2-modul 5-Maruza. Oziq ovqat sanoati. Umumiy tushunchalar va asosiy atamalar. Oziq-ovqat maxsulotlarining sinflanishi



Download 230,89 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana26.05.2022
Hajmi230,89 Kb.
#609114
  1   2   3   4
Bog'liq
2-modul 5-Maruza. Oziq ovqat sanoati. Umumiy tushunchalar va aso



2-MODUL 
5-Maruza.Oziq ovqat sanoati. Umumiy tushunchalar va 
asosiy atamalar. Oziq-ovqat maxsulotlarining sinflanishi. 
 
REJA 
1.
Oziq-ovqat sanoati. 
2.
Umumiy tushunchalar va asosiy atamalar. 
3.
Oziq-ovqat maxsulotlarining sinflanishi. 
Mavzuga oid tayanch iboralar 
Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT),
Oziq-ovqat va Qishloq xo„jaligi 
tashkilotining (FAO),
kkal,
ovqatlanish ratsioni,
agrosanoat kompleksi,
qishloq 
xo„jaligi xomashyosi, 

1.
Oziq-ovqat sanoati.
Hozirgi kunga kelib,oziq-ovqat sanoati butunligicha mustaqil vatanimiz 
iqtisodiyotining strategik sohalaridan biri xisoblanib, asosan, xalqimizning sifatli 
oziq-ovqat mahsulotlari va iste‟mol tovarlariga bo„lgan talabini etarli miqdorda 
qondirilishiga xizmat qiladi.Oxirgi yillarda ushbu xalq xo„jaligining muhim 
sohasida ko„zga ko„rinarli ijobiy natijalarga erishildi. 
Oziq-ovqat sanoatining vazifasi Respublika aholisini to„g„ri va balanslashtirilgan 
ovqatlanish ratsionini shakllantirish uchun yetarli hajmda va assortimentda xilma-
xil oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta‟minlashga qaratilgan. 
Mutaxassislarning ta‟kidlashicha,inson salomatligi va umrining uzoqligi 70% 
uning ovqatlanish va hayot tarziga, 20% tibbiy xizmat holatiga va 10% uning 
hayotiy 
tug„ma ko„rsatkichlariga bog„liq.Keltirilgan ma‟lumotlar inson 
salomatligining holati va umrini uzaytirishda oziq-ovqat va uni ishlab chiqaruvchi 
sanoatning ahamiyati haqida aniq tassavur beradi. 
Oziq-ovqat mahsulotlarini aholining faol va sog„lom turmush ehtiyoji uchun 
zarur miqdori sotib olish kafolatlangan jismoniy va iqtisodiy imkoniyati uning 
yashashi,jamiyatining sotsial barqarorligi va mamlakatda pozitiv demografik 
holatning asosiy shartidir. 
Oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta‟minlash har bir mamlakat oldida turgan jiddiy 
muammo,u global xarakterga ega,chunki ayni davrda dunyo aholisining ehtiyoji va 
uni ta‟minlash o„rtasida katta disbalans mavjud. 
Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Oziq-ovqat va Qishloq xo„jaligi 
tashkilotining (FAO) ma‟lumotlari bo„yicha,hozirgi kunda planetamizda 


