ABU NASR FOROBIY
Afiotun, yuqorida aytib o’tilgan, ammo oldingiday umuman farovonlikni emas, balki shaxsan o’ziga farovonlik tilaydigan shahar aholisining hayot kechirishlari uchun zarur bo’lgan mabiag’lar to’g’risida eslatib o’tadi.
Aflotun, musiqa san'atlariga aioqador bo’lgan hokimlar va mansabdorlar qanday ishlar qilishlari kerakligini eslatib o’tadi, chunki bu san'atlar faqat kerak bo’lib qolgandagina emas, balki hamma vaqt ham zarurdir. Uning fikricha bu sarfatlar ikki xil bo’ladi: ba'zilari kurash va harbiy ishlarga undaydi, boshqalari esa osoyishta hayot va quvonchga da'vat etadi. Qonun chiqaruvchi va hokimlar bu sa'antlarni tartibga soiib, qonunlar vositasida odamlarni san'atlar (hunarlar) bilan shug’ullanishga rag’batlantirishlari kerak.
YETTINCHI BO’LIM
Aflotun bu bo’iimni, sohibi qonunlar o’z asrining va kelgusi asrlarning odamlari murojaat etadigan ta'limot joriy etishlari zaruriigi haqidagi masalani tushuntirish bilan boshlaydi. Bu eng muhim ish ekanligini eslatib o’tadi. Ta'limotlar bosqichma-bosqich va davlat ishlaridagi boshqa tadbirlar bilan birga amalga oshiriiadigan asosiy ish bo’lishi zarur. Bu ta'limot avvalan shu davrda urf bo’lgan odatlarni soxtalashtirish bilan mashg’ul odamlarga nisbatan qo’llanishi kerak.
Bu soxtalashtirishlar qonunni yaxshi bilmaydigan odamlar va bolalarda muayyan bir illatlarni paydo qilishi mumkin, Agar ta'lirnot va qonunlarga o’rgatish ishlari bosqichma-bosqich va izchi! olib boriisa, u holda ular a'lo natija beradi.
Aflotun bu taMimotlarni tahlil qiluvchi va ko’rib chiquvchilarga yoziimagan urf-odatlar xalaqit bermasligi kerak, deb eslatadi. LJ misol tariqasida qadimgi sohibi qonunlarning bu odatlarini o’rganib chiqqan va ba'zi ahamiyatsiz so’zlarning ko’p ma'nolarga ega ekaniigini aniqlagan shoirlaming so’zlarini keltiradi. U, qisqa yoki batafsil bayon qilinadigan nutqlardan iborat bir necha xil nutqlar mayjudligini va ulardan qaysi biri afzalrocs ekanligini aniqlash
88
— AFLOTUN QONUNLARI MOHIYATI
zarurligini eslatadi. U yana pand-nasihatlar to’g’risida gapirib o’tadi. Agar shahar aholisi bu nasihatlarga quloq solsalar, ularning ko’ngillari yumshaydi, ularda nazokat va qobillik paydo bo’ladi, o’zlari itoatkor bo’lib mayin tortadilar. Aflotun, shahar aholisi, yo o’tib ketib nom-nishoni qolmagan odamlarni yoki hayvonatni, yoxud g’ayrioddiy biror narsani tushunishni dildan xohlab e'zozlashlari haqida misol keltiradi. Bu ishlarning foydali tomonlarini aniqlaydi. Bu foydalardan biri o’z tabiatlariga ko’ra tajribasiz ko’pchilik odamlarning, yozilmagan odatlardan, ularning mohiyatlarini zo’rg’a tushunsalarda, biror narsa bilishga intilishlaridandir. Ikkinchisi, bu odamlar biror yangilikka hayratlanib qaraydilar. Nihoyat uchinchisi, ular bu g’aroyibotlarning mohiyatlariga yetish uchun qonunni saqlab qoladilar. Shu o’rinda Aflotun o’sha shaharlarning fuqarolariga ma'lum bo’lgan va ular tub ma'nosiga yetmoqchi bo’lgan kitoblar haqida eslatib o’tadi. o’z she'rlarida bularning hammasini tasvirlagan shoirlar tufayli bu voqealardan xabardor bo’lindi. Homer va boshqalar shunday shoirlardir.
Aflotun, sohibi qonun o’z shahrining aholisidan yozilmagan urf-odatlarni saqlash, o’rganish va ularga itoat qilishni talab etishi zarurligi haqida gapiradi. Hech qaysi sohibi qonun o’zidan oldingi sohibi qonun tomonidan amalga oshirilgan ishlarni rad etmasligi kerak. Lekin, oldingi sohibi qonunning qarorlaridan ba'zilarini o’zgartirish zarurati paydo bo’lsa, u holda shahar aholisi ulardan (ya'ni o’zgartirilishi kerak bo’lgan moddalardan) voz kechishlari zarur va bu o’zgarishlar qonunlarda o’z aksini topishi kerak. Bu, ularning qonunlaridagi ma'nosi buzilgan moddalarga ham taalluqli. Keyin Aflotun moddalarni o’zgartirish haqida gapiradi.
So’ngra sohibi qonunlar o’rniga keladigan boshqa bir sohibi qonunlar to’g’risidagi masala ko’riladi. Sohibi qonun to'g'risidagi masala ko’riladi. Sohibi qonun o’zidan keyin bo’ladigan boshqa sohibi qonun to’g’risida aholiga ma'lum qilsa, bu bilan u shahar aholisining ko’ngliga, ayniqsa,
ribasiz odamlarning ko’ngillariga g’ulg’ila solib qo’yadi, nima bo’lar ekan, deb qalblari zirillab kutadilar va
Do'stlaringiz bilan baham: |