ABU NASR FOROBIY
Mavjud narsalarning ushbu xillari o’n jinsga-turga bo’linadi va ular sinf-kategoriyalar, deb ataladi, ular "Kataguriyas" yoki "Kitob fi al-ma'qulot" nomli risolada tasvirlangan. Bu jinslar tabiiy fanlar o’rganadigan narsalar bo’lib, shu bilan birga yo "mohiyatni" yoki "qancha"ligini, yoxud "qanday" va hakazo ekanligini bildiradi.
So’ngra Arastu, mantiq san'atining ta'siri va undan qanday foydalanish zarurligini tahlil etadi.
U, mavjud narsalarning mazkur xillari, navlari qanday tafakkur etilishini, ulardan muqaddimot kelib chiqishini, bu muqaddimot qancha xillarga o’tishini, ulardan izlanadigan maqsadlar qanday paydo bo’lishini, muqaddimot va izlanadigan maqsadlar qaysi nuqtada bir-birlari bilan tutatishlari va ajralishlarining sabablarini tushuntiradi. Har bir izlanuvchi maqsad umumiyati ila, zaruriyatdan haqiqat va yolg’onni bildiruvchi ikki qarama-qarshi mulohaza o’rganadigan mavzudir. Ularni o’rganishda bu ikki qarama-qarshi mulohazalarning qaysi birlari haqiqatligi noma'lum bo’ladi. Haqiqiy bilim izlaniladi vataxmin qilinadi. Ular (ya'ni qarama-qarshi mulohazalar) ikkita zaruriy muqaddimotga bo’linadi. Muqaddimotning har biri mavjud bo’lmay qolmaydi va mavjud bo’lib ham qololmaydi. Ular ikkalasi zaruriy muqaddimotlarga bo’linadilar.
Mumkin mavjud va mumkin nomavjud muqaddimotlarni mumkiniy imkoniy muqaddimotlar deydilar. Hozir mavjud va mumkin nomavjud shunga o’xshash kelajakda ham mavjud bo’lishi va mavjud bo’lmasligi mumkin bo’lgan muqaddimotlar - ehtimol bo’lishi mumkin muqaddimotlar deb ataladi. Bular "Boriminias" yoki "Kitob al-iboratun" nomli risolada yozilgan.
So’ngra u, muqaddimotlar qanday bartaraf etilishlarini, ular bir-birlari bilan qanday yaqin, bo’lishlarini, ta'ayunligini, ulardan qanday qilib mulohaza paydo bo’ladi, bu mulohaza qanday qilib muqobil maqsad orqali muqobil mulohazalardan biriga aylanishini tushuntiradi. Biz qiyos deb taxmin qilganimiz har bir izlanadigan narsani qanday qilib haqiqatning o’zi deyishimiz mumkin, haqiqat mantiqan o’sha qiyosdan shu izlanayotgan narsa vositasida kelib chiqadi-ku.
110
ARASTU FALSAFASI
Agar mulohaza biz uchun taxminiy bo’lsa, u holda bu mulohaza, mulohazaning o’zi uchun izlanadigan narsaga aylantimvchi haqiqiy izlanadigan (narsa)ni mantiqan keltirib chiqaradigan mulohazami yoki yo’qligini qanday tekshirishimiz mumkin bo’ladi? Arastu, fikrlash shaklini tekshirish o’z mavzusi bo’lgan mantiq san'ati tariqatidan birining usullarini tushuntiradi. U ruhiyatda fikr, haqiqiy yoki soxta bo’lmay turib va yana, agar albatta haqiqiy yoki soxta bo’lsa, qanday paydo bo’lishini tushuntiradi. Bu holatlarning barchasi uning yuqorida aytib o’tilgan "Kitob al-iboratun" risolasida ta'kid etib o’tiladi. Shu bilan birga Arastu, o’qitishda foydalaniladigan har bir san'atdagi har bir suhbat-dialog shu qatori, yo o’qitishda yoki sofistak (sufstansiya)da va o’qitishni qabul etilmaganida erishiladigan maqsadga bois bo’lishini tushuntiradi. Bularning hammasi yunoncha "Analitika", arabcha "Kitob fi al-qiyos" nomli risolasida aks etgan.
Arastu, umuman olganda bilim nimaligini, ilmi yaqiniya nimaligini, uning o’zi qanday sifatlarga ega, uning qancha xillari borligini tushuntiradi, Arastu ilmi yaqiniya, narsaning buyumning mavjudlik uchun mavjud ekanligini va narsa zotining mavjudligi tufayli mavjudligi haqida hamda, bu bilim necha xilga bo’linishi haqida, gapiradi. U, bilimning o’zi nima, u nimadan paydo bo’ladi va u nima uchun zarur degan uch holni sanab o’tadi.
Arastu, ilmi yaqiniyaning xillaridan biri mavjud bo’lgan muqaddimotlar qanday bo’lishi kerak, ushbu izlaniladigan va muqaddimotlarni mujassam etuvchi moddalar va mavjud narsalar o’zi nimaligini, ularning holatlari xuddi shu holat, shart-sharoitlari xuddi shu shart-sharoitligini va ular, mumkin mavjud va mumkin nomavjud zaruriy muqaddimotlarni bartaraf etuvchi moddalarga borib mujassam bo’lishligini hamda imkoniy (ehtimoliy) va mumkiniy muqaddimotlar orqali ilmi yaqiniyaga erishib bo’lmasligini tushuntiradi. Shunday qilib narsaning mavjudligini tayyorlaydigan rnuqaddimotlar ulardan narsaning borligi sabablari, haqida yoki uning mavjudligi haqidagi bilimni olganimiz uchun o’qitishning asosini tashkil etadi va narsaning "mavjudligi sabablari" yoki "narsaning mavjudiyoti asosi" deb ataladi.
lll
Do'stlaringiz bilan baham: |