ABU NASR FOROBIY
fizikada bu masalalarni tadqiq etar ekan, tabiatni tekshirishdagi eng so’nggi nuqta – aqli faol va fazoviy jismlarning harakat manbaidir, deb ta'kidlaydi. Inson tarafidan qobiliyatga erishishda ruhlarning kuch va harakatlari amaliy fikriy kuchlar bilan birgalikda nazariy aql kamolati uchun xizmat qiladilar. Faqatgina fitriy mayllar va his-tuyg’uning o’zi, amaliy aqlga tobe bo’lmish niyat va hur iroda bo’yicha mayjud bo’lgan harakatlar (faoliyatlar) yetarli emas.
Shu munosabat bilan amaliy aqlga tobe' bo’lmish niyat va hur iroda bo’yicha mavjud bo’lgan harakatlarni o’rganish zarurati paydo bo’ladi. Inosniy niyat shularga taalluqli. Boshqa tirik jonzotlardagi nimagadir bo’lgan intilishga kelsak, ular insoniy niyatga aloqador emaslar va nazariy kamolatga erishish ishida foydasizdir, chunki unga erishishda inson va hayvonning qobiliyatlari bir xilda emas.
Shuning uchun, irodaviy (hur iroda) va niyat ila mavjud bo’lmish barcha faoliyatlarni (harakatlarni) o’rganish zarurati paydo bo’ladi. Ezgu irodaning mohiyati amaliy aqlga mansub bo’lgan hur irodadir. Shu sababdan uni boshqa tirik mavjudotlardagi, masalan, hayvonlardagi "ezgu irodaga" o’xshatib bo’lmaydi. Demak, ushbu harakatlarni bilish va so’nggi maqsaddan olinadigan sud (foyda) va zararning farqini bilib olish kerak bo’ladi. Arastu yana, bu harakatlardan paydo bo’luvchi foydali tabiiy narsalarni ham o’rganadi. U, hayvonlar va o’simliklarning ruhiy mohiyatlaridagi tabiiy asoslarni ham ko’rib chiqadi va insoniy kamolatga olib boruvchi harakat faoliyatlarning majmuasi uchuri ularning (ruhiy asoslarning) qaysi biri foydali ekanligini aniqlash zarur, deydi. U, boshqa tabiiy (tabiatga oid) narsalarni ham, ya'ni toshlar, ma'danlar va unsurlarni tahlil etadi va ulardan qaysi birlari foydali ekanligini aniqlaydi, ulardagi tosh, ma'dan, unsurlardagi mavjudiyatga fazoviy jismlar sabab bo’luvchi holatlarni ko’rsatadi. U, hayvonlar va o’simliklarga nisbatan ham xuddi shunday tahlil o’tkazadi.
Shuning uchun narsalarning hammasini o’rganish, tabiiy mohiyatlar haqida barkamol bilim olishga ionat bo’lmog’i zarur va ular haqida fizikaviy va fuqaroviy falsafadan
158
— ARASTU FALSAFASI
(falsafatun madaniyatun) yetarlicha ma'lum bo’lmagan holatlarni to’ldirish kerak.
Shu munosabat bilan Arastu o’zining "Kitob al-rububatun" ("Metafizika") risolasida mavjud narsalarni, tabiiy mohiyatlarni o’rgangan va tadqiq etgan usulidan o’zgacharoq usulda o’rgangan va tadqiq etganini tushuntiradi.
Yuqorida aytilganlardan shu narsa ma'lum bo’ladiki, bevosita badan va his-tuyg’u salomatligi uchun bevosita foydalanmaydigan ma'qulotlarni (aql bovar qiladigan mohiyatlarni) o’rganish va tadqiq qilish zaruriy ishdir va inson bilishi zarur bo’lgan ilmlarga nisbatan inson qalbi (nafsi insoniy) ruh intiladigan ko’rinib turuvchi narsalar mavjudligining sababi haqida ma'lumotni bilishga insoniy mohiyatning ehtiyoji ko’proqdir. Ulardan eng foydalilari inson mohiyatining shakllanishida va insonning eng yuqori kamolatni egallashida zarurdir.
Fanda Arastu tomonidan birinchi marotaba o’rganilgan donishmandlik (hikmat) masalasi (ya'ni, falsafa) va haqiqatni tiklash bo’yicha o’tkazgan tadqiqoti, inson aqli-zakovatini boyitishda birinchi zaruratga aylandi, zero inson yaratilishining boisi ham shudir. Boshqa fan, ya'ni mantiqqa kelsak, Arastu uni ikki maqsadda tadqiq etadi: ulardan biri, inson yaratilishining boisi bo’lmish inson aqlini barkamol etishga xizmat qiladi, boshqasi-fizika (tabiat) va metafizika al-ilohiyot (al-rububat) fanlarida yetishmayotgan bilimlarni to’ldiradi.
Shunday qilib, falsafa-hikmat imkoniyat boricha haqiqatga
yetishish uchun, albatta zarurdir.
MUNDARIJA
Fozil odamlar shahri 1—21 boblar Abdusodiq Irisov tarjimasi,
28—34 boblar Mahkam Mahmud tarjimasi 3
Aflotun qonunlari mohiyati (Talxisu navomisi Aflotun)
Do'stlaringiz bilan baham: |