Fozil odamlar shahri. Nodir va dono fikrlar. T.: O'zbekiston



Download 2,02 Mb.
bet72/75
Sana01.06.2022
Hajmi2,02 Mb.
#624043
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   75
Bog'liq
fozil odamlar shahri

ABU NASR FOROBIY -
Arastu aqlning yetakchiligini tekshiradi. Va aqlning vositasi ila xizmat qilish mumkin bo’lmagan narsami, yo’qmi ekanligini aniqlaydi. Arastu ushbu yetakchilikning barcha harakatlari (ta'siri) shunday harakatlarki, uning vositasi ila xizmatda bo’lmaslik ham mumkin bo’ladi, degan xulosaga keladi.
Arastu nazariy aqlni tekshirar ekan, nazariy aql erishadigan ma'qulotlar, o’z vositasida hech ham xizmatda bo’lish mumkin bo’lmagan mohiyatlar emas, degan fikrga keladi (ya'ni bu ma'qulot nazariy aqlning xizmatda bo’lishiga mon'e bo’lmaydigan mohiyatdir). U yana, ushbu aql o’zining oliy darajadagi kamolatiga erishgani taqdirda ham, o’zi bilquvvat bo’lgandan so’ng (uni) oliy darajadagi kamolatni faol aql sifatida qabul etadi, deb hisoblaydi. Ma'qulotlarga yetishishgandan so’ng faol aqlga erishiladi. Arastu, faol (aktual) mohiyat bo’lmish nazariy ma'qulotlarga nimaning vositaligida yetilishini ko’rsatib o’tadi va qo’shimcha qilib aytadiki, ular (nazariy ma'qulotlar) anchagina to’laroq shaklda idrok etiladilar va bu aql (nazariy aql ko’zda tutilmoqda) o’zining oliy kamolatiga erishadi, undan ziyodaroq kamolati bo’lishi mumkin emas. Uning fikricha, bu holda aql shunday javharga ega bo’ladiki, u javhar o’z-o’zidan uning (aqlning) harakati va yoki uning harakati bo’lishga yaqin bo’lib qoladi.
O’N OLTINCHI BO’LIM
Arastu aqlning ushbu mavjudiyatidan barkamolroq mavjudiyat bo’lishi mumkin emas, degan xulosaga keladi. Va o’zga nimadir borki, o’sha tufayli, u, ya'ni aql mohiyat kasb etadi, mohiyat kasb etish borasida esa, o’sha o’zga nimadir insonning aqlga (ongga) erishishiga ionat -yordamchi bo’ladi. Agar inson o’zining bundan ortiq barkamol bo’lolmaydigan oliy kamolatiga, (ya'ni aqlga) erishsa, uning mohiyati, insonning (asl) mohiyati bo’lishiga yaqinlashgan bir qismi bo’la boshlaydi va bu mohiyat uning faoliyati (harakati)dir. Bundan ma'lum bo’ladiki, nazariy aql bo’lmish xayrli narsaga ega bo’lishi uchun insonga xizmat qilish maqsadi bo’lgan kuchlar zarur ekan. Inson mohiyati
154
ARASTU FALSAFASI
aqlda namoyon bo’ladi. Aqlning mohiyati uning (aqlning) harakati (faoliyati) bo’lishiga yaqin bo’lganida aql egalik qiluvchi faoliyat (harakat) bo’la boshlaydi. Buning uchun insonning faqat tabiiy (tabiat ato qilgan) avloddan-avlodga o’tib vorislik yo’li ila erishiladigan fikrlash qobiliyatidan tashqari yana amaliy mahoratlar bo’lmog’i zarurdir, Aql fikrlash vositasida faoliyat ko’rsatadi) Shu munosabat ila Arastu, aqlning kamolatga erishmog’i ucliun tabiiy (tabiat) va ruhiy kuchlarning o’zlari yetarlimi, degan masalani o’rganadi va ular yetarli emas, deb tushuntiradi-fXullas, inson eng oliy kamolatga erishuvi uchun unga (yana) inson tabiati va faoliyatiga qo’shimcha ikkita - amaliy va nazariy flkriy kuchlar zarurdir.
O’N YETTINCHI BO’LIM
Ushbu masalalarni tekshirishni tugatib Arastu avval tadqiq etib bo’lgan narsalarga qaytadi. Tabiatan inson o’zi qanday zot, unda ruhdan nimalar mavjud. U ushbu sabablarning, agar ular yo modda tomonidan yoki qurol-vosita tomonidan tayyorlovchi bo’lsalar mavjudliklari shart-sharoitlarini ko’rsatib o’tadi, toki aqlning amaliy kuchlari nazariy aqlga erishishda ulardan imkoni boricha to’la foydalana olsinlar.
So’ngra Arastu insonga xos ruhiy mohiyatlarni tekshirishga o’tadi. Ularning borligi insonning kamolatga erishishiga yetarlimi yoxud ular faqatgina ionat — yordamchi bo’lib qoladilarmi? Ushbu tadqiqot mavjudiyat unsurlari haqidagi nizomning o’zidir. Bu unsurlar o’zlarining vositasida paydo bo’luvchi narsalar uchun yetarli deb hisoblaydilarmi, yo’qmi? Fitriy (tabiiy) javharlar oqilona faoliyatni tayyorlay oladilarmi, yo’qmi, degan masalalarni Arastu tadqiq etadi.
O’N SAKKIZINCHI BO’LIM
Ammo ushbu masalalarni o’rganishda Arastu ma'lum bir mushkulliklarga duch keladi. Uning, ruh va ruhning qobiliyatlarini tugatganidan so’ng boshlagan tadqiqoti bilquvvat va bilquvvatning boshqa kuchlarga bog’liq tomonlariga
155


Download 2,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish