ABU NASR FOROBIY
bahsiashuvchilardan biri boshqasining fikrini rad eta olsa, u ilojsiz qolib o’z maqsadidan voz kechadi. Shunga o’xshash, sofizmlarni (quruq safsatani) rad etuvchilarning imkoniyatlari ancha ko’p bo’ladl. Shuning uchun Arastu mashqqa asoslangan faqat ushbu san'atnigina emas, balki o’zi va boshqa birov orasida mavjud bo’lgan narsani tadqiq etishda to’g’ri yo’ldan ozdiruvchi barcha narsalardan, haqiqatga erishishga nione va to’g’ri yo'l haqida aldovchi tasavvur beruvchi bahslar haqida ogoh etuvchi san'atni ham bayon etishga majbur bo’ladi. Bu san'at ham, shu san'at vositalari ila insonning o’ziga emas boshqa birovga mansub fikrni rad etish uchun tayyorlaydigan bir san'at bo’lib qoladi.
Mashqlarga asoslangan san'at, uning usullaridan bahslashuvchi ikkala taraf foydalanishiga tayyorlaydigan bo’lgani uchun, bu san'at uning vositasida sofizmlar va haqiqatga erishishga monelik qiluvchi va shu yo’ldan ozdiruvchi narsalarga shubha uyg’otuvchi san'atga aylanadi. Bu san'at o’z vositalari bilan boshqa birovda namoyon bo’luvchi fikrni rad etishga tayyorlaydi.
Arastu ikkita san'at haqida gapirayotgan ko’rinadi: ulardan biri - mashqlarga asoslangan san'at tufayli yetishiladigan to’g’ri yo’ldan ozdiruvchi, boshqa birov tomonidan bildiriluvchi fikrni o’z ta'siri bilan rad etuvchi san'atdir. Haqiqatga erishish va mashqqa asoslangan san'atni tadqiq etishda undan foydalanish uchun emas, balki mashqqa asoslangan san'atdan foydalanishga, o’sha inson va boshqa birov o’rtasidagi mavjud narsani tadqiqotiga hamda butunlay mashqlarga berilishga qarshilik ko’rsatuvchi narsalarni namoyon etish uchun foydalaniladigan san'at — ikkinchi san'atdir. Arastu aytib o’tgan ayyorlikka asoslangan bu san'at uning fikricha odamni hamda boshqa birov tomonidan bildiriladigan fikrni rad etish va mashqlarga asoslangan san'at vositalaridan chalg’ituvchi, san'at bo’lib uni u "as-sufstaniya" ("sofistika") deb ataydi.
Inson, boshqa birovning fikrini rad etishi uchun nimanidir o’zlashtirishi mumkJn bo’lgan san'at, mashqlarga asoslangan san'at bilan sufstaniya san'ati o’rtasidagi oraliq bir san'atdir. Bu san'atni, birinchi maqsad foydasi uchun (ya'ni, haqiqatni
116
ARASTU FALSAFASI
topish uchun), inson va uning ruhiyati orasidagi mavjud narsani va uning o’zi va boshqa birov orasidagi mavjud narsani tadqiq etish uchun ishlatib bo’lmaydi. U, sufstaniya yaratadigan maslakni o’zlashtiruvchi qobiliyat bo’lmay, balki inson irodasi intiladigan narsani aks ettiruvchi va inkor etuvchi bir qobiliyatdir.
Ushbular yo tadqiqotchiga, yoki bahsda g’olib kelayotgan tarafdan, yoxud o’sha yerda bo’lgan faylasufdan agar u yakka bo’lsa yo faylasuflardan (ular bir qancha bo’lsalar) foydalanuvchi boshqa somelarga (bahsni eshituvchilarga) taalluqlidir. Bu yerda sofistik bahslar to’g’risida gap ketayotgan ko’rinadi. Shuning uchun some (eshituvchi) faqat tomoshabinJar vajamoa huzurida sofistning (sufstaniyunning) fikr-mulohazasi qanday bo’lishiga e'tibor berishi kerak, toki, kim eshituvchi-jamoayu, kim faylasufligi unga ravshan bo’lsin (ya'ni, savol-javoblardan kim faylasuf ekanligini ajratib olish zarur, deyilmoqchi bo’lsa kerak). U, yo haqiqat haqida o’z fikrini bildirtnay sukut saqlashi yoki tamoshabinlar va faylasuflar huzurida fikrini bildirmay sukut saqlashi yoki tomoshabinlar va faylasuflar huzurida fikrini aytishi kerak bo’ladi. Ushbu san'at, mashqlarga asoslangan san'at va usullari bahsdan iborat bo’lgan boshqa san'atlarga kirmaydi.
Sufstaniya sarfati bo’yicha bahsda qatnashuvchilarning har birlari quyidagi olti narsani qo’llashadi:
1. tanbeh; 2. sarosima, dovdirash; 3. tuhmat va qafiyat; 4. nutqda duduqlanishga majbur qilish; 5. bema'ni so’zIardan foydalSnish, safsata; 6. sukutga majbur etish, hatto bahslashuvchi, gapirishga qodir, qobiliyatli bo’lsa ham gapirishni man etish. Bahslashuvchi odamni, gapirmagan ma'qulroq, degan xulosaga keltirish uchun shunday qilinadi.
Tanbeh shunday narsaki, unda birinchi holatga nisbatan chalg’ituvchi narsalar tufayli yaratiladigan muqobil holat' ongga singdiriladi. Bu narsalar mohiyatan shundayki, agar odam, o’zi va ruhiyati o’rtasidagi mavjud narsani tadqiq etishda ulardan foydalanadigan bo’lsa, u holda ular odamni adashtiradi va haqiqatdan muqobil tarafga burib yuboradilar, natijada haqiqat inkor etilib, haqiqatga muqobil biror nima ma'qullanadi.
117
Do'stlaringiz bilan baham: |