yashayotgan 6,5mlrd.aholidan 98 mamlakatda istiqomat qilayotgan 900mln.kishi 
ochlik va oziq-ovqat tanqisligidan iztirob chekmoqda,yaqin 10 yilikda esa 
ochlikdan azob chekuvchilar yer yuzi aholisining 25%ni tashkil etishi mumkin. 
Chet el olimlarining bashorati qilishlariga qaraganda, oziq-ovqat yetishmasligi 
muammosi yaqin kelajakda dunyoda birinchi navbatdagi dolzarb masalaga 
aylanadi. 
BMT prognozi bo„yicha sayyoramiz aholisining soni 2050 yilda 9mlrd.kishiga 
yetadi,bu esa biosfera barqarorligining kritik chegarasidan 4 marta ziyod. Katta yer 
maydonlarini o„zlashtirish va ishlash yo„li bilan dunyoda don yetishtirishni yanada 
kengaytirish imkoniyati cheklangan, bu esa istiqbolda oziq-ovqat tanqisligining 
kuchayishiga olib keladi. 
Aholi oziq-ovqat bilan ta‟minlanganligining eng umumlashgan ko„rsatkichi, 
FAO tavsiyasi bo„yicha har bir kishi sutkalik ovqatlanish ratsionining kaloriya 
miqdori hisoblanadi. 
Hozirgi davrda oziq-ovqat mahsulotlarini o„rtacha sutkalik iste‟mol qilish 
Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida 3390 kkal, AQSHda -3650, Lotin Amerikasida -
2790, rivojlanayotgan Osiyoda -2650 kkalni tashkil etadi. Sutkalik ovqatlanish 
ratsioni O„zbekistonda o„rtacha 2700-2800 kkal. 
Sutkalik ovqatlanish kaloriyaliligi darajasini oshirish,birinchi navbatda,mamlakat 
iqtisodiyotini rivojlantirish va xalq farovonligini yuksaltirish bilan bog„liq. 
Sutkalik ovqatlanish kaloriyaliligi darajasini oshirish, birinchi navbatda, 
mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish va xalq farovanligini yuksaltirish bilan 
bog„liq. 
Oziq-ovqat sanoatining faoliyati tarmoq korxonalariga xom-ashyo yetkazib 
beruvchi qishloq xo„jaligi ishlab chiqarishining rivojlanish darajasi bilan 
belgilanadi.Oziq-ovqat mahsulotlarining miqdori va sifati uning assortimenti 
dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarining hajmiga bevosita bog„liq. 
Agrosanoat kompleksi iqtisodiyotining eng muhim tarmoqlaridan biri va 
mamlakat aholisini oziq-ovqat bilan ta‟minlashda asosiy rol o„ynaydi. Mustaqillik 
yillarda O„zbekistonda bozor iqtisodiyotining asosi xususiy mulkchilik 
ustuvorligini amalda ta‟minlash,agrosanoat kompleksi faoliyatini takomillashtirish 
va yanada rivojlantirish bo„yicha mustahkam qonuniy asos yaratiladi. Mamlakat 
iqtisodiyotini barqaror rivojlantirish,yangi ish joylari yaratish va aholi 
daromadlarini oshirishning huquqiy kafolatlari va qulay faoliyat ko„rsatish muhiti 
shakllantiriladi. 
Buning natijasi sifatida quyidagi misolni keltirish mumkin: 
2018 yilda 6.8 mln.t. deyarli 3.5 mln.t. paxta, 8.2 mln.tonnadan ziyod sabzavot 
va qovun-tarvuz, 3mln.tonnaga yaqin bog„dorchilik mahsulotlari yig„ib olingan, 
6.6mln.t. sut, 1.5 mln.tonnadan ko„proq go„sht, 3.5 mlrd.dan ko„proq tuxum ishlab 


