ABU NASR FOROBIY
bo’ladilar, deb tushunish xatodir. Tenglik ularning har biriga ato etilgan, o’zi munosib bo’lgan mavqedir. Bu tenglikdan muhabbat va do’stlik tug’iladi...
U, xarajat qilishda xotamtoylik va ziqnalik haqida so’z yuritadi. Agar yashash uchun beriladigan mablag’ odamlarning xarajatiga to’g’ri kelmasa, turli nomaqbulchiliklar ro’y beradi. Bu —boshqarilishi eng qiyin bolgan ishdir. Kimda-kim o’z ixtiyorida bo’lgan mulkni foyda chiqarish uchun muomalaga qo’shmay, o’zi uchun jamg’arsa, juda katta zarar keltiradi. Hokirnlar bunday odamlarni nazorat qilishlari (mulkni ishlatmay jamg’arishlarini) man etishlari va boylikni sovurishlariga yo'l qo’ymasliklari kerak. Aflotun bu fikrni batafsil izohlaydi va o’z mablag’larini ortiqcha sarflay-diganlarning illatlari haqidagi masalani tushuntiradi, chunki xuddi o’sha odamlarning sarf va mablag’lari shaharga g’oyat katta kulfat va zarar keltiradi.
Aflotun qo’riqlovchilar va soqchilar haqida eslatadi. Ular ikki xil bo’ladilar, deb ta'kidlaydi. Birinchisi shahar qo’riqlaydiganlar. Ularga tungi soqchilar va muntazam qo’shin askarlari kiradi. Boshqasi esa, qonunlar va saltanatni qo’riqlovchilardir. Bular hukmdorlar, voizlar, rahbarlar va mansabdorlardir. Aflotun bunday davlat tuzilishini dengizda suzib borayotgan kemaga o’xshatadi. U yana choparlik aloqalarining, davlat ishlarida hushyorlikning foydalari, tanballikdan voz kechish va qo’riqchilar saqlashning foydalari haqida eslatadi.
Aflotunning flkricha, mansabdorlarni to’g’ri tayinlash ulkan foyda keltiradi. Shu bilan birga u xalq ichida yurib, gap teradigan josuslar va ayg’oqchilar xususida ham to’xtalib o’tadi. So’ngra u erkaklarning mohiyatiga to’xtaladi. Bu masalani tahlil qilish foydadan xoli emas. Chunki bu masala qonun chiqaruvchi va hokimlarning ishiariga yaqin ishlarni amalga oshirish uchun erkaklami tanlash muammosiga taaiiuqlidir. Afiotun yetarli miqdorda bo’lishi kerak bo’lgan tabiiy idoralar to’g’risida batafsil gapiradi. Yuzlik, yuzlikka o’nlik, o’nlikka birlik, birlikka okz o’rni, holati va vaziyati jihatidan to’g’ri kelishi zarur. U yana dastyorlik rnasalasiga to’xtalib, shahar
86
AFLOTUN QONUNLARI MOHIYATI
aholisi uchun eng muhim narsalardan biri dastyorlarga ehtiyoj ekanligini tushuntiradi. Dastyorlik ikki xil bo’ladi. Birinchi xiliga erkak va ayol qullar kiradi. Ikkinchisiga — tinchlik davrida va urush paytlarida ham shahar ahli muhtoj bo’ladigan hayvonlar kiritiladi. Shaharni idora etishda va qonunlar tuzishda qonun chiqaruvchilar va hokimlar buni hisobga olishlari kerak.
Aflotun suv masalasiga ham e'tibor beradi, chunki shahar aholisi uchun suv manba'larini tartibga solmay turib hayot kechirish mumkin emas.
v> Qonun chiqaruvchilar va hokimlar suv muammosiga, daryolarning o’zaniga katta e'tibor berishlari zarur. Bir yerda suv ko’p bo’lib, birovlar suv bilan ta'minlanib, boshqalar suvga muhtoj bo’lmasliklari uchun bu muammoga adolat bilan yondashmoq kerak. U, ekinzorlarni sug’orish va kerak bo’lsa, muhtojlar uchun jamoat quduqlarini qazish bo’yicha qo’shimcha tadbirlar amalga oshirish zarurligini ta'kidlaydi. Bu shaharlarda hayot kechirishning eng muhim omilidir. Aflotun, qonun chiqamvchilar va hokimlar suv inshootlariga alohida e'tibor bilan qarashlari zaruriigini ko’p marta ta'kidlaydi. So’ngra u, boshqa bir fikr — odamlar dasturilamal deb bilishlari kerak bo’lgan, shahar uchun zarur narsalar -zakot, xiroj, juzya kabi soliqlarni solish tartiblari haqidagi fikr to’g’risida gapiradi. Soliqlar har xil bo’ladi va ular qonun chiqaruvchi bosh qotirishi kerak bo’lgan narsalar qatoriga kiradi.
Qonun chiqaruvchining hayot tarzi shahar aholisining hayot tarzi va ularning qonunlariga zid bo’lmasligi kerak.
Aflotun jinoyatlar va jazolar haqida gapirar ekan, jinoyatlar ikki xil bo’ladi, deydi. Ulardan birinchisi qonunga bo’ysunmaslik, boshqasi esa qonun ma'qul ko’rmagan ishiarni qilishdir. Agar jinoyat fuqaro tomonidan qilingan bo’lsa, u holda hokim qonun tomonidan ko’zda tutilgan jazoni qo’llaydi. Eng katta jinoyat -- rahbar shaxs tomonidan qilingan jinoyatdir. Bunday holatda boshqa hokimlar uni tarbiyalash va unga ta'sir o’tkazish choralarini ko’rishlari kerak. Agar bunga e'tibor berilmasa, bunday jinoyatlar shahar illatlarining ko’payishiga va shaharning inqiroziga sabab boladi.
87
Do'stlaringiz bilan baham: |