ABU NASR FOROBIY
ila to’ldirgan o’sha holat -- yo’riqlar mantiqiy holat -yo’riqlardir. Mantiq to’g’ri fikr yuritishga alohida qoidalar, usullar va yo’sinlar beradi, uning ixtiyorida mavhum tushunchalar bor, u insonni (uning aqlini) adashishlar va xatolardan ogohlantiradi, muhofaza qiladi.
Mavjud narsalar holatiga nisbatan his-sezgi shahodat beradigan narsa - beadadlik (ko’plik) dir. His-sezgi bilan biz biladigan beadadlik ikki xilga bo’linadi. Birinchi xiliga, beadadlikni turli holatlarda ajratish yordamida his-sezgi tomonidan erishiladigan narsalar kiradi, ya'ni bir xil narsalar boshqalaridan ayrim holat bilan farq qiladilar. Bu-ko’proq ma'lum bo’lgan, birinchi xil beadadliklardir. Ikkinchi xiliga bir narsa (buyum) dan va bir xildagi his-sezgi tufayli bilib oladiganimiz ko’p narsalar kiradi, ba'zan bu narsalar (buyumlar) bir-biriga zid bo’lmagan narsalar bo’lishi mumkin. Bunga ushbu misolni keltirsa bo’ladi: biz bir jismga qo'l tekkizib ko’rib, uning issiq, sovuq, qattiq, yumshoqligini bilamiz.
Ba'zan narsalar bir-birlariga zid bo’ladilar, masalan, issiq va sovuq, qattiq va yumshoq, dag’al va mayin kabi. Shunga o’xshash, ba'zan shuurimiz orqali bilganimiz mavjud sifatlar beadadligi farqli bo’ladi. Masalan, ushbu narsa issiq va oq. Ulardan birini quvvai lomisa (ushlab, qo'1 tekkizib sezish) tuyg’usi bilan boshqasini nigoh (ko’rish) orqali bilinadi. Shunga o’xshash, ushbu holat boshqa sezgi a'zolariga ham tegishli.
So’ngra Arastu, shuur orqali bilinadigan har bir narsa to’g’risida sezgidan olinadigan bilim darajasi haqida va ulardan birini boshqasidan farq etuvchi belgilar haqida gapiradi. Shuur, mavjud narsalarning hammasi yoki ko’pi o’zgarishi va bir joydan boshqa joyga o’tib turishi, bir holatdan boshqa holatga o’tishi haqida shahodat va bilim beradi. Masalan, oq narsa qanday qilib qora bo’lgani haqida.
Beadad ziddiyatlar bir-birlarini almashtirib turadilar. Ushbu tanovoblarda (almashinib turishlarda) bitta o’zgarmaydigan doimiy narsa bor. U, ushbu tanovoblarni saqlab turadi va ularga singib ketadi. Narsalar bir-birlariga ergashib va o’zgarib turganlari holida doimiy bo’lib keladigan narsa "javhar"
122
ARASTU FALSAFASI
("substansiya") deb ataladi, almashinib va o’zgarib turuvchi narsalar "oraz" ("aksidensiya") deyiladi.
Biz his-tuyg’u bilan biladigan va ular tasdiq etadigan narsalar tabiatan mavjud narsalardir. Mavjud narsalarning rutbalari (kategoriyalari)-xabardor etuvchi (narsalarga) kelsak, rutbalar bizga o’zga bir narsa haqida emas, faqat o’sha narsa haqida axborot beradi, ular bizga o’sha narsa qanchaligini (miqdor jihatidan), qandayligini bildiradi, yoki his-tuyg’u ila bilinayotgan narsaga nisbatan tashqarida bo’lgan boshqa narsa haqida axborot beradi. Bu holat, qachonki, birlaridan boshqalari orqali foydalanilsa, qachonki, birlari boshqalari orqali aniqlansa ro’y beradi.
Biz fikran tasavvur etadigan ma'qulot-aqlan tushunsa bo’ladigan mohiyatlar sifatlarining ko’pligi bilan ajralib turadi, bulardan his-tuyg’u ila bilinuvchi narsaga o’xshatib, ularni holatiga qarab xayolan tasavvur etiladiganlari mustasnodir. Bizning tasavvurimizda ma'qulotlar qanday holatda ekanliklarini sezganimizda, biz fikr qilgan beadadlikni xayolan tasavvur etamiz. Chunki biz ma'qulot deb xayolan tasavvur etadigan va sezadigan vohid (bir) narsa, biz beadad sifatida xayolan tasavvur etadigan va fikrlaydiganimiz, sifatlarning ko’pligidan tuyg’ular ila bilinadigan narsalarning beadadligiga o’xshamaguncha beadad (ko’plik) bo’lib qolaveradi. Chunki bir narsa to’g’risida, bir holatda u beadad sifatlar va mahmullar (predikat)ga ega, deb axborot berilsa, u holda o’sha narsaga shu sifatlardan har qanday bir sifat raansub, deb tushuniladi.
Shunday qilib, yuqorida aytib o’tilganidek, ushbu (odam) zayd, unga tiriklik, oqlik, (bo’yi) balandlik sifatlari xosligini ta'kidlab o’tsak bo’ladi. Biz zehnimiz bilan unga beadad mavjudlik (sifatlari) mansubligini tushunamiz.
Ammo biz, bir narsaning beadad ma'qulotlari bo’lmish beadad ashyolarning har qaysisi bergan axborotni farq etadigan bo’lsak, biz shu narsaning zehnini bilolgan taqdirimizda uning "nimalikligini" belgilovchisini aniqlay olaniiz. Shu, o’sha narsaning javhari — substansiya bo’ladi. Bu narsaning javhari (substansiyasi) deb ataganimiz o’zi haqida quyidagilarni bildiradi: "nimalik"ning o’zi nima, u o’zi
123
Do'stlaringiz bilan baham: |