ABU NASR FOROBIY
a'zolarni va ularning vazifalarini birma-bir tekshirib chiqadi. UJarda (a'zolarda) mavjud ruhning kuchlaridan biri yoki biror qismi tomonidan bo’lgan sabablarni ko’rsatib o’tadi.
Buiar uning 'Tuyg’u ila idrok etiluvchini his etish" risolasida bayon etilgan.
Arastu, jonli jismlarda mavjud bolgan va ruhdan chiquvchi harakatlar (ta'sir etuvchilar)ning xillarini, tabiiy jismlarda tabiatan mavjud bo’lmish hiyaliy (mexanik) harakatni tekshiradi. Chunki tabiat, harakat va rohat (sukun, harakatsizlik) ning qandaydir ibtidosi va sababidir. Uning fikricha harakatning o’zi nimaligini oxirigacha aniqlamay qoldirish mumkin emas, harakatning qanday xillari bor, o’zgarishning yoki sukunatning yoki harakatning boshlanishi qayerdan paydo bo’ladi, bularni bilish kerak. U, hayvonlarning har bir xilidagi shu harakat uchun moslashgan a'zoiarni aytib o’tadi va hayvon a'zo]arining har birida mavjud bo’lmish asoslarni va ruhiy kuchlar yoxud ularning qismlari oqibati bo’lgan sabablarni ko’rsatib o’tadi. Bu harakatlar shundayki, ularning vositalari ila hayvonlar nimalarnidir xohlaydilar, nimalardandir o’zlarini olib qochadilar.
Yana, biron-birxil hayvonningyashashjoyini, nima uchun unga shu joy zarurligini, u qanday joylarda yashashi mumkinligini tadqiq etish kerak bo’ladi. Hayvonlar ba'zi joylarda ovqat qidirish bilan mashg’ul bo’ladilar, boshqa joylarda dushmanlardan o’zlarini saqlash uchun berkinadigan joy istaydilar, yana bir joy esa ularga avlodlarini o’stirishlari uchun xizmat qiladi. Ko’p hayvonlar oziq-ovqat saqlaydigan joylarga muhtojlar. Ba'zi hayvonlar oidindan yig’ib qo’yilgan ovqatdan foydalanadilar, ba'zilari esa uni har kuni izlab topadilar.
Bularning hammasi uning "Hayvondagi hiyaliy (mexanik) harakatlar" risolasida bayon etilgan.
So’ngra Arastu, nafas olishni tadqiq etadi va halqum nafas olish a'zosi bo’lib xizmat qiladi va halqumning mavjudligining boisi esa o’pkadir. deb tushuntiradi.
U, uyqu, bedorlik va tush ko’rishlarni tahlil etadi. Ular o’zlari nimalardan iborat, nimada va qanday bo’ladi, ruhiy kuchlardan qaysi biri sabab bo’lib, ular ro’y beradi? degan
150
__________________________________ ARASTU FALSAFASI
savollarga javob izlaydi. U, uyqular va tushlarning sabablari, xillari va asoslarini tekshiradi, endi ro’y beruvchi voqealardan ogohlantiruvchi tushlarni tushuntiradi. Arastu, "nima bo'lishi"dan ogohlantiruvchi tushlar haqidagi masala, birgina ruhning tabiiy kuchlar bilan qironi (birlashgani) bilan chegaralanib qoladi, deb tushuntiradi. Buning uchun bunday tush, yana ruh mavjudiyatidan yuqoriroq darajada turuvchi boshqa asoslarga ham muhtojdir. Shuning uchun, Aarstu ushbu raasalani chuqur o’rganishdan voz kechib o’z izlanishlarini shu yerda to’xtatadi.
So’ngra Aarstu, uch xil-ongsiz, aqlsiz hayvonning xotirasini tekshiradi, qanday ruhiy kuch vositasida unga erishilishini va bu qanday ro’y berishini bayon etadi.
O’N IKKINCHI BO’LIM
Insonni mustasno etilganida, hayvonga xos narsalarni tekshirganda Arastu ruhiyat va ruhiy kuchlar oqibati bo’lmish ularning sababalari asoslarini ko’rsatish bilan cheklanadi.
O’N UCHINCHI BO’LIM
Insonda o’sha narsalarning o’zini tadqiq etganida Arastu, ularaing hammasining sababini tushuntirishda faqat birgina ruh bilan chegaralanib qolmaydi. Chunki, insonda biz kuzatadigan narsaga to’g’ri keluvchi narsalar ruh harakatlari (ta'sirlari)ga qaraganda ko’proq miqdordagi va kuchliroq harakatlar (ta'sirlar)ga moslashgan Arastu insonda, hayvonlarda bo’lmagan boshqa imkoniyatlar, ruh va ruhiy kuchlardan paydo bo’lolmaydigan sabab va asoslarni topadi. Inson tabiati va unda mavjud bo’lmish tabiiy kuchlarni tushuntirish borasida ular, faqat ruh faoliyati (harakatlari, ta'sirlari)ga qaraganda yuksakroq faoliyat (harakatlar) uchun moslashgan, degan fikrga keladi. Insonning ruhi va ruhiy kuchlarini tekshirish borasida Arastu inson faqat nih va ruhiy kuchlar vositasida o’z mohiyatiga erishishi uchun ular yetishmasliklarini va buning chun yana o’zga nimadir zarurligini aniqlaydi. Bu o’rinda Arastu, nega bunday bo’lishini o’rganishga majbur bo’ldi va
151
Do'stlaringiz bilan baham: |