ABU NASR FOROBIY_______________________________
bir xilliga esa sobiq (oldingi) narsadan juda kam xislatga ega bo’lgan jismlar kiradi, ular yangi jismlarning paydo bo’lishi uchun zarurdir.
Arastu avvalan, unsurlardan qismlari o’xshash jismlar paydo bo’lishini tadqiq etadi va ushbu masalalarni ko’rib chiqadi: bu qanday ro’y beradi, unsurning unsur ila qo’shilishi qanday kechadi., qo’shilgan unsurlardan qaysi biri ta'sir o’tkazuvchi-harakatdagi sabab (fo’il) vazifasini o’taydi, qaysi kuch vositasida unsurlarning qanchadir qismi hayuliy - birinchi modda vazifasini o’taydi? Qanday kuch tufayli unsurlarning qanchadir qismi juz'i fo’il bo’lib qoladi, yangi jismlarning paydo bo’lishi qanday xislatlarning aralashuvi natijasida ro’y beradi, Arastu xuddi shu tartibda yo’qolib ketish masalasini ko’rib chiqadi. Jismlarning paydo bo’lishida va yo’qolishida o’zgarishlarning qancha xillari bo’lishini va bu qaysi makonda ro’y berishini tushuntiradi. Uning fikricha, bu makon (joy) o’rtalik bo’lishi zarur, o’rtalik esa yerga, uning sathi va bag’riga tutash.
So’ngra Arastu, his etiluvchi sifatlarning tasnifiga o’tadi. Bu sifatlarning xislatlari shundan iboratki, ular qismlari (juz'i) o’xshash jismlarda va birinchi kuchlarga bo’ysungan aralash qismlarda bo’ladilar. Bu kuclilar vositasida bir unsurlar harakat paydo etadilar, boshqalari harakatlanadilar, uchinchilari harakat ta'siriga uchraydilar ya'ni harakatni qabul etadilar (ta'sirlanadilar). Bularning hammasi unsurlarning aralashuvlari va bir-birlariga o’tishlari sababli ro’y beradi. U, his etiluvchi sifatlarni ko’rib chiqadi. Bu sifatlarning aralash jismdagi mavjudligi unsurlarda bir bo’lgan harkatdagi kuchlarga bo’ysunadi. Bu kuchlarga esa, jismlarning loqayd (passiv-harakat ta'siriga uchraguvchi) bo’lib qolishlariga rag’bat beruvchi kuchlar ko’mak beradilar.
So’ngra Arastu, boshqa sezgi a'zolari ila his etiladigan o’zga sifat va qismlarni tadqiq etadi. Lekin, ba'zi unsurlar boshqalariga ta'sir etishlariga vosita boluvchi kuchlar o’xshash bo’lishlari uchun ular yetarli emas, degan ko’pgina fikrlar mavjuddir. Ya'ni, tashqi kuchlardan kelib chiquvchi yoki bilquvvat mavjud bo’lgan boshqa qandaydir kuchlarga ehtiyoj seziladi. Shuning uchun, bu holatlarni o’rganish tabiat
142
________________________________ARASTU FALSAFASI
haqidagi fanning (fizika) boshqa bo’limiga taalluqli deb hisoblaydilar. Fizikaning bu bo’limi basariy (ko’rish), samo’iy (eshitish) va boshqa his-tuyg’u a'zolarining mavzuiga taalluqli narsalarni tadqiq etadi, negaki, mavjud ranglar muhrlanib, qolishiga muxtojdirlar, tuyg’ular ila idrok etiluvchi narsalar, shu qatori his etiluvchi narsalar ham, shularga o’xshash kuchlarga muhtojdir.
Bularning hammasi yuqorida aytib o’tilgan "Fazoviy ramzlar" kitobida o’z ifodasini topgan.
So’ngra Arastu, jinsdosh narsalardan paydo bo’lgan, o’xshash qismlarga ega jismlarni ko’rib chiqadi. Ularga toshlar, hamda toshlar bilan jinsdosh toshli jismlar kiradi.
Arastu, yer (tuproq) qismlari, bu qismlarning xillari va ularning holatlarini, hamda mavjud bug’lanishlarning navlariga batafsil to’xtaladi. U, qaysinisi olovli, qaysinisi -- havoli, qaysinisi esa — suvli ekanligining farqini ko’rsatadi va ulardan nimalar yerdagi (tuproqdagi) beqiyos ko’p narsalar bilan allaqachon aralashib bo’lganini aytib o’tadi.
U, issiq bug’lanishlarni ko’rib chiqadi. Ushbu bug’lanishlarning ba'zi qismlari quruqlikka, ba'zilari namlikka, bir qismi ancha toza va nozik, boshqasi ancha tutunli bo’lishga moyil. Bug’lanish go’yoki tabiiy harorat bilan birlashadigan (narsa) bo’lib, u tufayli yer ostidagi va ustidagi jismlarning balog’ati mavjuddir. Bu jismlar suv va tuproqlarning yoki namlik va quruqlikning qorishmasidan iboratdir. Va ular o’zlariga ta'sirni qabul etuvchi moddalardir chunki, ularga harorat, va sovuqlik ta'sir o’tkazgan, o’z navbvtida bular harorat, sovuqlikka o’xshash qismlarga ega bo’lgan jismlarning, foillari ta'sir o’tkazuvchi sabablaridir. U yer osti bug’lanishlari paydo bo’lishining birinchi sabablari avvalan fazoviy jismlardir, so’ngra bunga, fazoviy jismlar orqali isiydigan, yerga tutash havo imkoniyat yaratadi, deb tushuntiradi.
So’ngra Arastu, yerdagi aralashgan unsurlarning ayrim qismlari yer ostida va ustida bo’lgan tosh va ma'dan jismlarni tuzuvchi navlarni tushuntirishga o’tadi. Arastu tushuncha-kategoriyalarning tasnifmi tuzishga hamda shu navlarning keyingi shahobchalarini aniqlashga harakat qiladi. Agar ular
143
Do'stlaringiz bilan baham: |