bildiradi
42
. Investitsiya 
kashfiyotlar asosida fan va texnika sohasida yangi bilimlarni qoʻllashga 
kiritilishini, yangi ilgʻor texnika va texnologiyalarni yaratilishini, ularni 
ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish sohalarida qoʻllanilishini, ular asosida 
yangi tovar va xizmatlarni yaratilishini va ular hisobiga raqobatni 
kuchaytirishni, yangi bozorni egallash uchun muhim asosdir. 
Innovatsiya an’anaviy va yangi ilm-fan sigʻimkorligi yuqori boʻlgan 
tarmoq va sohalarda iqtisodiy oʻsishni va raqobatbardoshlikni doimiy 
ravishda ta’minlovchi zaruriy vosita sifatida namoyon boʻladi. 
Innovatsiyalarni investisiyalashda ularning ilmiy-texnik yangiligiga, 
amaliyotga joriy etilishiga va bozorda ma’lum iste’molchilar talabini qondira 
olishiga e’tibor qaratiladi. 
Innovatsion faoliyatni moliyalashtirish – bu yangi turdagi mahsulotlar 
ishlab chiqarishni loyihalashtirish, ishlab chiqish va tashkil etish, yangi 
texnika, texnologiya, xizmatlar, ishlarni yaratish va joriy etish, yangi 
boshqaruv shakllari, tashkiliy ishlanmalarni ishlab chiqish usullari va joriy 
etish uchun ajratilgan mablagʻlarni ta’minlash va ulardan foydalanish 
jarayonidir.
42
https://hozir.org/moliya-va-kredit.html?page=14 


154 
Innovatsion faoliyatni moliyalashtirishning asosli tizimini yaratish 
moliyaviy resurslarni toʻplash uchun sharoit yaratadi, ularni innovatsion 
jarayonlarning asosiy yoʻnalishlariga jamlash imkoniyatini beradi. 
Moliyalashtirish tizimini yaratishda quyidagi asosiy tamoyillarga 
tayaniladi: 
1) moliyalashtirishning maqsadli yoʻnalishi – uning zamonaviy ilmiy -
texnikaviy ishlanmalarni tez va samarali amalga oshirish vazifasi bilan 
bogʻliqligi; 
2) moliyalashtirish manbalarining asoslanganligi va huquqiy himoyasi; 
3) moliyalashtirish manbalarining koʻpligi; 
4) moliyalashtirishning kengligi va murakkabligi, ya’ni texnik va texnologik 
yangiliklarning keng doirasini va ulardan foydalanish sohalarini maksimal 
darajada qamrab olish imkoniyati; 
5) maksimal samaradorlikni saqlash uchun dinamik oʻzgaruvchan bozor 
sharoitlarini hisobga olish uchun moliyalashtirish tizimi va uning alohida 
elementlarining moslashuvchanligi. Mahalliy va xorijiy amaliyot shuni 
koʻrsatadiki, innovatsion faoliyatning samaradorligi koʻp jihatdan moliyaviy 
resurslarni oʻz vaqtida va manzilli taqsimlanishiga bogʻliq. 
Innovatsion faoliyatni moliyalashtirish tizimi quyidagi vazifalarni hal 
etishga moʻljallangan:

milliy iqtisodiyotning barcha sohalarida innovatsiyalarni tez va 
samarali amalga oshirish uchun sharoit yaratish;

rivojlanishning 
ustuvor 
yoʻnalishlarida 
strategik 
innovatsion 
salohiyatni saqlash va rivojlantirish;

fan va texnikaning kadrlar salohiyatini saqlab qolish, uning 
innovatsion sohadan chiqib ketishiga yoʻl qoʻymaslik uchun zarur shart -
sharoitlarni yaratish. 
Innovatsion sohaga investitsiyalarning sarflanishi, shu jumladan pul 
tushumlarini yigʻish mexanizmini, ularni maqsadli innovatsion loyihalar va 
dasturlarga investitsiyanganligi orqali nazorat qilinadi.
Moliyaviy nazorat quyidagilarni ta’minlash uchun moʻljallangan:

moliyaviy resurslarga boʻlgan ehtiyoj va ularni mavjud manbalardan 
olishning real imkoniyatlari oʻrtasidagi muvozanat;

davlat va mahalliy byudjetlar oldidagi moliyaviy majburiyatlarning oʻz 
vaqtida va toʻliq bajarilishi;


155 

korxonaning moddiy boyliklari va moliyaviy resurslarini sarflashning 
ratsionalligi;

buyurtmachilar bilan pudratchilar va etkazib beruvchilar oʻrtasidagi 
iqtisodiy munosabatlar amaliyotidan kelib chiqadigan muammolarni hal 
qilish. 
Moliyaviy rentabellik oʻsishining eng muhim umumlashtiruvchi 
koʻrsatkich boʻlib, uning asosida innovatsion faoliyatni moliyalashtirish, 
innovatsion loyihalarni moliyaviy qoʻllab – quvvatlovchi barcha 
sub’ektlarning faoliyati nuqtai nazaridan qoʻyilgan maqsad va vazifalarning 
samaradorligini baholash mumkin. 
Innovatsiya har qanday sohada yangilikni qoʻllash boʻlib, uzluksiz 
jarayonni bildiradi, tizimli faoliyatni, aniq strategiyani amalga oshirishdan 
dalolat beradi. 
Yangilikka intilish, yaratuvchanlik, kashfiyotlar va ular asosida qoʻlga 
kiritiladigan ishlanmalar har qanday sohada resurs talab etadi. 
Har qanday iqtisodning bosh boʻgʻinini ishlab chiqarish tashkil etishi 
munosabati bilan, uni muntazam ravishda yuksaltirish, yangilanishni, ilgʻor 
texnika va texnologiyalardan foydalanishni, progressiv boshqaruv usullarini 
qoʻllashni, turli yoʻnalishlarda samara keltiruvchi iqtisodiy-moliyaviy 
resurslarni, ya’ni investitsiyalarni kiritishni talab etadi. 
Makroiqtisodiy darajada innovatsiyalarga qaratilgan investitsiyalar 
ijtimoiy-iqtisodiy tizimni takomillashtirishga qaratiladi va iqtisodiy 
taraqqiyotni umumiy shart-sharoitlarini yaxshilab boradi hamda iqtisodiy 
mexanizmlarning takomillashtirilishini ta’minlaydi. Bozor iqtisodiyoti 
sharoitida ishlab chiqarish mukammal omillarga ega boʻlishi talab etiladi va 
zaruriy iqtisodiy resurslar, ya’ni investitsiyalarni talab etadi. Bunda 
innovatsiyalarga qaratilgan investitsiyalar ijtimoiy-iqtisodiy tizimning 
moddiy, 
ijtimoiy-iqtisodiy 
va 
gʻoyaviy-siyosiy 
belgilarini 
takomillashtirilishiga safarbar etiladi. Bunday investitsiyalar resurslar, ishlab 
chiqariladigan mahsulotlar, xizmatlar, mulkchilik shakllari, iqtisodiy 
mexanizm, intilinayotgan gʻoya va siyosatning ustuvorligini ta’minlanishiga 
qaratiladi
43

Demak, makroiqtisodiyot darajasida innovatsiyalarga qaratilgan 
investitsiyalar firma (korxona)larning raqobatbardoshligini ta’minlash bilan 
43
https://hozir.org/moliya-va-kredit.html?page=14 


156 
bogʻliq boʻlgan mavqeini mustahkamlash orqali, ularning samaradorligini 
yuksaltirish, foyda (daromadi) hajmi va me’yorini oshirishga qaratiladi. 

Download 2,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish