ABU NASR FOROBIY
Hokimlar o’rtasida tabiiy tartibni o’rnata olmagan qonun chiqaruvchi ko’p o’tmay masxara bo’ladi va nihoyat uning ishlari tushunarsiz bo’lib, chiqargan qonuni hamda u bilan birga shaharning o’zi ham inqirozga yuz tutishi mumkin.
Aflotun, agar shahar aholisi ma'rifatsiz, tajribasiz odamlar va bolaiardan iborat bo’lsa, u holda ular sohibi qonun o’rnatgan tarlib va boshqaruv usulini yaxshi qabul qilmaydilar, deb hisoblaydi. U, qonunning tartib-qoidalarini qabul qilishning shart-sharoitlari haqida gapirib, shahar ikki holda: yo u qadimiy bo’lgani uchun yoki yangi bo’lganidan aholi bilan gavjum bo’lmasligini ko’rsatib o’tadi. Agar shahar qadimiy bo’lsa, u holda qonun chiqaruvchi rahbarning ishi osonlashadi, chunki bu shaharda aholi axloqi va ahvoliga ta'sir o’tkazuvchi hamda keyingi qonunlarga muqaddima bo’ladigan avvalgi qonunlar kuchini yo’qotmagan bo’ladi, agarda shahar yangi bo’lsa, u holda sohibi qonunning ishi ancha qiyinlashadi, chunki u, odamlar orasidan qonunlarni qabul qilishga tabiatan tayyor bo’lgan kishilarni tanlab olishi kerak bo’ladi, shunda sohibi qonun ular bilan hamkorlikda ishlay oladi, ko’ngillarida qonunga hurmat uyg’ota oladi va ularni yordamga jalb eta oladi.
Agarda, ushbu shahar qonunlari bilan boshqa shahar fuqarosi tanishib, shu shahar aholisiga vatandosh bo’lganlari uchun ularga ergashsalar, u holda bu shaharga mansub qonunlar boshqa shaharlarga ham taalluqli bo’ladi. Qonunlarni joriy etish uchun hayot tajribasiga ega va xush xulqli odamlarni jalb etish kerak, ammo aslo bu ishga go'1 va johil odamlarni yo’latmaslik darkor. Agarda sohibi qonun tasodifan bundaylarga ro’bary bo’lib qolsa, ularni tartibga solish uchun nimanidir ularning tabiatiga mos ravishda o’zgartirib tartibga solishi va qonunlarini tan oldirib, o’sha qonunlarga bo’ysunib yashay olishlariga ishontira olishi kerak. Biz avval eslatib o’tgan bu fikrni Aflotun ham Krit va boshqa shaharlarning aholisi haqidagi misollarda ta'kidlab o’tadi.
Aflotun, yangi qurilayotgan shahar qanday ahvolda bo’lishi, unda odamlar qanday joylashishi, hayot kechirish uchun zarur mahsulotlar qanday taqsimlanishi, aholi nimaga
84
AFLOTUN QONUNLARI MOHIYATI
muhtoj bo’lishi mumkinligi, yoshlariga qarab vazifaiar qanday bo’lishi haqida gapiradi.
Oqsoqollar amalga oshiradigan va takomillashtiradigan ishlar yoshlar uchun to’g’ri kelmaydi. Fayiasuf buni ishonchli ravishda isbotlaydi.
Aflotun, odamlar orasida tartib o’rnatilgandan so’ng urush bo’lib qolish ehtimolini hisobga oiib, harbiy qo’mondonlarni va boshqa rahbarlarni tayinlash kerak, deb ta'kidlaydi. Keyin u tartibot g’oyasiga taalluqli boshqa bir fikrni eslatadi. Ehtimol, butunlay to’g’ri tartibni darhol o’rnatib bo’lmas, deydi u. Agar ba'zi noshud va ishni uncha yaxshi bilmaydigan hokimiar (ishdan) chetlatilganda, ulardan faolroq va ustaroq boshqa biri topilsa, u holda ikkinchisi faqat oqko’ngillik va haqgo’ylik bilan oliy maqsadga yetish uchun tartib o’rnatadi.
Aflotun, kengashlar o’tkazilayotganda vazirlar, savdogarlar va mansabdorlarning bajarayotgan ishlariga, ulaming o’zaro munosabatlariga — ahil yoki noahil ekanliklariga katta e'tibor berish zarurligini va shu bilan birga sohibi qonunlar va shahar aholisi tomonidan ularning fazilatlarini e'tirof qilib rag’batlantirish kerakligini ta'kidlaydi. Aflotun rahbarlar uchun zarur bo’lgan turli fazilatiarni tushuntiradi. Eng birinchi fazilat -- oqko’ngillik, ikkinchisi -- mehr- / shafqat, uchinchisi - kelajagi porloq bo’lishi, to’rtinchisi —v obro'-e'tibor qozonganligi deydi u. Yo’lboshchilarga kelsak, ularning barcha fazilatlari foydali bo’Hb, moddiy ne'matlarga taalluqli, ularning o’rtasidagi tartib, boyliklari miqdori asosida bo’lishi zarur. Bu tartiblaraing hammasiga rioya qilish kerak. Aflotun o’z fazilatini qabohatga almashtirgan, tanbal va o’jar odamlarga qarshi hokimlar kurashsalargina ma'qul tartib bo’lishi mumkinligini tushuntiradi. Agar ularning fazilat va qabohatlarini huquqshunos hisobga olib tartibga keltirmasa, qonun buzilishi mumkin.
Aflotun shaharda tartib o’rnatish bo’yicha qiziq bir g’oyani eslatib o’tadi. Bu - do’stlikni paydo qiluvchi tenglikka taalluqli bo’iib, ularning ikkalasi ham tartib o’rnatishda katta ta'sir kuchiga ega. Qullar va badarg’a qilingan odamlar bilan erkiu bo’lib tug’ilgan va fazilatli odamlar teng darajada fozil
85
Do'stlaringiz bilan baham: |