G. N. Maxmudova innovatsion iqtisodiyot



Download 2,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/130
Sana15.11.2022
Hajmi2,3 Mb.
#866029
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   130
Bog'liq
Innovatsion iqtisodiyot

 
Investitsion hissalar
Malakali investor investitsiya kompaniyasiga investitsiya faoliyatini 
amalga oshirish uchun bergan pul mablagʻlari investitsiyaviy hissa boʻlib, 
investitsiya kompaniyasining ustav kapitaliga hissa deb hisoblanmaydi. Bitta 
malakali investorning eng kam investitsiyaviy hissasi miqdori kamida 500 
mln soʻmni tashkil etishi kerak, u milliy valyutada va/yoki hissa kiritilgan 
sanadagi Markaziy bank kursi boʻyicha ekvivalentda xorijiy valyutada 
kiritilishi mumkin.
Investitsiya kompaniyalari va malakali investorlarga bir qator 
imtiyozlar va kafolatlar berilgan:
 
Joriy xarajatlar qoplangandan keyin investitsiya kompaniyasi 
daromadlarining kamida 90%i malakali investorlar oʻrtasida taqsimlanadigan 


169 
boʻlsa, investitsiya kompaniyalarini yuridik shaxslardan olinadigan foyda va 
dividend soliqlaridan ozod qilinadi. 
Malakali investorlarning investitsiya kompaniyasiga hissalarini, 
shuningdek malakali investorlar investitsiya hissasini qoʻyish natijasida 
investitsiya kompaniyalaridan olgan daromadlari soliqlardan ozod qilinadi. 
Malakali investorlar-norezidentlarning investitsiya kompaniyasiga 
investitsiya qilish natijasida olgan xorijiy valyutadagi daromadini (foydasini) 
repatriatsiya qilish huquqi kafolatlanadi.
Mamlakatimizda ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini qoʻllab-
quvvatlash 
chora-tadbirlari 
yanada 
kuchaytirildi. 
Bu 
Vazirlar 
Mahkamasining 2020 yil 9 martdagi qarorida nazarda tutilgan. Hujjatga 
koʻra ilmiy-tadqiqot ishlari boʻyicha davlat buyurtmasi, startap loyihalarini 
tanlash va moliyalashtirish tartibi hamda Innovatsion rivojlanish vazirligi 
huzuridagi ilmiy-texnik kengashlar toʻgʻrisidagi Nizomlar tasdiqlandi. 
Innovatsion rivojlanish vazirligi ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat 
buyurtmalarini shakllantirish va amalga oshirish uchun mas’uldir. 
Fundamental, amaliy va innovatsion loyihalar shaklida bajariladigan ishlarni 
moliyalashtirish yoʻnalishi, predmeti va hajmini belgilaydi. Loyihalarni 
tanlash tanlov asosida yoki tanlovdan tashqari, muqobil loyiha takliflari 
boʻlmagan taqdirda amalga oshiriladi. 
Tanlov e’loni Innovatsion rivojlanish vazirligining rasmiy veb-saytiga 
joylashtirilib, arizalarni roʻyxatga olish va taqdim etish shartlari koʻrsatiladi. 
Loyihaning har bir turi (fundamental, amaliy yoki innovatsion) aniq 
talablarga javob berishi kerak. Hamma uchun umumiy shart – ilmiy 
jamoaning oʻrtacha yoshi ish boshlangan vaqtda 45 yoshdan oshmagan 
boʻlishi kerak. 
Arizalarni qabul qilish muddatidan 15 kun ichida belgilangan 
talablarga muvofiqligini tekshirish uchun barcha taqdim etilgan loyihalar 
dastlabki texnik ekspertizadan oʻtkaziladi. Agar natijalar ijobiy boʻlsa, ular 
ilmiy ekspertizaga yuboriladi. Uni ilmiy-texnik kengashlar muayyan 
mezonlar boʻyicha baho berish yoʻli bilan amalga oshiradi. Gʻoliblar 
moliyalashtirish uchun tavsiya etiladi va Vazirlik kengashi bu haqida tegishli 
qaror qabul qiladi. 
Davlat buyurtmasi vazirlik bilan loyiha bajaruvchisi – tegishli tashkilot 
oʻrtasida shartnoma tuzish yoʻli bilan shakllantiriladi. 


170 
Startaplar Innovatsion rivojlanish va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-
quvvatlash jamgʻarmasi orqali moliyalashtiriladi. Vazirlik yiliga kamida ikki 
marta ishtirok etish shartlari, mavzular va loyihalar uchun muddatlar 
koʻrsatilgan holda startap tanlovini e’lon qiladi. E’lon vazirlikning rasmiy 
saytida va zarur hollarda boshqa ommaviy axborot vositalarida 
joylashtiriladi. 
Tanlovda tashkiliy-huquqiy shakllari va idoraviy boʻysunishidan qat’iy 
nazar barcha ilmiy-tadqiqot muassasalari va oliy oʻquv yurtlari, tajriba-
konstruktorlik tashkilotlari, innovatsiya markazlari, shuningdek, xususiy 
kompaniya va jismoniy shaxslar ishtirok etishi mumkin. 
Startap loyihalari uch bosqichli ekspertizadan oʻtkaziladi: 
-
texnik – loyihalarning tanlov shartlariga javob berishini tekshirish 
uchun dastlabki bosqichda amalga oshiriladi; 
-
moliya-iqtisodiy – bunda ekspertizadan muvaffaqiyatli oʻtgan 
loyihalarning moliyaviy va iqtisodiy tomondan mukamalligi tekshiriladi; 
-
ilmiy-texnik kengash ekspertizasi. Ushbu bosqichda Kengash ilmiy 
daraja yoki tadbirkorlik tajribasiga ega ikki nafar mustaqil ekspertni 
tayinlaydi. Ular loyihalarni oʻrganadi va tasdiqlangan mezon hamda 
metodologiya boʻyicha 100 ballik tizimda baholaydilar. Mutaxassislar 
tomonidan chiqarilgan xulosa Ilmiy-texnik kengash tomonidan muhokama 
qilish uchun ochiqdir. 
Ekspertiza xulosa natijalari Kollegiya loyihani moliyalashtirish 
boʻyicha qaror qabul qilishi uchun vazirlikka yuboriladi.
48

Download 2,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish