ABU NASR FOROBIY___________________________________
U yana, izlanilayotganda bn moddalarning qaysi xillari va ilmi yaqiniyaning qaysi xillari borligini va zaruriy mavjud narsalarning biror xilida ilm al-yaqiniyaning har qanday xili bo’lishi mumkin emasligini aytib o’tadi. Agar narsaning mavjudligi asos va sababalrga ega bo’lmasa, bu narsaning nega mavjud ekanligi haqida ilm al-yaqiniyaga erishib bo’lmaydi, ammo narsaning mavjudligi bor ekan, ilm-al-yaqiniyaga
yetishsa bo’ladi.
Arastu, ilm al-yaqiniyani o’ziga jo etgan^bu moddalar va mavjud narsalarni o’rganuvchi san'atning mohiyati, nimalardan iboratligini tushuntiradi. U, ilmi yaqiniyaga erishishga imkoniyat bermaydigan, mavjud narsalarni o’zida jo etgan zaruriy muqaddimotlar bilan, zaruriy va imkoniy (ehtimoliy) muqaddimtolarni bartaraf etishga vosita bo’lgan moddalardan foydalanib, ularni (raoddalarni) tahlil etuvchi san'atlarning o’rtasidagi farqni ko’rsatadi. Arastu bu san'atni "falsafa" deb ataydi=A
Arastu, falsafa deb ataluvchi bu san'atdan tashqari boshqa san'atlar ham bor va har bir shu san'atga (falsafaga) taqlid etuvchi, hamda bilimlarni, amallarni chuqur o’rganishni qabul etgan boshqa san'at ham falsafa sarfatiga^o’xshashligi tufayli falsafa deyiladi, deb tushuntiradi. Bu xuddi farishta ismli odam, yoki fazilatli odam o’z xatti-harakatlari bilan farishtaga yoxud fazilatli odamga o’xshashni istaganiga o’xshaydi. Insonning o’z zotiga (mohiyatiga) va faoliyatiga bo’lgan munosabati, fazilatning o’z asl mohiyatiga va amallariga (faoliyatiga) munosabati sifatida ko’rilgani uchun o’z nomi bilan ataladi. Shunga o’xshab, boshqa san'atlar orasida falsafa ham o’z nomi bilan ataladi, chunki u, shu san'atga o’xshashligi nuqtai nazaridan va uning haqida shu san'at sifatida qanday fikrda bo’linsa o’sha darajada ataladi. Jv^
Arastu, bu san'atning qancha bo’lim va xillari borligini, har bir xili nimalardan iboratligini, ularning mohiyatini, uning har bir xili moddalar va mavjud narsalarning qaysi xillarini o’rganadi, u bilan (falsafa bilan) maxsus bog’liq izlaniladiganlari maqsadlari qanday, uning muqaddimotlari qanday, izlaniladiganlari va undagi muqaddimoti avvallari qanday bo’lishi kerak edi, bu san'atning har bir xilidan
___________________________________ARASTU FALSAFASI
paydo bo’luvchi izlaniladiganni tadqiq etishning qanday usullari bor, degan masalalarni tushuntiradi. Har bir nazariy san'atga u bilan maxsus bog’langan mavzuda, izlaniladigan maqsadlar va muqaddimoti avval mos keladi. Bularni u "falsafa" deb ataluvchi nazariy san'atlarning har biri misolida tushuntiradi.
Arastu, nazariy san'atlarning barcha xillarini qanday tartibda bo’lishini, ularning o’xshash va farq qiluvchi tomonlarini, ulardan, qaysi biri ko’proq, qaysi biri kamroq rivojlanganini, qaysilari boshqalaridan pastroqda turishini tahlil etadi. Ular orasida boshqalariga qaraganda ko’proq rivoj topgan san'at bormi yoki yo’q ekanligini ko’rib chiqadi. U, bir san'at boshqasidan qanchalik quyi turishini tushuntiradi. U yana, ko’proq rivojlangan deb oldin aytilgan san'at "falsafa" va "bilim", "ilm" degan unvonga eng loyiq san'at ekanligini aytadi. Uni odatda mutloq ma'noda "falsafa" va "bilim" deb ataydilar, yoki yana "falsafalar faslsafasi", "bilimlar bilimi" ham deydilar.
So’ngra u, san'atda izlaniladiganini topish uchun muqaddimoti avvaldan qanday foydalanishni tushuntiradi.
Arastu, nazariy suhbat-bahs (xivarun nazariyyun) qanday o’tkazilishini, uning qancha xillari borligini, suhbat-bahs xillarining nazariy san'atlarning biror xiliga xos har biridan qanday foydalanish zarurligini, o’qitish-ta'lim berishning o’zi nimadan iborat, uning qancha xillari borligini, o’qitish nima bilan bog’liq, o’qitishning qaysi xili nazariy san'atlarning qaysi xiliga bevosita taalluqli ekanligini tushuntiradi.
Arastu, ushbu san'atga qobiliyat kasb etish uchun inson o’qish-o’rganish jarayonida o’zini qanday tutishi kerakligini tushuntiradi. Bu san'atni egallash yoki bu san'atga malaka hosil qilish uchun inson qanday tabiiy ruhiy qobiliyatga *ega bo’lishi kerak? Tabiatdan olinadigan ruhiy qobiliyatlar o’zi qancha? Kimda-kim tabiat ato qilgan ushbu qobiliyatlarga ega bo’lmasa, u ushbu san'at bilan shug’ullanaolmaydi, chunki bu san'at bilan shug’ullanishning o’zi uning barcha usullarini egallashga qobiliyat bermaydi. Agar haqiqatan ham shunday bo’lsa, u holda san'at bilan birgalikda inson holatini yaxshilaydigan narsalarni, uning irodaga asoslangan tabiatan
112
-A-6020
113
Do'stlaringiz bilan baham: |