ABU NASR FOROBIY
tahlil etish kerak bo’ladi. Demak, agar insonga niyat va erkin tanlov orqali taalluqli bo’lgan yoki ular (niyat va erkin tanlov) ning ikkisining hosilasini aniqlash mumkin bo’lmasa, u holda dastlab insonga tabiatan xos fazilat tahlil etiladi. Inson yetishishi zarur bo’lgan va o’zi uchun uni bilishi shart deb qabul qilingan bilimni ilm al-yaqiniya (ishonch ilmi) deyiladi. Insonga tabiatan va niyat orqali mansub narsalarni, ilm al-yaqiniya tadqiq etganlarning barchasini inson dasturularaal etishi kerak bo’ladi./
Shunday qilib^Arastuning fikricha, inson avvalo ilm al-yaqiniyani, bu ilmning salmoq jihatidan qanchaligini, qanday xillari borligini, qanday mavzularni o’rganishini, uning izlanayotgan maqsadlar bilan qanday qilib va nimalar tufayli munosabati borligini bilib olish kerak. Qayerda va qanday qilib va nimadan ular paydo bo’ladi? Ilm al-yaqiniyani tadqiq etish paytida qanday to’siqlar, qarshiliklar bo’lishi mumkin, bu qarshiliklarning o’zi nimalardan iborat? Ilm al-yaqiniyani o’rganishning qanday shakllari bor, uni o’qitadiganlar bu shakllarning qaysi biridan foydalanadilar, haqiqiy, ishonchlilikning qaysi daraja va turkumlari ishlatiladi, e'tiqod, ishontirishning hamda tasavvurning shakllaridan o’qitish davrida foydalaniladimi? Ilm al-yaqiniyani o’rganish va uni idrok etish qobiliyatini baxsh etuvchi san'at, qanday san'at, u nimalardan iborat, bu san'atlarning qancha turlari bor, ularning har biri o’zi qanday? o’rganishning boshqa hamma turlari bo’yicha qobiliyat beruvchi san'at nimalardan iborat?
So’ngra Arastu, turli turkum, darajadagi odamlami qanday, nimalarga, bilimlarning qaysi turlariga o’rgatish zarurligini tushuntiradi, toki har bir inson o’zi intilayotgan maqsadni yaxshi tasavvur etsin, ko’r-ko’rona jaholatda qolmay shu bilimni o’ziga rahnamo, dastur qilib olsin. v
Keyin u, bahslardan kelib chiqadigan sofizmlar nimaligini, ular nimalar bilan uzviy bog’liqligini, qancha turlari borligini, qandayliklarini tushuntiradi. Turli sofizmlar ta'sirida bo’lgan insonning yomon xislatlari va holatlari haqida misollar keltiradi, sofizmlarning qaysi turlari qanday xislatlar tug’dirishini ko’rib chiqadi. Keyin u, bu xislatlar va holatlar
108
_________________________________ARASTU FALSAFASI
beshta ekanligini aytadi, Ulardan qaysi tarafdan ogoh bo’lish zarurligini tushuntiradi.
Faqatgina "as-sana'yi mantiqiya" ("mantiq sarfatigina") sofizmlardan saqlaydi, u ruhning oqil qismini to’g’rilaydi, ruhni ilmi yaqiniya va fanlarni o’rganish, tadqiq etishning foydali jihatlari tomon yo’llaydi. Bu san'at vositasida ruhning oqil qismi, o’qitish silsilasida nutq va suhbatlardan qanday foydalanishini, bahslar qanday qilib sofizmlarni keltirib chiqarishini biladi, ularning biridan foydalanib, biridan ogoh bo’lmoq uchun bilib oladi.
Arastuning fikricha, ko’pdan-ko’p fanlar orasida bir turi (Forobiy turni al-jins deydi) borki, u uch xilda namoyon bo’ladi, ular "mantiq san'ati", "tabiat haqidagi fan" fizika va "niyatlar haqidagi fan"lardir. Mantiq san'ati bu ikki fandan oldinroq, yuqoriroq turadi va bu ikki fanga erishgan har bir kimsani mantiq san'ati sinovdan o’tkazadi, bu ikki fan, ya'ni-tabiat haqidagi fan fizika va niyatlar haqidagi fanlarga kelsak, ular mavjud bo’lgan, o’z jinslari ila bir xil narsalarni qamraydi, mantiq fani esa, avvalo fizika va niyatlar haqidagi fanlar qamrab olgan narsalar to’g’risida bilim berishga intiladi. / Modda materiya va mavjud ashyolar bu uchta fan nuqtai nazaridan bir jinsdagi narsalardir, degan fikr bor. Mantiq fani bu ikki fandan peshvoroq bo’lganidan, bu uch fanga mansub mavjud narsalarni birinchi bo’lib tekshiradi, hisobini oladi. Bu uch fan tabiatan barcha mavjud narsalarni va niyat bo’yicha barcha mavjud narsalarni o’rganadilar. Tabiatan mavjud narsa, tabiiy narsalarni o’rganuvchi fanga taalluqli bo’ladi. Mavjudligi faqat niyatga bog’liq narsalar, niyatlar haqidagi fan tasarrufiga kiradi. Agar ular birlashgan bo’lib, ularga tabiatan va niyat tufayli erishilsa, bu ikkala fanga taalluqli bo’ladilar...
Shuning uchun Arastu, rnuqaddimot beruvchi narsalarning jins turlarining izlanadigan maqsadlari bor va ularni tadqiq etadilar, ularga ko’pchilikka ma'lum so’zlar ishora qiladilar, deb hisoblaydi. Bu narsalarning haqiqatan mavjudligiga his-tuyg’u (shu'ur) shahodat beradi, har bir aqlan idrok etiladigan mohiyat esa, his-tuyg’u ila o’zlashtiriladigan narsa hisoblanadi.
109
Do'stlaringiz bilan baham: |