Fozil odamlar shahri. Nodir va dono fikrlar. T.: O'zbekiston



Download 2,02 Mb.
bet37/75
Sana01.06.2022
Hajmi2,02 Mb.
#624043
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   75
Bog'liq
fozil odamlar shahri

ABU NASR FOROBIY
BESHINCHI BO’LIM
Aflotun, ruh eng ezgu olam bo’lgani uchun inson avvalo o’zining ruhini kamol toptirishi zarurligi haqida gapiradi... Ruhni e'zozlash - uning ehtirosini qondirishdan ihorat emas, chunki, agar shunday bo’lsa, (ya'ni faqat ehtirosni qondirish bo’lsa) bolalar va johil odamlarda paydo bo’luvchi o’z ruhiy ehtiroslarini qondirish istagi, rahni e'zoz!ashga intilishday tuyulardi. Ular nimani yaxshi va lazzatli deb bilsalar, ruhlari ham o’sha narsalarni xohiardi, vaholanki, bu ehtiroslarni qondirish kishiga ulkan zarar keltiradi. Aslida esa ruhning qadr-qimmati uning poklanishidan va ilohiy qonunlarda maqtovli hisoblangan istaklarini qondirishdan iborat bo’lishi kerak. Agar muayyan istaklar qonunda qoralansa, ruh ulardan muhofaza qilinsa, e'zozlansa o’sha istaklar tez orada zararli bo’lib qoladilar. Ruh bo’lmasa badan ham bo’lmas edi, degan tushunchaga suyanib, ruh badandan afzalroq, deb o’ylagan odam xato qiladi. Aflotun bu muammoni qiziq bir yo’sinda tushuntiradi. So’ngra u inson bajaradigan ko’p ishlarda, masalan, boylik to’plash va hakazo ishlarda, aihni e'zozlash zarurligi haqida gapiradi, o’sha ishlarda ruhni qanday e'zozlash kerakligini ko’rsatadi. Keyin Aflotun ruhni e'zozlashning qanday xillari borligi va qonun chiqaruvchi rahbar ruhni e'zozlashga e'tibor berishi zarurligini ta'kidlaydi.
Aflotun ruh e'zozlangandan keyin badanning e'zozlanishini tushuntiradi. Olijanob badan o’z go’zalligi, kuchi, zaifligi, sog’lomligi yoki semizligi uchun olijanob emas, balki qonunlarga mos hayot tarzi bo’yicha ma'qul ko’rilgan odatlarga rioya qilgani uchun olijanobdir. Inson tabiatini tarbiyalashga bo’lgan zarurat, badanni e'zozlashni taqazo qiladi. Bu fikrni Aflotun foydali misollar vositasida keng tushuntiradi. Bolalar hali g’o’r bo’lsalar, ularning badanini e'zozlashga qaratilgan qonunlar, o’rta yosh va qari odamlarning badanlarini e'zozlashga qaratilgan qonunlarga o’xshamaydi, deydi u. Aflotun, ruhni e'zozlashga qaratilgan qonunlar chet elliklar, shahar aholisi va qarindosh-urug’lar uchun bir xil, ularni badanlariga taalluqli qonunlar esa chet elliklarga boshqa, shahar ahliga boshqa bo’iishi kerak, deb
80
-AFLOTUN QONUNLARI MOHIYATI
tushuntiradi. Tarbiya ishida chet elJik va qarindosh-urug’ qilgan jinoyatlar uchun (bir xil) jazo bo’lishi kerak, chunki bu jinoyatlar qonunlarni bir xilda oyoq osti qiladi.
Aflotun axloqiy fazilatlarni qanday o’zlashtirish mumkinligini tushuntiradi. Bunday yaxshi odatlar vaqtincha o’zlashgan bo'!adi, chunki jamiyatlar va barcha odamlarda odatiar uzoq muddat o’zlashtiriladi. Adolatli, pok, jasur bo’lishga odat qiiish, shu bilan birga yornon qiliqlardan qutilish uchun ham rna'lum muddat o’tishi kerak. Bu vaqt davomida inson o’zining yomon qiiiqlaridan voz kecha oladi. Agar odamda tug’rna, kuchli g’urur tuyg’usi bo’lmasa, u hoida o’sha odam o’z ruhini mashq ila tarbiyalashi zarur, chunki o’zi sevgan insonning ko’p iilatlarini sezrnaslik odamning tug’ma xislatidir. Zero shunday ekan, shahvoniy xohishlarga erk bermaslik uchun albatta kuchli g’urur bo’lishi kerak. Insonni halokatga olib boradigan narsalarni ruhiga ravo ko’rrnaslik uchun bunday hollarda g’azabdan ham ijobiy foydalana bilish va ruhni doimo o’zidan ko’ngli to’lmaslikka o’rgatish kerak.
Aflotun aytadiki, tarbiyali odamlar o’z ruhlarini doimo quvonish, ortiqcha kulish, qattiq xafa bo’lish, ortiqcha qayg’urish kabi holatlarda motadillik doirasidan chiqmaslikka majbur qila olishlari kerak. Aflotunning aytishicha, odamlar ma'naviy fazilatlarga erishishni istab, iltijo qilib, ularni o’zlashtirishga e'tibor berishlari kerak, toki axloq qonuniy, maqtovlarga sazovor va ilohiy bo’lib qolsin.
Agar inson ilohiy ezgulikiarga erishishni umid qilsa, uning hayoti quvonchii, turmush tarzi esa, juda go’zal bo’ladi. Go’zal hayot tarzi esa xalq nazarida ham, xudo nazarida ham yuksak bo’iadi. Buni ko’ra bilish va yaxshilab o’ylab ko’rish kerak. Afloiun bu fikrni mufassai ifodalaydi, manzur sanalgan hayot tarzi qanday bo’lishi kerakiigini, har bir aynm holatda bu hayot taiv.i axloq va qonunga muvofiqmi yoki muvofiq eraasligini ko’rsatadi; ulardan ba'zilarini misol tariqasida eslatib o’tadi. Bu misollarda u oqillik haqida esiatib, mashaqqatdan rohatni afzal ko’rish bema'm hayot tarzi ekanligini, rohatdan mashaqqatni afzal ko’rish ma'qul hayot tarzi ekanligini tushuntiradi. Yana u sog’liq, jasurlik, bilim va hakazolar haqida gapiradi.

81
6-A-6020


Download 2,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish