Fozil odamlar shahri. Nodir va dono fikrlar. T.: O'zbekiston



Download 2,02 Mb.
bet54/75
Sana01.06.2022
Hajmi2,02 Mb.
#624043
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   75
Bog'liq
fozil odamlar shahri

ABU NASR FOROBIY
berilgan xislatlarini boshqa bir o’qitish usuli va bilimning boshqa xiliga asoslanib bilib olish kerak bo’ladi. Hamma odamlar ham haqiqatni turli yo’llar bilan o’zlashtirishga qodirlar, ular turli vositalar bilan o’z ruhiyatlarida turli xil ilmlar orttirishga intiladilar va unga erishadilar ham. Tabiatan tug’ma xislatlari va qobiliyatlari borlar, shu kitobda tasvirlanganiday, tabiatan alohida odamlardir. Alohida qobiliyati bo’lmagan odarn esa, tabiatan oddiy odamdir. Bularning hammasi "Ikkinchi analitika" ("Kitob fi al-Burxon") risolasida bayon etilgan.
So’ngra Arastu, boshqa bir san'at haqida gapiradi. Bu san'at ' tufayli inson, har qanday izlanadigan maqsad haqida ehtimoliy axborot beruvchi har bir qiyos (sillogizm)ni zudlik bilan olish qobiliyatiga erishish bo’yicha mashqlar qiladi. Bu san'at mavjud bo’lgan barcha nazariy san'atlarning har qaysisi bilan mos keladi. Tadqiqotchi bu qiyoslardan topgan narsa, yuqorida eslatilgan kitobda Arastu aytib o’tgan ilmiy qonmferni topishga qandaydir tayyorgarlik vazifasini o’tashi zarur.|Arastu / ularni (ilmiy qonunlarni) tekshirib chiqadi, o’ziga ma'qullaridan foydalanadi va ulardan nima paydo bo’lishini tushuntiradi. U, odamning kelib chiqishini, ongining sarchashmalarini avvalidan boshlab tahlil etadi, o’zining qarashlari va fikr-o’ylarini dalillar yordamida izohlab beradi. Dalillar tufayli u izlanilayotgan narsa haqidagi ilmi yaqiniyaga ko’p qiyinchiliklar bilan erishadi^Shuning uchun u, ilmi yaqiniyani o’zlashtirishni tayyorlashga vosita bo’lib xizmat qiluvchi amaliy san'at qobliyatiga zarurat sezadi. U, inson o’z tadqiqotlari va mulohazalarida foydalanishi mumkin bo’lgan barcha qonunlar haqida gapiradi: ularning ba'zilaridan o’zi va ruhiyati orasida bo’lganni tadqiq etish paytida, ba'zilaridan o’zi va boshqa odam orasida bo’lganni tadqiq etish uchun foydalanadi. Bu san'at, insoning o’zi va boshqa birov o’rtasidagi mavjud narsani o’rganish jarayonida tezda qiyoslar (sillogizm) topish qobiliyatiga erishishga tayyorgarlik ko’rishda bir vosita bo’ladi. Bunday tayyorgarlik o’z mohiyati bo’yicha bu san'atdan inson va uning ruhiyati orasidagi holatni tadqiq etishda foydalanish qobiliyatini beradi.
114
ARASTU FALSAFASI
Inson va uning ruhiyati orasidagi holatni tadqiq etishda, inson o’z qobiliyatidan juda ehtiyotkorlik va nazokat bilan foydalanadi, chunki odam o’zi va ruhiyati orasidagi tadqiq etayotgan holatni tasavvur etayotgan chog’ida uni xuddi birov kuzatayotganga, tekshirayotganga o’xshaydi, aqlining nazokatini va tahsinga sazovor ehtiyotkorlikni namoyon etadi. Shuning uchun bu san'at insonni, o’zi va boshqa bir odam orasidagi mavjud holatni tadqiq etishda foydalanishga, savol va javob shaklida tayyorlaydi.
Ushbu mashqiy, fanni o’rganishga tayyorlovchi va tadqiq etuvchi san'at "sana'i jadaliya" "dialektika san'ati" deb ataladi. Bular haqida Arastu "Kitobi Tubiqa" yoki "Kitob al-jadal" risolasida fikr yuritadi.
Mashqlarga asoslangan san'at, birinchi tadqiqot mavjud bo’lganligiga sababchi san'at bo’lganligidan, savol va javob shaklida tadqiqotda foydalanish uchun tayyorlovchi vosita bo’lib qoladi. Negaki, insonning o’zi va ruhiyati orasidagi holatni tadqiq etishda, uni to’g’ri yo’ldan og’dirib, boshqa tomonga boshlovchi, izlanilayotgan maqsaddan kelib chiqadigan haqiqatga nisbatan adashtiruvchi bir narsani topishiga ishonchi komil bo’lmaydi. Chunki, mashqqa asoslangan tadqiqot, haqiqatni izlashga avvalidanoq faqatgina undaydi xolos, har holda u tufayli inson to’g’ri yo’lda bo’ladi. Ammo, shu vaqtning o’zida u, mashqqa asoslangan san'at uni dallilardan foydalana oladigan bo’lishiga tayyorlaganiga qaraganda ko’proq adashishga moyil bo’ladi. Dalillar qo’llanilganida odam adashmaydi yoki deyarli adashmaydi. Toki u mashqqa asoslangan san'atdan foydalanar ekan, (ba'zan) adashayotganini bilmaydi, chunki u to’g’ri usullar deb hisoblanuvchi dalillar va usullardan foydalanib tadqiqot olib boradi.
Xuddi shunga o’xshash. agar bularnipgJiammasi insonni bu usullarni o’zi va boshqa birov orasidagi munosabatni, bor narsani aniqlash uchun o’tkaziladigan tadqiqotlarda savol va javob shaklida foydalanishga tayyorlaydigan bo’lsa, u holda bu usullarni o’qitish-o’rgatishning shakllari deb bo’lmaydi. U, bahslashuvchilarning beg’araz bo’lish qobiliyatlarini namoyon etish uchun bir mashq bo’lib, agar
115


Download 2,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish