Fozil odamlar shahri. Nodir va dono fikrlar. T.: O'zbekiston



Download 2,02 Mb.
bet60/75
Sana01.06.2022
Hajmi2,02 Mb.
#624043
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   75
Bog'liq
fozil odamlar shahri

ABU NASR FOROBIY__________________________________
Ushbu, tuyg’u bilan idrok etiluvchi narsalarda, ma'lum bir yakka narsalardan ajralib turuvchi alohida narsalar yo’q. Agar mavjud narsani mutlaq ma'noda olinadigan bo’lsa, u holda biror qisqa muddat mobaynida, javhariyni nojavhariy, o’zi javhariydan tashqari bo’lgani tufayli, farq eta oladi. Ammo javhariy bo’lmagan narsa umuman bo’lmasligi mumkin, mavjud bo’lmagan narsa esa, umuman hech narsa emas. Farqlanadi, deb, o’ylaydigan narsa umuman mavjud emas. Shunday ekan, haqiqatan mavjud bo’lmagan va mavjudlikdan tashqari bo’lgan narsa umuman mavjud emas.
Beadadlik (ko’plik) faqrlanish tufayli mavjuddir. Demak, ahadiy -- birlik nimadir mavjud. Asartu, birlik (tanho) narsaning turli sifatlarini bayon etishgacha boradi. Ularning (shu sifatlarning) har biri, shu narsaga nisbatan, boshqa sifatlari ko’rsatmagan xususiyatlarni ko’rsatadi. Beadad so’z birikmalari — iboralar yordamida narsa haqida ifodalangan xususiyatlar miqdor jihatidan bir butun bo’lib qoladi, ammo bir so’z va bir ibora bo’lmaydi. Shu qoida bo’yicha, shuur -hissiyot shahodat beruvchi narsaga va ushbu shuur ila idrok etiladigan narsalarning ma'qulotlaridan aql bilan tushunsa bo’ladigan mohiyatlaridan foydalanganimizda erishadiganimiz holatga zid turuvchi aqliy xulosalar qilinadi.
Arastu ushbu mulohazalarni avvalidanoq mug’litot, g’alat (sofizm) deb rad etadi.
U, haqiqatan to’g’ri fikrga kelish va ixtilofli (bir-biriga zid) aqliy xulosalarni inkor etish uchun ular hech qanday foyda bermaydi deb tushuntiradi (so’z sofizm haqida ketmoqda). Haqiqiylikka faqat shuur va ong (aql) tufayli erishiladi.
So’ngra Arastu o’z tadqiqotlarini davom ettirib, fazoda namoyon bo’lgan javhar deb ataluvchi har bir narsaning eni, bo’yi va qalinligi bor degan fikrga keladi. Rostki javhar fazoda cho’ziq deb ta'riflanadigan bo’lsa, shuning uchun u ba'zan "jismlar", ba'zan esa "jismiy javharlar" deb ataladi. Tabiatan mavjud narsalar, jismlarga orazlar, jismiy javharlar va ularga xos belgilarga ega. Bularning hammasi tabiat haqidagi fan (fizika) ning mavzusidir. Arastu bu narsalarni isbot talab qilmaydigan muqaddimotlardan oladi va ularni tahlil qilishda jadaliy (dialektik) vasilani (usulni) qo’llaydi. Jadaliy hivora
126
ARASTU FALSAFASI
(dialektik dialog) ga qobiliyat paydo etuvchi holatga olib keluvchi narsani tushuntirish uchun u shunday yo'l tutadi. Demak u, ushbu narsalarga ilmiy qonunlarni tadbiq etadi va ular tufayli ularning mohiyatini o’rganadi. Ilmi yaqiniyani beruvchi va tasodifan uchraguvchi ulardagi mavjud muqaddimotlarning shart-sharoitlarini u dalil keltirish orqali topadi. Ushbu shart-sharoitlar o’zlarida bo’lmagan narsalarni Arastu o’z holida qoldiradi.
Bu uning, undan keyin ushbu masalaga yana qaytishni istagan va ilm-al-yaqiniya talab etgan chog’larda madaniy ma'qulotlardan foydalanish haqidagi tavsiyalarida aytib o’tganlarini o’rganishga o’zlarini bag’ishlovchilar uchun yozgan kitoblarda o’z tasdig’ini topgan. Ko’rilayotgan har bir narsani u ikki-jadaliy va ilm al-yaqiniya tarafidan solishtiradi. Buni unga xos barcha narsaning haqiqiyligiga yetishish uchun qilgan. Avvalo Arastu ushbu uslubdan foydalanadi: mavjud narsalarni ta'riflovchi umumiy tasdiq, ma'qulotlar bo’lgan umum asoslarni aniqlaydi. Va bular o’z-o’zicha ravshan ma'quloti avvallar emas, balki birinchi holdan boshlab noma'lum eng umumiy mulohazalardir, ular o’z-o’zidan ma'lum birinchi ma'qulotlardan kelib chiqadigan dalillar yordamida aniqlash vositasi bo’lib xizmat qiladilar. Ular haqida tadqiqiot olib borilganida u jadaliy vasilalardan foydalanadi.
Jismiyjavharlarning hammasida bo’ladigan mavjudiyatning dastlabki asoslarida mavjud qonunlarning umumiy asoslarini bayon etadi. Ulardan har biriga ayrim holda hamroh, ikkita dastlabki asos (asli mutorifat)lar bor, ular: bilquvvati (potensial) mavjud dastkabki asos — u "modda" — "materiya" deyiladi, muhimmona (aktual) mavjud asli mutorifat esa "shakl"-"forma" deyiladi.
Arastu bilquvvat holatdan muhimmonaga o’tish uchun, bilquvvati mavjud asl mutorifatning (dastlabki asosning) o’zi yetarli emas, deb tushuntiradi. Buning uchun, bilquvvatdan muhimmotga o’tkazuvchi uchinchi bir asl mutorifatning bo’lishi zarur. Ushbu asl mutorifat (dastlabki asos) "maf uli asli mutorifat) "amaldagi dastlabki asos" - deb ataladi.
127


Download 2,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish