Fozil odamlar shahri. Nodir va dono fikrlar. T.: O'zbekiston



Download 2,02 Mb.
bet43/75
Sana01.06.2022
Hajmi2,02 Mb.
#624043
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   75
Bog'liq
fozil odamlar shahri

ABU NASR FOROBIY
oddiy kunlari ham shug’ullanib turishlari zarurligini va bu tadbirlar, toki yoshlar bayram musobaqalaridan olgan huzurlarini, qonunga xilof narsalardan olgan huzurlaridan afzal ko’radigan bo’lgunlaricha davom etishi kerakligini uqtiradi. Sohibi qonun bu g’oyani, ayniqsa, huzurlarga taalluqli g’oyani yaxshi esda tutishi kerak. Uning (huzur, ko’ngilxushlikning) foydasi qancha ko’p bo’lsa, zarari ham behad ko’p. Aflotun bu haqda batafsil gapiradi, so’ng yoshlarning oqilona, xayrli ishlariga to’xtaladi. U, xayrli ishlarning yurakka qanday jo bo’lishi hamda qonundan tashqari ko’ngilxushliklarning illatli ekanligi haqida so’zlaydi. Sohibi qonunning eng asosiy vazifalaridan biri yuqorida eslatilgan qonunlarga katta ahamiyat berishdir.
Aflotun, bu sohadagi qiyinchiliklar, ya'ni bu marosimlarni himoya va nazorat qilish haqida eslatadi. o’smiiiar va yomon niyatli odamlar faqat tashqi go’zallikka oshiqdirlar, shuning uchun ularning bunday xohishlarini ta'qiqlashda hokimlar qiyin ahvolda qoladilar. Bunday o’smirlar to bir baloga uchramagunlaricha shunday qilaveradilar, oxir-oqibatda bu ahvol shaharni noxush falokatga olib ke!adi. Sohibi qonun bunday masalalarga doimo e'tibor berib turishi, ularni nazarda tutishi zarur. Shu qatori sohibi qonun, hunarmandlar, dehqonlar, chekka joylarda yashovchilarning gunoh ishlariga tegishli masalalarga ham e'tibor berishi, ularni to’g’ri yo’lga soluvchi qonunlarni ishlab chiqishi kerak bo’ladi. Nihoyat, sohibi qonun, tavof qilinadigan yerlar, ibodatxonalarga katta e'tibor berishi kerak, toki ular nurab, buzilib ketmasin, ularning yomon ahvolga kelshi shahar aholisining yuraklarining, hamda shahar ishlariga mutasaddi odamlarning qalblarining buzilishi, qabihlashishiga olib keladi.
Odamlar hokimlar ko’rsatgan to’g’ri yo’ldan borishlari va qonunlarining tuzilishi hamda mohiyati ularda g’azab uyg’otmasligi uchun sohibi qonuniar hokimlarni kishilarni boshqarishga o’rgatishlari lozim. Aflotun, ozod tug’ilganlar va qullar, asir, asiralar hayotidan misollar keltiradi, odamlar orasidagi munosabatlarga tegishli nuqtalarda u johil va razil odamlarni nazarda tutadi. U, bitta rahbar yoki boshqaruvchi hamma yozilmagan odatlar, qonunlar va an'anaiarning talab-
92
AFLOTUN QONUNLARI MOHIYATI
ehtiyojlarini bilishi mumkin emasligini ta'kldlaydi, chunki u, bir guruh odamlar yoxud o’z mamlakatini boshqarishga mohir bo’lishi mumkin, ammo unga boshqa xalqni, masalan uncha ko’pchilik bo’lmagan xalqni boshqarish topshirilsa, bu ishning uddasidan chiqolmaydi, negaki, ulardagi mavjud talablarni, qonunlarni va ularning urflarini bilmaydi. Aflotun, dengiz davlat!ari va quruqlikdagi davlatlarning hokimlari haqida ko’p misol keltiradi.
Aflotun o’g’rilik masalasini va mulk orttirish masalalarini ko’rib chiqadi. Mulk orttirishda uncha xavf yo’q, ammo uni ehtiyot qilib saqlash mumkin emas. Agar, boshqa birovlar hisobiga mulk orttirganlar jazolanmasalar, u holda shahar aholisidan insof va shuhrat yo’qoladi. Mulkni ehtiyot qilib saqlab o’z ehtiyojiga ishlatsa, bu yomon ish hisoblanmaydi. Yuqorida aytilganday, birovning mulkini olib o’z mulkini ko’paytirganlarni, biror qimmatga ega narsani o’g’irlagan o’g’rilarni jazolaganday jazolamaydilar (ularning jinoyati barobar emasligi uchun bo’lsa kerak — tarjimon.) Aflotun uzum va boshqa mevalar bilan bog’liq misollar keltiradi.
Aflotun turli san'atlar (hunarlar) haqida gapiradi va ularning har biridan shu shaharga mansub bo’lgan sarfatlarga muvofiq ravishda foydalanish zarurligini tushuntiradi. Kimki ermak uchun va o’yin uchun yoki zaruratdan emas, takabburlikdan yoxud xuddi shu san'at bilan shug’ullanishga kuchi yetmaganlikdan yo boshqa biror sabab bilan shug’ullanayotgan san'atini o’zgartirsa, shahar rahbari unga bu ishni man etishi kerak, zaruriyat bo’lsa jazolashi darkor, chunki bu san'atdan bekordan-bekorga boshqa ishga o’tish, davlat tuzimiga chalkashlik va turli illatlar kirib qolishiga kuchli sabab bo’ladi. Aflotun bu g’oya to’g’risida va bunday hodisalar tufayli bo’ladigan zararning tovoni haqida juda ko’p gapiradi.
So’ngra Aflotun, shahar aholisiga zarur bo’lgan oziq-ovqatlar to’g’risida gapirib o’tadi. Shaharning hokimlari ovqat masalasini boshqarib turishlari, sohibi qonunlar esa bu ishga bee'tibor bo’lmasliklari kerak. Aksincha, ular shahar aholisini, shu qatori qullar va hayvonlarni oziq-ovqat bilan ta'minlash bo’yicha, so’ngra shaharliklar bir-birlariga beradigan hadyalar, sovg’alar to’g’risida qafiy qonunlarjoriy
93


Download 2,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish