Fozil odamlar shahri. Nodir va dono fikrlar. T.: O'zbekiston



Download 2,02 Mb.
bet57/75
Sana01.06.2022
Hajmi2,02 Mb.
#624043
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   75
Bog'liq
fozil odamlar shahri

ABU NASR FOROBIY
haqiqatning bir quroli, xizmatkori bo’lgani hamda ilmi yaqiniyaning quroli va xizmatkori bo’lgani uchun ham foydalidir.
Shunday qilib, Arastu ilm al-yaqiniya bilan bog’liq masalalar majmuasini bayon qiladi, unga (ilm al-yaqiniyaga) olib boruvchi yo’lni ko’rsatadi, ilmi yaqiniyaga erishishga mone bo’lgan narsalar to’g’risida so’z yuritib ogohlantiradi.
IKKINCHI BO’LIM
Arastu ilm-al-yaqiniya masalalarmi tugatganidan so’ng u, ilm al-yaqiniyaga erishish uchun mantiq ilmidan foydalanmaydiganlarni o’rgatishga insonni qodir etuvchi san'atlarning tahliliga o’tadi. Ular ikki guruhga bo’linadilar. Birinchisiga tabiatan alohida qobiiiyatlari bo’lmaganlar kiradilar. Ikkinchi guruhga xuddi shunday tabiatan alohida qobiliyatga ega bo’lmagan, ammo betinim mashg’ulotlar orqali o’z say'i-harakatlari bilan ilm al-yaqiniyga yetishishga intiluvchilar kiradilar. Arastu, insoniy maqsadga, shu maqsadni mukammal biluvchi, bu maqsadga erishsa, u bilan nimalar sodir bo’lishini tasavvur qiluvchi va ilm al-yaqiniyaga erishishga tabiatan tayyor odamlargina intilishlari zarur, deb hisoblaydi. Ammo Arastu, bu maqsadga intiluvchi boshqalar ham, idrok etganlaricha shu maqsadga intilishlari (ya'ni maqsadni o’zlari ham idrok etib, shunga yarasha intilishlari zarur degan g’oya ilgari surilayotgan ko’rinadi), ular mavjud narsalar haqida ilm-al-yaqiniyaga erishishning o’z usullari bo’lgan odamlardan o’qish jarayonida olgan bilimlari bilan chegaralanib qolmasliklari kerak, deb hisoblaydi.«
Arastu, barcha nazariy va amaliy narsalaiga xalqni ishontirish mumkin bo’lgan san'at haqida hikoya qiladi. Xaloyiq, odatda, umuminsoniy munosabatlarni o’zida aks ettirgan ayrim hollar bilan qanoat hosil qiladi. Ular shunday narsalarki, ular tufayli, odam yaratilishining boisi bo’lmish maqsadga intilishda odamlar orasida o’zaro yordam mavjuddir. f
U, nazariy san'atlar yordamida idrok etiluvchi hollarni inson xayolan tasavvur etishiga ko’mak beruvchi san'at haqida so’z yuritadi. Bu san'at yana mavjud ko’rgazma nusxa orqali
120
ARASTU FALSAFASI
taqlid etish va boshqa ayrim narsalarni tasavvur qilish va soxta tasvirlash qobiliyatini uyg’otadilar, bunda asosan mulohaza yordamida tasavvur va taqlid usullaridan foydalaniladi.
o’xshash narsa vositasida tasavvur va taqlid -- xalqni ko’pgina nazariy narsalarga o’rgatishdagi usullardan biridir. Oddiy xalq uchun narsalarni tabiiy nusxalari orqali xayolan tasavvur etish qiyinligidan, ular uni tasavvur etmay, o’sha narsa haqiqatan ularga qanday namoyori bo’lsa, shunday tasavvur etadilar va idrok qiladilar. Agarda xayolan tasavvur etilayotgan narsaning mohiyati uning haqiqiy mavjudligi bo’yicha tushunilsa ham bu ish juda qiyinchilik bilan ro’y beradi, bunday fikr, bilish, idrok etish usuli faqatgina nazariy fanlarni bilgan odamlargagina taalluqli emas.
Inson, o’zi va ruhiyati orasidagi hamda o’zi va boshqa birov orasidagi mavjud narsani tadqiq etishda bor imkoniyatni ishlatib muntazam ravishda mashq qilib turishi kerak.
Buni u haqiqat vositalarini egallashda sabot bilan yo o’qitish va murabbiylik usullari yoki bahs va himoya usullari bilan amalga oshirishi zarur. Ushbu san'at tufayli erishilgan qobiliyat "mantiqiy qobiliyat" deb ataladi.
UCHINCHI BO’LIM
Bu masalalarni ko’rib chiqqach, Arastu tabiiy fan haqida gapiradi va "Kitob fi al-jadal" risolasida turlarini bayon etgani mavjud narsalarga qaytadi.
U, mavjud narsalarning borligiga his-sezgi shunday shahodat berishi mumkinki, ulardan hosil bo’lgan turlar (kategoriyalar) dan biz o’z ixtiyoriy irodalarimiz orqali biridan boshqasiga nisbatan foydalanamiz, ularning birlari boshqasi orqali bizga ma'lumot beradilar, ba'zilari boshqalari tufayli, yoki insonning o’zi va ruhiyati, yoxud boshqa birov bilan bahsi orqali idrok etiladi, deb hisoblaydi.
Tabiatan mavjud bo’lgan narsalarning borligi bizning idrok etish qobiliyatimizga bog’liq, deb hisoblash mumkin emas. Tabiatan mavjudlik-tabiiy sifat va mohiyatlardir. Bu-ularning biz idrok qiladigan va his etadigan belgisidir. Biz tushunchalar
121


Download 2,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish