Fozil odamlar shahri. Nodir va dono fikrlar. T.: O'zbekiston



Download 2,02 Mb.
bet42/75
Sana01.06.2022
Hajmi2,02 Mb.
#624043
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   75
Bog'liq
fozil odamlar shahri

ABU NASR FOROBIY
keyingi sohibi qonun joriy etgan qoidalarga itoat etishga xohish paydo bo’lishini (Tangridan) iltijo qiladilar. Aflotun, hayot sohibi qonunda, go’yoki undan keyin boshqa sohibi qonun kelmaydi, degan fikr paydo bo’lmasligi uchun unga ehtiyotkorlik bilan uqdirish zarurligini tushuntiradi. Agar u shunday o’ylasa va bundan xalq xabardor bo’lib qolsa, vaqt o’tishi bilan uning o’rniga boshqasi kelganini ko’rgan xalq uchun bu voqea barcha qonunlarni: o’zining (hozirgi) sohibi qonunini ham keyin kelganining qonunlarini ham rad etishiga sabab bo’ladi. Sohibi qonun xalq bilan birgalikda qonunlarni rad etish va tan olish orasidagi o’rta yo’lni belgilab olmog’i darkor. Buning uchun sohibi qonun o’gitlar, qonunlar va inson illatlarini o’rganish borasida uzoq vaqt ishlaydigan, yordam beruvchi odam paydo bo’lganligidan xalqni xabardor etishi kerak bo’ladi. Agar undan, xayrli ishlarda yordamchi shaxs uning o’ziga o’xshaydimi deb so’rashsa, u inkor etmasligi, aksincha xalqqa zarar keltirmasligi haqida ogohlantirishi zarur. Aflotun shaharlarning aholisi va sohibi qonunlarning hayotidan misollar keltiradi.
U qonunlarning ikki xil bo’lishi haqida gapiradi. Birinchi xil qonunlarga, har qaysi sohibi qonunda uchraydigan qonunlarni joriy etishda, shahar ahvoli va vaqt ziqligidan shoshma-shosharlik asosida paydo bo’lgan holdagilari kiradi. Boshqa bir xUiga esa o’zgarmaydigan va asl holini saqlaydiganlari kiradi, bular – tabiiy qonunlardir. Aflotun bu fikrni qarindosh-urug’larga bo’lgan munosabat, xayrli ishlarni inkor etish va boshqa misollar bilan to’ldiradi.
SAKKIZINCHI BO’LIM
Aflotun birinchi kitobda ham nishonlanadigan bayramlar, ularning tashkil qilinishi haqida eslatadi. U bayramlardan ajoyib foyda borligi haqidagi qiziq fikrni bildiradi. Bu yerda gap, birinchi kitobda aytib o’tilgan foyda haqida emas, xudolarni e'zozlash va ularning nomlarini yangilashdan kelib chiqadigan foyda haqida ketadi. Chunki ularni e'zozlash va madh etish orqali qonunlar ham e'zozlanadi. Xudolarning miqdorini
90
AFLOTUN QONUNLARI MOHIYATI
belgilash va ularning har biriga bayramlar hamda qurbonliq qilish marosimlarini tashkil etish lozim, shunda odamlar poklanadilar. Xudolar ikki xil bo’ladilar: sig’iniladigan osmoniylari va e'zozlanuvchi yerliklari, ammo ularga sig’inmaydilar. Xudolarning har bir turini belgilash uchun, qurbonliq va qonunlarda ko’zda tutilgan ishlar bilan ularning (odamlarga) mehrini orttirish zarur. Bu bayramlarda qurbonliq qilingandan so’ng yoshlar turli jismoniy mashqlar uyushtirishlari kerak bo’ladi. Bayram shod, xurram o’tishi uchun madhiya va hazil-mutoyibadan iborat qo’shiq turlaridan foydalanadilar. Bu xursandchilik va shodiyonalarning hammasi qonunlar yo’rig’iga kirishga targ’ibot etish uchun qilinadi. Madhiya va hazil qo’shiqlar, agar u qonun talab qilganiday haqqoniy bo’lsa, yoshlarning qalblariga jo bo’lib, kurash orqali xayrli ishlarga sazovor bo’lishga undaydi, ularning ra'yini kuchaytiradi, ko’ngillarini to’q etadi va jasoratlarini oshiradi. Bayramlarda qatnashuvchi yoshlar bajaruvchi jismoniy mashqlar yoshlarning shahar uchun foydasi ko’p bo’lgan kurash mahoratlarini va kuchlarini oshirish uchun zarurdir.
Shahar hokimlari o’z ishlariga beparvo bo’lishlari mumkin emas. Bu, qurbonliq qilishlar va shaharlarning ma'lum bir tarkibiy qismi bo’lgan bayramlarni bezatish san'ati bilan mashg’ul bolgan odamlarga taalluqlidir. Hokimlar shahar aholisidan haddan tashqari ko’p odamlarni san'atning bu turi bilan shug’ullanishlariga ruxsat bermasliklari, shahar aholisini buzmaslik uchun ularga shaxsiy erk bermasliklari, bu san'atning yomon tomonJarini ko’rib odamlarda nafrat paydo bo’lishidan saqlash uchun uning yomon jihatlarini namoyish etmasliklari zarur. Bu yerda, o’zi asli tabiatan nafratli va qonunlarga zarar keltiradigan narsalarga nisbatan bo’lgan nafrat tuyg’usi mustasnodir.
So’ngra Aflotun bayram kunlarida bo’iadigan jismoniy mashqlar haqida eslatib, ularni nomma-nom sanab o’tadi va o’sha davrlarda ma'lum bo’lgan o’yinlarning har qaysisi -suvoriylik, jang qurollarini ishlata bilish hamda kurashning foydali tomonlarini ko’rsatib beradi. Ushbu bayramoma ko^ngiixushliklar bayram kuni yoshlarning yuraidariga jo bo’lishini eslatib o’tadi. Yoshlar bunday o’yinlarga qiziqib
91


Download 2,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish