ABU NASR FOROBIY
bag’ishlangan. Arastu kamolatga ya'ni haqiqatga erishishda faqat ruhiy mohiyatlarning o’zi yetarli emas fikriy kuchlar yana boshqa asosga muhtojdir, deb tushuntiradi. Hur iroda va fikrlash tufayli fikriy kuchlar tomonidan idrok etiluvchi mavhum mohiyatlar (bilimlar) tabiiy asoslari bo’lmish mohiyatlardan avval mavjud bo’lganligi uchun, ulardan boshqa ma'qulotlarga erishishda foydalanadilar.
Shuning uchun oldin bilquvvat aqlga ma'qulotlar qanday ta'sir etishlarini o’rganish ma'qul bo’ladi. Bilquvvat aql nega abadiy emas. Buning uchun hur iroda bo’yicha emas, tabiatan taalluqli bo’lishi zarurdir. Demak, albatta bilquvvat aqlda birinchi faol harakatdagi sabablarni yaratuvchi va boshqa ma'qulotlarga tabiiy qobiliyat beruvchi qandaydir mavzu (ob'ekt) bo’lishi kerak.
O’N TO’QQIZINCHI BO’LIM
Ushbu aqlni (o’n yettinchi bo’lim so’ngida so’z yuritilgan aql nazarda tutilmoqda) Arastu tadqiq etar ekan, uni bilquvvatga hech ham ega bo’lmagan, faoliy (aktual) ekanligini aniqlaydi va mutlaqo bilquvvatga ega bo’lmagan narsa modda qatoriga kirmaydi, deb tushuntiradi. Inson aqli o’zining so’nggi kamolatiga yetishgan taqdirda ham faqat o’zining mohiyatila faol aql mohiyatiga yaqinlasha oladi, xolos. Arastu inson o’z mohiyatining kamolatga yetishishi borasida shu aqlga taqlid etishini va taqlid usuli bo’yicha eng so’nggi holat va fo’il (ta'sir etuvchi sabab) ekanligini o’zi uchun aniqlab oladi. Ushbu aql zehnning asosidir, chunki u fo’il va uning vositasida inson o’zining aqliy mohiyatiga erishadi. Ushbu aql yana maqsad ham, chunki u inson eng so’nggi holatga (kamolatga) erishishiga vosita bo’luvchi asosni hozirlaydi. Inson aqli uchta xislatga ega asosdir. U fo’il (ta'sir etuvchi sabab), u - maqsad va u - faol aqlga yaqin bo’lishga intiluvchi barkamollikdir. Inson aqli shakl, maqsad va fo’ili bilan farqlanadi. Inson zehn ila qandaydir bir on faol aqlga (aqli fa'ol) yetishgach, unga talomus bo’ladi. Shu narsa ma'lum bo’ladiki, tabiatan inson mohiyatida mavjud bo’lgan nimadir (narsa) aqlning o’zidir. Fa'ol aqlga yetishish borasida, inson o’zi va uning
156
ARASTU FALSAFASI
(fa'ol aqlning) o’rtasida bo’lmaydi va shu yo’sinda odam ruhi (nafsi insoniy) ushbu aql egasi bo’ladi. Inson ruhi (nafsi insoniy) shu aql uchun mavjud bo’lganidan, tabiat esa-odamning tabiiy mustahkamligini bilish uchun, ruh (nafs) bo’lsa — bor narsalardan eng mukammali nazariy aql uchun mavjud ekan, bularning hammasi mavjudiyatning, hayotning ma'lum bir darajasiga ko’tarilishda insonga xizmat qiladi.
Ba'zan Arastu, avvallari o’ziga tushunarsiz bo’lgan masalalarga yoki inkor etgan ko’p narsalarga qaytadi.
So’ngra u faol aqlni ko’rib chiqadi. Bu aql tabiat va ruh (nafs), tabiiy va ruhiy mohiyatlar mavjudiyatining sababimi, yo’qmi degan savolga javob izlaydi. Natijada u, unsurlar va boshqa narsalarning harakatiga (haraktlanishiga) moyil etuvchi asoslardir, degan fikrni ma'qul deb topadi. U, o’ziga samoviy jismlarni ham olgan mavjud narsalarga mavjudiyat bag’ishlash jarayonlarida aql samoviy jismlarga ionat bo’ladimi, yo’qmi degan masalani ko’rib chiqadi. Ularda (narsalarga mavjudiyat bag’ishlash jarayonlari nazarda tutilayotgandir) tabiat, ruh va aqlga erishish uchun fazoviy jismlarga kamolat baxsh etadi va ushbu fazoviy jismlar yetarli emas deb tushuntiriladi, faol aql fazoviy jismlar yordamida tabiat va ruhiyatni harakatga keltiradi. Ko’p ruhiy mohiyatlar o’zlariga munosib moddalarga erishadilar, bu moddalar esa, aqlni qayta yaratish uchun ularda mavjud bo’lgan labiatni tayyorlaydilar, bu hol xuddi odam o’zidan oldingi odamda, unisi esa yana oldingisidan tug’ilganiga o’xshaydi. Hayvonot va nabobotda ham xuddi shu tarzda ro’y beradi. Ma'danlar esa o’zlariga o’xshash xillardan paydo bo’lmaydilar.
Shunga o’xshab, mazkur xilning shakllanishiga ionatlik etuvchi narsani ham tekshirib chiqiladi. Qisqasi, xillarga shaki beruvchi narsa fazoviy jismlarmi yoki faol aqlmi yo faol aql fazoviy jismlarga shakl berib, ular o’z navbatida moddalarni harakatga keltiradimi? Shunisi aniqki, fazoviy jismlar tabiiy jismlarni harakatga keltiradi. Shuning uchun fazoviy jismlarning javharlarini ham tadqiq etish zarurati paydo bo’ladi. Ular tabiatmi, ruhmi yoki aqlmi, yoxud boshqa bir barkamolroq narsami? Ularning tadqiqoti, faqat tabiat tadqiqotiga qaraganda umumiyroq, kengroq bo’lmog’i darkor. Arastu
157
Do'stlaringiz bilan baham: |