I-BOB. BILIMLAR TRANSFERI, INNOVATSIYALARNI BOSHQARISH–ASOSIY TUSHINCHA VA TAMOYILLAR.
1-mavzu. Innovatsiyalarni boshqarishda ma’lumot, axborot, bilim tushunchalari.
Reja:
Ma’lumot, axborot, bilim tushinchalari
MABD Piramidasi (DIKW Pyramid)
Aniq va yashirin bilimlar farqi.
Tayanch so`z va iboralar: bilimlar transferi, ma’lumot, axborot, bilim, harflar qisqartmasi, MABD Piramidasi, tushunish, donolik, aniq va yashirin bilimlar, bilimlar tabiatini tavsiflash, bilimni ifodalash, "nou-xau" atamasi, tajriba natijalari, sinovlar paketi.
Innovatsiyani tushunib olishdan avval, bilimlar transferi boshlanadigan asosiy tushuncha va ta’riflardan boshlash maqsadga muvofiqdir. Bu borada ma’lumotlar, axborot va bilimlar eng oddiy va muhim tushunchalar ekanligi ravshandir.
Biznes lug‘atiga ko‘ra:
ma’lumot1: "Ishlov berilmagan yoki tartibga keltirilmagan shakldagi (masalan, harflar, raqamlar yoki belgilar) axborot bo‘lib, sharoit, g‘oya yoki ob’ektni ifodalaydi yoki ularga aloqador bo‘lishi mumkin. Ma’lumotlar cheksiz va koinotning hamma joyida mavjud".
axborot2: (1) "aniq va ayni vaqtdagi, (2) ma’lum maqsad uchun lo‘nda belgilangan va tashkillashtirilgan, (3) mazmunan unga ma’no va dolzarblilik beradigan va (4) anglab olishni rivojlantirishga hamda tushunmovchilikni kamaytirishga olib kelishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlardir".
bilim3: "axborotning inson tomonidan talqin etilgan faoliyat natijasi; ma’lumot, axborot, tajriba va shaxsiy talqinlar uyg‘un birikmasi natijasida shakllanadigan fahmlashdir".
Robert Dj. Teraf (1999) uch komponentni quyidagicha ifodalaydi: ma’lumot strukturlanmagan shakl va dalillar majmui bo‘lib, u eng quyi nuqta; axborot keyingi bosqich va u strukturlangan ma’lumot; va nihoyat so‘ngi bosqich bilim bu "axborot haqidagi axboro
1.1 - Rasm. MABD Piramidasi (DIKW Pyramid) 2
Mazkur iboralar o‘rtasidagi aloqalarni ifodalovchi eng mashxur ierarxiyalardan
MABD Piramidasi (DIKW Pyramid) bo‘lib, u yana "Donolik ierarxiyasi", "Bilimlar ierarxiyasi" sifatida ham yuritiladi.
Bunda MABD bosh harflar qisqartmasi bo‘lib,
Ma’lumot – Axborot - Bilim – Donolik tushunchalarini ifoda etadi.
MABD Piramidasiga muvofiq Akoff o‘zining "Ma’lumotdan donolik sari" maqolasida
bilimning har bir toifasini quyidagicha ta’riflaydi
4:
1
.1 - Rasm. MABD Piramidasi (DIKW Pyramid)
1) Ma’lumotlar kuzatuv mahsuli sifatida olingan belgilardir. Bu belgilar agar qo‘llaniladigan shaklga aylantirilsa, dolzarb va foydali bo‘lishi mumkin.
2) Axborot tavsiflar mazmunida aks etadi, masalan, kim, nima, qachon va qancha kabi savollar javoblarida. Axborot ma’lumotlar asosida olinadi.
3) Bilim bu nou-xau (bilaman qanday) hisoblanadi va axborotni ko‘rsatmalarga (instruksiya) aylantirish imkonini beradi.
4) Tushunish: "nimaga"ekanligini anglab olish.
5) Donolik - bu samaradorlikni oshirish qobiliyati. Donolik ma’noga ma’no qo‘shadi, qiymatni oshiradi va shuning uchun donolikka ega bo‘lish shaxsiy mulohaza va fikrni talab etadi.
Shuningdek, MABD blok-sxema
5 shaklida ham 1.2.- rasmda berilgan.
Diagrammaga ko‘ra, dastlabki to‘rtta kategoriya o‘tmishga tegishli va ular oldin sodir bo‘lgan yoki allaqachon ma’lum bo‘lgan narsalarni tavsiflaydi. Faqatgina beshinchi kategoriya, donolik, kelajak bilan bog‘liq bo‘lib, oldinni ko‘rish, g‘oya, xayol, reja, loyiha va dizaynni o‘z ichiga oladi
6.