chiqarilgan.O„tgan 2019 yilda 2018 yil darajasiga nisbatan 10% ko„proq don, 9.9% 
ko„proq paxta yig„ib olingan, 9 mln.tonnadan ziyod sabzavot va qovun-tarvuz, 
2mln.tonnadan ko„proq kartoshka etishtirib yig„ib olingan. 
Qishloq xo„jaligi xom-ashyosi (don,meva,sabzavot,go„sht,sut,baliq,paxta va 
boshqa moyli ekinlar urug„lari va hokazo)ni qayta ishlash asosida oziq-ovqat 
mahsulotlari yaratadigan oziq-ovqat sanoati iqtisodiyotning eng muhim 
tarmog„idir. 
Oziq-ovqat sanoati qator tarmoqlar va tarmoqosti sohalaridan tashkil 
topgan.Uning tarkibiga katta guruh (20 dan ko„proq) tarmoqlar va tarmoqosti 
(60dan ko„proq) sohalar kiradi; ulardan asosiylari: (tarmoqda umuman ishlab 
chiqarilgan mahsulotdagi ulushi bo„yicha) un, yog-moy, non pishirish, go„sht, sut, 
baliq. 
O„simlik va chorvachilik xom-ashyosidan foydalanib mahsulot ishlab 
chiqaradigan oziq-ovqat sanoati qishloq xo„jaligi bilan uzviy bog„langan.Unga 
mansub korxonlarning xududlar bo„yicha joylashishi,ayrim hollarda ularning 
o„ziga xos ishlab chiqarish xarakteri ushbu bog„liqlik muammosi bilan izohlanadi. 
Oziq-ovqat sanoati mamlakat agrosanoat kompleksining tarkibiy qismidir.U 
milliy iqtisodiyotning muhim komplekslaridan biri.Uni rivojlantirish maqsadida 
uzoq muddatga mo„ljallangan prognozlar va dasturlar ishlab chiqarish va 
taqsimotida O„zbekistonning ishtirok etish o„rnini belgilash maqsadida 
mamlakatning umumiy konsepsiyasi va oziq-ovqat xavfsizligi dasturini ishlab 
chiqishni taqozo etadi. 
Agrosanoat kompleksi doirasida 30% ichki yalpi mahsulot yaratilgan.Iste‟mol 
bozorining 75% qishloq xo„jalik xom-ashyosidan ishlab chiqarilgan oziq-ovqat 
mahsulotlari va tovarlari hisobiga shakllanadi. 
Oziq-ovqat xavfsizligini ta‟minlash barcha mamlakatlarda davlat siyosatining 
ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi.U oziq-ovqat kompleksi ishlab chiqarish 
tarmoqlarining samarali faoliyatiga bog„liq: qishloq xo„jaligi va oziq-ovqat 
sanoatining barcha tarmoqlari,chunki mamlakat oziq-ovqat strategik zaxiralari va 
jamg„armalarining 80-85% oziq-ovqat sanoati mahsulotlari hisobiga tashkil etiladi. 
Aholining faqat yashash darajasi emas,balki uning jismoniy barhayotligi pirovard 
natijasida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishning hajmi,uning sifati va 
bahosiga bog„liq.Shu sababdan oziq-ovqat sanoati mamlakat xalq xo„jaligi 
kompleksi tizimida haqli ravshda strategik sotsial ahamiyatdagi tarmoqlar qatoriga 
kiradi. 
Oziq-ovqat sanoati qirqqa yaqin bir-biridan turli xil ishlab chiqarish jarayonlari 
bilan ajralib turadigan ixtisoslashgan tarmoqlarni birlashtiradi. 
Uning tarkibiga faqat qayta ishlab chiqarish tarmoqlari emas,balki qazib 
oluvchi(tuz,mineral suv va boshqalar),mavsumiy va yil davomida surunkali 


ishlaydigan tarmoqlar, iqtisodiyotining “A” guruhiga, ya‟ni maxsulotli boshqa 
tarmoqlarda qo„llaniladigan (spirt,shakar,un,tuz,o„simlik moyi va boshqalar) va 
“B” guruhiga mansub, ya‟ni aholi tomonidan bevosita iste‟mol qilinadagan 
mahsulotlar ishlab chiqaruvchi tarmoqlar ham kiradi.Shu bilan birga oziq-ovqat 
sanoati tarmoqlarining har biri bir-biridan bir turdagi yoki bir necha turdosh 
mahsulotlar 
ishlab 
chiqaruvchi 
qator 
sohalarini 
ham 
qamrab 
oladi. 
Masalan,konditer sanoati karamel, konfet,shokolad,biskvit va pastilo-marmelad 
sohalaridan iborat. Non pishirish sanoati non-kulcha,”baranka”, suxari ishlab 
chiqarish, vinochilik sanoati uzum va meva vinosi,konyak va shanpan vinosi ishlab 
chiqarish sohalarini birlashtiradi. 
O„z navbatida oziq-ovqat sanoati sohalari tayyor mahsulotni ishlab chiqarish 
usullari hamda jarayonlarini mexanizachiyalash va avtomatizatsiyalash darajasi 
bilan ham bir-biridan farq qiladi. 

Download 230,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish