Fozil odamlar shahri. Nodir va dono fikrlar. T.: O'zbekiston



Download 2,02 Mb.
bet59/75
Sana01.06.2022
Hajmi2,02 Mb.
#624043
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   75
Bog'liq
fozil odamlar shahri

ABU NASR FOROBIY
qancha, qanday, yoki "o’zi nimaligidan" boshqa bir holat haqida xabardor etadi. Ushbu narsa haqida va o’sha ma'lumotlar haqida biz ularni haqiqatan ham javhardir deb aytamiz, chunki ular "nimaligi haqida" axborot beradi va ular oraz (aksidensiya)dirlar, negaki o’zlari haqida "nimalik"dan tashqari, boshqa aniqlovchilarni ma'lum qiladilar.
Agar yuqorida aytib o’tilgan narsa tuyg’u ila idrok etiJadigan narsa bo’lsa va ko’pgina ma'qulotlarga ega bo’lsa, ular orasida ushbu tuyg’u ila idrok etiladigan narsaning "nimalikligi" haqida ma'lumot beradigan ma'qulot bor bo’lsa va agar bizga boshqa bir narsa haqida hech narsa — na uning qanchaligi (miqdor hisobida), uriing o’zi va holati qandayliklari -- ma'lum I bo’lmasa, u holda biz shu narsani so’zning tom ma'nosi ila javhar deb atagan bo’lur edik, ammo aslo biron-bir narsaning javhari va boshqa narsaning orazi bo’Iish uchun qabul qilingan javhar, deb atalmas edi. Modomiki, shunday ekan, biz barcha tabiatan ma'qulotlarni so’zning tom ma'nosidagi javhar deb ataymiz. Unga tabiatan taalluqli bo’lmagan barcha narsalar esa, mutlaq javhar deb ataluvchi narsaning, tabiatiga muzof munosabatdor bo’lgan orazi (aksidensiyasi) deb ataladi. Va nihoyat, muzofiy javhar deganimizni, agarda u bizga narsaning "nimaligi" haqida malumot bersa, haqiqatan ham, ushbu javharga bo’lgan o’xshashlik ulushiga ko’ra uning javhari deb ataymiz. Mutlaq ma'nodagi javhardan boshqa javhar mavjud eraas. Boshqa hammasi umumiy nom bilan "javhardagi orzular" deb ataladi.
So’ngra Arastu ushbu holni, avvallari mantiqda qo’llanilgan da'vo bilan quvvatlaydi: javhardagi mavjud orazlarning, javhardagi mohiyati "nimalikni" oraz yordamida aniqlovchilari ham bo’ladi. Zotiy, ya'ni aynan narsaga kelsak, undan birinchi tartibdagi "nimalik" kelib chiqadi. Ushbu javhar shunday javhardirki, uni orazdan na his-sezgi va na fikr bilan ajratib bo’ladi. Ammo aqi, har holda javharni orazdan va orazlarni bir-birlaridan, ular javharga xos ekanliklari uchun emas, balki faqat birgina javharni idrok etish orqaligina ajratib olishi mumkin. Uning rnavjudligi his-tuyg’ularimiz va o’zimizning shaxsan bu narsalardan foydalanishimiz orqali tasdiqlanadi, chunki bizga insoniy barcha narsalar xosdir.


124
ARASTU FALSAFASI
Arastu bu narsalarda, bizda birinchi javhar kabi qabul qilinganni nazarda tutadi. Borligi inson irodasidan tashqari mavjud bo’lganni u tabiatan mavjud narsalar deb ataydi. Inson irodasidan tashqari mavjud bo’lgan ushbu javharning har bir xiliga bir javhar xosdir va u tufayli javhar o’z asosiga ega bo’ladi hamda u tufayli javhar mohiyati uning barcha xillaridan (sinflaridan) ajralib turadi. o’z-o’zidan javhar bo’lgan ushbu har bir sinfning mohiyatini u javharning "tabiatan xislati", deb ataydi. Mohiyatlarning ushbu farqlanishlari javharlarning tabiatan xislatlari bilan aniqlanadi deb tushuntiradi. Har bir xilning mohiyati shundayki, shu xil narsaning o’z-o’zidan kelib chiqqan harakati ila unga ta'sir qilishi aniq ravshandir, shu xil narsada mavjud bo’lgan boshqa aynan zotiy orazlarning xoh harakat, xoh miqdor, xoh sifat, holat va boshqa orazlari mavjudligiga sabab bo’ladi. Masalan devorning mohiyati ustida shiftni tutib turishidir va u devorga taalluqli xislatlarni o’zlashtiradi. Chunki shu xil xislatlarga ega bo’lish uchun ham devordir. Tabiat tufayli mavjud javharlarning xillaridan har birini u "tabiatan javharlar" deb, ularning aynan (mohiyatli) orazlarini esa u "tabiatan orazlar" deb ataydi. Arastu o’z oldiga maqsadni qo’ygach, unga his-tuyg’u tufayli yetib borganday yetib bormadi va tug’ma odat tufayli ma'qulotlarni bilganday bilmadi, balki o’zi mantiqda eslatib o’tgan narsalarni tadqiq etish usuli tufayli muqaddimoti avvalni aniqlab, maqsadga erishdi.
TO’RTINCHI BO’LIM
Arastu bularning hamasini tushuntirmoqchi bo’lganida, u shuur uchun ravshan narsaning zidlari bo’lgan va amalda foydalanish ishida oqil hisoblaftgan narsaning ziddi bo’lgan mulohazalarga duchor bo’ladi. Ushbu mulohazaiar shundayki, ular mavjud narsalarning o’zgarishi va ularning farqlanishlarini shak-shubhaga qo’yadi. Ushbu mulohazaiar, mavjud narsalar orasidagi farqlar va o’zgarishlar, mavjud narsalarning mavjudligiga bog’liq bo’lmay, balki narsaning mavjudligidan tashqari bo’lgan boshqa bir narsaga bog’liq ekanligini ko’rsatadi. Ushbu boshqa bir narsaning o’zi nima? U mavjudlik mahrum bo’lgani uchun shunday holatga keladi.
125


Download 2,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish