ABU NASR FOROBIY _________________________________
jarima solish kabi xatti-harakatlarning o’zi ayrim olinsa, ular umuman go’zal emas. Aflotun bunga misol keitirib aytadiki, ibodatxonalardan biriga o’g’rilikka tushgan odam yo kaltaklanadi yoki qatl etiladi.
Aflotun quyidagilarni tushuntirishni o’ziga maqsad qilib qo’yadi: qonunlar tufayli tarbiya topadigan, ulardan boshqa hech narsani bilmaydigan, faqat qonun yo’riqlarini bajarib, unga xilof ish qilmaydigan, tahsinga loyiq odam bormi yoki yo’qmi? Bu borada u odamlar orasida saqlanib keiayotgan ulkan qarama-qarshiliklar bodigini aytib o’tadi. Kcyin u idrok qilib, bilib turib emas, bilmasdan jinoyat qiigan shaxsni jazolash kerakmi yo’qmi, degan masala haqida gapiradi, chunki, u odam baribir qachondir, ertami-kech jazosini oladi-ku! Agar odam fahm va farosat quvvatiga ega bo’lsa, illatlar keltiradigan ishlardan o’zini tiyadi, agarda u o’z insoniy ruhiyatini mensimasa, u holda tabiatan illatli bo’lgan ishlarni qilishgacha boradi, erta yo kech u o’z qiimishlarining jazosini tortadi. So’ngra Aflotun jazolar haqida gapiradi va o’z zamonasida ma'lum bo’Igan jinoyatlarga ko’ra jazolarni darajalarga bo’lib chiqadi.
"Muallim as-soniy" o’zigacha yetib kelgan kitob bo’yicha ushbu mavzuni yoritdi. Bu kitobni diqqat bilan o’rganib, fikr yuritganimizdan so’ng, biz hakim (Aflotun) yozilmagan qonunlarning ma'nosini tushuntirib berishni o’ziga maqsad qilib qo’ygan, deb xulosa chiqardik, Kitobda bildiriSgan fikrlardan go’zal va nozik ma'nolar qimmarbaho g’oyalar durdonasini topdik bu ma'nolar va g’oyalar ikki marotaba foydali bo’ldi, chunki u (Aflotun) o’z oldiga qo’ygan maqsad bizning ham maqsadiraiz bo’lib chiqdi. Bu kitobdan qo’lyozmalarning biz tayyorlamagan bo’limlari tushib qoldi. Bu kitobning bo’limlar soni (har xil nusxalarda — tarjimon.) har v-\l. Birovlar o’nta (bo’lim) bor desa, boshqalar o’n to’rtta, deb ta'kidlaydilar. Qo’limizda faqat bayon qilib o’tilgan bo’limlargina bor.
96
ARASTU FALSAFASI
(Falsafatu Aristutolis)
BIRINCHI BO’LIM
Arastu inson barkamolligini xuddi Aflotunga o’xshab, ba'zan esa kengroq ham tahlil etadi. Ammo Arastu o’zi tushuntira olmaganida, yoki o’z mulohazalarini ilmi yaqiniyaga erishishga molik bo’luvchi dalillar yordamida osonlashtira olmaganida, Aflotun (odatda) boshlaydigan hollardan eraas, balki ulardan avvalgilaridan boshlash zarur, deb hisoblaydi. Shuning uchun Arastu, orzu qilinadigan bo’lib ko’ringan va vaqt nuqtai nazaridan boshqa istaklardan ustun turuvchi ezgulik deb bilinadigan va intilinadigan, (odamlarning) maqsadlari to’rtta, deb tushuntiradi, bular: tan sog’lomligi, tuyg’ular (a'zolarning) sog’lomligi, turli narsalarni idrok etishga bo’lgan qobiliyat sog’lomligi (bu qobiliyat borligi uchun ana shu sog’lomlik ham bo’ladi), intilishga bo’lgan qobiliyat sog’lomligi (bu qobiliyat borligi uchun ana shu sog’lomlik ham bo’ladi). Bularning (hammasini) bilmoqlik zaruriy, foydali bilimdir. Zaruriy foydali va faol intilish-bu avvalan shunday intilishki, unda o’sha intilish boshqa birovning intilishi bilan qo’shilib mazkur odam uchun bo’ladi yoxud (o’sha intilish) mazkur odamdagi intilish bilan qo’shilib boshqa birov uchun bo’ladi va bu intilish biror harakat yoki mulohaza bo’ladimi yo’qmi farqi yo’q. Agar intilish harakatning o’zi bo’lsa, u holda u dastlabki (birinchi) va foydali (intilish) bo’ladi. Agar intilish mulohaza bo’lsa, u holda mulohaza sifatida foydali bo’ladi^ Arastu aytadiki, ushbu to’rtta intilinadigan maqsadlar inson salomatligining eng olijanob holatlaridir va ular shu bilan birga o’zgarib ham turadilar. (buzilish yoki barkamollik taraflariga).
97
7-A-6020
Do'stlaringiz bilan baham: |