ABU NASR FOROBIY
uning mavjudiyati nima sababdan va qanday bor bo’lishini, o’simlik, hayvon va odamdagi ruh qanday ekanligini tushuntirishga o’tadi. U, beadad ruhlar mavjudmi yoki ruh bittami, agar ular ko’p bo’Jsa, u holda bu holat qanday namoyon bo’ladi: qismlarning ko’pligi bilanmi, yoki kuchlarning ko’pligi bilanmi kabi (murakkab) masalani tadqiq etadi. Agar qismlar beadadligi bo’lsa, u holda ular qanday ko’rinishda bo’ladi, makon (joy), moddalar va turli joylarga sochilib ketgan jismlar ko’pligi bilanmi yoki uning miqdori, qismlari o’xshash yo farqlanuvchi bir jismning qismlarining ko’pligiga bog’liqmi yoxud, beadad qismlar boshqacha bir usulda hozir bo’ladilarmi. U yana ruhiy kuchlar va ularning asoslari nimalardan ekanligini tushuntiradi. Arastu tabiatga tabiiy javhar xos bo’lganidan, ruh -- bu tabiiy ruhiyat javharining mohiyatiga (zot) xos bo’lgan narsadir, deydi. Ushbu mohiyat vositasida ruh, ruhiyat javhariga erishadi, ya'ni hayotni idrok etish qobiliyatiga ega bo’lib qoladi. Javhar esa, ruh uch xil asos mushtarak bo’lishiga yordam beradi. Ular: fo’il asoslari, shakl uchun asoslar va xuddi tabiatda bo’lganidek maqsad uchun asoslar. Tabiatda nimaiki aytilgan bo’lsa, ularni ruhga taalluqli desa bo’ladi, chunki u ham asos, ham javhardir. Ammo u (tabiat), moddalar mavjudligi qoidasi bo’yicha javhar bo’ladimi? Bu o’rinda shubha bor, ammo Arastu keyingi masalalardan hech nimani tushuntirmaydi. Avval u, tabiat to’rt asosga ega, deb aytgan edi. Endi bo’lsa, tabiatning o’zi mohiyatdir va bu mohiyat vositasida javhar jismni muhimmona (aktual) o’zlashtiradi, hamda u mohiyat yana ruhning ham moddasidir, demoqda.
So’ngra Arastu, harakatlari ta'sirlari tabiatda mavjud bo’lgan fitriy jismlar nimaligini va oldin, tabiat harakatni paydo etishiga bois bo’luvchi tabiat kuchlarini nimadan iborat ekanligini tushuntirgani kabi, ruhiy kuchlar o’zi nimadan iboratligini tushuntiradi, Demak, o’ziga bir cho’ri va qurol bo’lib xizmat qiluvchi tabiatdan foydalanuvchi asosiy mohiyat mavjuddir.
Ikki xil tabiiy jismlar paydo bo’ladilar: birinchisi eng so’nggi, yuksakiari bo’lib, ularning vositasida mohiyatga ega bo’linadi — bu tabiatdir, ikkinchisi eng so’nggi yuksaklari bo’lib, ularning vositasida tabiat o’zining mohiyatiga erishadi.
146
ARASTU FALSAFASI
Tabiatan mohiyat kasb etishga vosita bo’luvchi narsa - aihdir va ruhning holati hayvonotning tabiiy xislatlariga uzviy bogliqdir. Ruhning o’ziga qabul qiluvchi - kasb etuvchi tabiiy mohiyati modda bo’lib qoladi. Ruh o’z faoliyatida (harakati, ta'sirida) foydalanishi uchun tabiat yo modda, yoki qurol bo’lib xizmat qiladi^Ruhiy javharda mavjud bo’lgan tabiat ikki navga ega: ulardan bir - modda, ikkinchisi ~ qurol.^' Ruhiy javharda mavjud bo’lish tabiatning o’z raohiyati uchun emas, balki aihiyat uchun mavjuddir. Tabiatning asosiy fitriy xislati bilan asosiysining cho’risi va quroli bo’lmish uning zuhuri orasida farq bo’lgani kabi ruhlar orasida ham farq mavjud. Arastu avval, tabiatdan kelib chiquvchi harakatlar (ta'sirlar) va tabiiy javharga bog’liq bo’lgan orazlar haqida qanday so’z yuritgan bo’lsa, xuddi shunday ravishda rug’dan kelib chiquvchi harakat (ta'sirlar) va ruhiyat javharida mavjud ruhiy bo’lganlari nuqtai nazaridan — ruh hosilasi orazlar haqida so’z yuritadi.
Tabiiy (tabiat) javharlarda mavjud ba'zi orazlar moddalardan (materiyadan), ba'zilari esa shakldan chiqqanlari uchun, ruhiy javharlarda mavjud, - orazlar maxsus xislatlar beruvchi modda va shakl oqibatidir.
Avvalo Arastu, ruhning eng birinchi xislatlaridan biri bo’lmlsh g’izo (oziqa)ga xos narsani tadqiq etadi. U, g’izo nima tufayli aihning kuchlaridan, qobiliyatlaridan biri bo’lib qoladi va qaysi bir kuchga yoki ruhning qaysi qismiga taalluqli, degan masalani yoritadi. U, asosiy ruhni, cho’ri (yordamchi) va qurol bo’lmish aihdan farq qiladi. U, ruh va ruhiy kuchlar o’z faoliyatlari (harakatlari)da foydalanishlari uchun xizmat qiluvchi belgi va qobiliyatlarni tadqiq etadi. Yana ularning ta'sirlarini — harakatlarini ham u ko’rsatib o’tadi: harakat (ta'sir)larning necha turi bor, har bir ayrim harakat o’zi nimadan iborat. Hayvonlarning xillaridan biri va shu aihning biror harakatida foydalaniladigan qandaydir bir a'zo o’zi qanday bo’lmog’i zarur.
So’ngra Arastu oziq-ovqat va ishlab chiqarish muammolarini ko’rib chiqadi. Uning fikricha, oziq-ovqatdan mahrum mavjudot yashay olmaydi; ovqat hayot faoliyatini ta'min etadi. Ovqatning bir qismi bevosita tabiatning o’zidan
147
Do'stlaringiz bilan baham: |