1.2 - Rasm. MABD ierarxiyasi blok-sxemasi.
Bilimning tabiati ko‘plab jihatlarga va o‘lchovlarga ega.
Bilim tushunchasi aniq (explicit) va yashirin (tacit) bilimlar toifasiga bo‘linadi.
Aniq va yashirin bilimlar farqi.
1.1- Jadval
Aniq bilimlar
|
Yashirin bilimlar
|
Aniq, ochiq bilimlar rasmiy va tizimli xarakterga ega. Ularni oson uzatish va ular bilan almashish mumkin. Odatda, ular hujjatlashtirilgan bo‘ladi. Rasmiylashtirilgan bilimlar so‘z, raqam, kod, matematik va ilmiy formula yoki musiqiy notalar orqali ifodalanishi hamda yozilishi mumkin.
Aniq bilimlar oson uzatiladi, saqlanadi va tarqatiladi, Bunday bilimlarni kitob, internet va boshqa ko‘rish va eshitish vositalari orqali topish mumkin. Aniq bilimning qarama-qarshi shakli yashirin bilim.
|
Yashirin, yopiq bilimni oson ifodalash qiyin. Ular juda shaxsiy, yakka individgagina tegishli bo‘lib, ularni rasmiylashtirish va boshqa bilimlar bilan uyg‘unlashtirish oson emas. Shuningdek, ularni egallash ham mushkul.
Muammo, yashirin bilimlarning ayrimini egallash qiyinligi nuqtai nazaridan kelib chiqib, ularning qaysi elementlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri egallash va ularni aniq bilimlarga aylantirish mumkinligini belgilab olishdan iborat. Egallanmaydigan yashirin bilimlarni o‘zlashtirish yo‘li, yashirin bilim egasi bilan bilim egallashga intiluvchilarni bog‘lashdir.
|
Aniq bilimlar tabiati ularning insonlar, mualliflar ishtirokisiz ham uzatilishidadir. Ta’lim muassasalari va ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida uzatilayotgan aniq bilimlar ma’lumotlar bazasi, hujjat, sertifikat, patent, ilmiy maqola, tadqiqot, ishlanmalar va boshqa shu kabi shakllarda bo‘lishi mumkin. Yashirin bilimlar – bu insonlarning ko‘nikma va tajribasi hisoblanadi. Bu bilimlar hech qaerda yozilmagan va insonlarning fikrida, miyasida bo‘lganligi sababli ularni tushunish qiyin. Bu bilimlar insonning faoliyati davomida va tadqiqotlar natijasida egallanadi va yozma yoki chizmalar shaklida uzatish imkoni mavjud emas. Yashirin bilimlar insonlarda mujassam bo‘lib, ularning yordamisiz, ishtirokisiz bilimlarni uzatish mumkin emas7.
Yuqorida aytganimizdek, bilimlar tabiatini tavsiflashning turli shakllari mavjud. Ulardan yana biri bilimni fanlararo va yakka fan turlariga ajratishdir. Ko‘p tarmoqli tadqiqotlar ko‘plab fanlarni talab etadi, masalan, texnologiya sohasidagi muhandis fizika, mashinasozlik, materiallar texnologiyasi, elektrotexnika, aerodinamika va shu kabi boshqa fanlar haqida tushunchalarga ega bo‘lishi lozim. Matematika, elektrotexnika va boshqa shu kabi fan soxalaridan yakka fan bilimlari osongina topilishi mumkin.
Bilimni turlarga ajratishning uchinchi va so‘nggi shakli tadqiqotlarning fundamental va amaliy xarakterga ega ekanligi bilan bog‘liq. "Fraskati qo‘llanmasi"ga (OECD 1994) muvofiq bilimlarni fundamental, amaliy va eksprimental tadqiqotlarga ajratish mumkin. Fundamental tadqiqotlar bizni o‘rab turgan dunyoni tushunishga yo‘naltiriladi. Amaliy tadqiqotlar amalda foydalanish mumkin bo‘lgan reallik bilan bog‘liq bilimlarni yaratishga qaratilgan, masalan artefaktlarga. Bilimning so‘nggi eksperimental shakli muayyan bir o‘zgaruvchining boshqa bir o‘zgaruvchiga ko‘rsatadigan samarali ta’sirini aniqlashdan iborat8.
Bilimni ifodalashning yana bir qiziqarli ta’riflaridan biri uni Lundvall va Yoxanson tomonidan turkumlarga ajratish shaklidir. Ular bilimlarni farqlashning o‘zlari yaratgan turlarini taklif etishgan: know-what, know-why, know-how, know-who.
Do'stlaringiz bilan baham: |