ABU NASR FOROBIY
etishlari kerak, deydi. Aflotun xudolarga sig’iniladigan joylarni, shahar aholisi o’z manfaatlariga taalluqli masalalarni hal etish uchun yig’iladigan saroy, koshonalarni tasvirlaydi. Shunday joylardan biri bozorlardir. Sohibi qonunlar va shahar hokimlari bularning hammasini hisobga olishlari zarur.
Aflotun oldi-sotdi masalalarini ko’rib chiqadi. Shu qatori odamlarga zarur bo’lgan asbob-uskuna bilan ta'minlash, qadamjolar, ibodatxonalar, koshonalar, urush haqida, so’ngra, shartnomalar tuzish, chegaralar, dinlarga mansublik va dinlar haqida yozadi. Sohibi qonun bularning hammasi haqida jon kuydirishi, o’ylashi zarur. Aflotun bu narsalarni kitobning ushbu bo’limi oxirida eslatib o’tadi.
TO’QQIZINCHI BO’LIM
Bunda Aflotun qonunlarning asosiy qoidaJari va sohibi qonun bu ishning hech bir tomoniga befarq qaramasligi, ularga rioya qilinishiga g’amxo’rlik qilishi zarurligi haqida gapiradi.
Keyin Aflotun qonunni va uning asosiy qismini takomillashtirish lozimligini aytib o’tadi. Ushbu shahar aholisining eng yaxshi qonunlarga yanada sidqidildan bo’ysunishlari uchun o’z ruhlarini tarbiyalashlari zarurligini ta'kidlaydi, chunki erkin bo’lib tug’ilgan (odam) ularga (qonunlarga) ixtiyoriy ravishda, qul esa buyurilgandagina bo’ysunadi. Yaxshi fazilatlarga ega bo’lgan shahar aholisi eng baxtiyor odamlar bo’lishlarini hamda qonunlarga ixtiyoriy bo’ysunishlarini ta'minlash uchun qonunlarni tako-millashtirish va ulardagi qoidalarni mustahkamlashni rag’batlantirish kerak. Aflotun muqaddas uylar va ehromlarni ziyorat qilish hamda do’stlik eng oliy fazilatlardan biri ekanligi haqida misollar keltiradi. Ibodat qilinadigan uylarni e'zozlamaydigan johil odamlarga qanday munosabatda bo’lish zarurligi haqida eslatadi.
Aflotun ota-onalari va hokimlarini mensimaydiganlarni jinoyatchilarday jazolash zarur, deb hisoblaydi. Hokimiyat vakillari bunday ishlarni o’z zimmalariga olib, jinoyatchilarni
94
AFLOTUN QONUNLARI MOHIYATI
ularning jinoyatlariga qarab-tayoq bilan urib, jarima solib, qatl etib jazolashlari kerak, deb hisoblaydi. Agar (jinoyatchi) jazoga norozi bo’lsa va uning ijro etilishiga qarshilik qilsa, bu bilan qonunlarga tashqi dushmanga qaraganda ko’proq zarar keltiradi, deydi u.
Keyin meros masalasi ko’rib chiqiladi. Agar shaharda katta avlodga mansub, foydali ishlar bilan mashg’ul bo’lgan biror pokdomon shaxs bo’lsa, uning ishi davom ettirilishi zarur, biror amal sohibi vafot etsa, uning o’rniga boshqa bir odam o’tirishi kerak. Aflotun jazolar va pul jarimalari masalasini qisqacha bayon qiladi. o’g’rilik haqida misol keltiradi. Agar o’g’ri o’g’rilaganini ikki baravar ko’p qilib qaytarib bersa va tavba qilsa, u holda jazo, qamoqqa solishdan boshqa bir yengilroq jazoga almashtiriladi yoki bekor qilinishi darkor. Aflotun, agar odamlar oliy fazilatlarga ega bo’lsalar, u holda ular qonunlarga hech muhtoj emaslar va juda baxtiyorlar, deb tushuntiradi. U, shahar aholisi qadimgi qonunlardan ba'zi bir o’gitlarni topishlari haqida eslatadi. Bu o’gitlar, sohibi qonunlarga kamdan-kam ehtiyoj tug’dirgani holda, ularga axloqni tuzatish borasida anchagina foyda keltiradi. Aflotun yana she'riyatda aks etgan yozilmagan urf-odatlar va umumiy qonunlar haqida ham eslatib o’tadi.
Aflotun, xohlab va bilib turib qilingan yovuzlik, hamda odat bo’lib qolgan va tushunmay qilingan yovuzlik, qonunlar nuqtai nazaridan bir xilda yomon, ular shahar ishlariga zarar keltiradi va buzadi, deb hisoblaydi. Aflotun (yovuzlik qilingani uchun) beriladigan jazolar haqida gapiradi, so’ngra u shahar aholisining bir-biriga bilib turib yoki nogahon, bilmay turib keltiradigan zararlari haqida fikr yuritadi. U, o’zlarida malum bo’lgan (davlatni, shaharni) boshqarish shakllari, adolat va olijanoblik va shularga o’xshash boshqa fazilatlar, ularning bilib turib yoxud bilmay amalga oshirilishi haqida eslatadi.
Aflotun nihoyatda foydali bo’lgan bir fikrni tushuntirishga intiladi, bu -- adolatning go’zalligidir. Adolatning amalga oshirilishi va bu boradagi barcha qilinadigan ishlar go’zalmi yoki yo’qmi? Aflotun o’ch olish va jinoyatchini jazolashda adolatning mohiyatini tahlil qiladi. Agar qatl etish, urish,
95
Do'stlaringiz bilan baham: |