ABU NASR FOROBIY
qanday qilib do’st bo’lib qolgani haqidagi voqeani eslatib o’tish o’rinlidir. Qonun chiqaruvchi, qo'1 ostidagilarning do’stlik tuyg’ulari mavjudligini kuzatgan holda, qonunning kamchilik va illatlardan xoli bo’lishini ta'minlashi uchun joriy etgan qonunlarini chuqur ishonch va bilim bilan takomillashtirishi zarur. Aflotun, qonunlarning erkin itoat etish yo’li bilan qabul qilinishi va undan keladigan foyda hamda qonunlarga qullarcha itoat va majbur etish yo’li bilan qabul qilinishi va undan keladigan zarar masalalarini tushuntiradi. Aflotun xudojo’ytikda payg’ambarona karomat-ning ahamiyati haqida eslatib o’tadi. Agar shahar o’z qonun-chiligida haqiqiy muhabbat, yuksak axloq, barkamol aqlga ega bo’lmasa, uning qismati halokat va parokandalik bo’ladi, agarda bu uch (go’zal nuqtalar) bo’lsa, oqibatda u farovonlik va baxtga yetishadi. Buni Aflotun butun shaharga ham, bir uyga ham bitta odamga ham barobar taalluqli deydi.
TO’RTINCHI Bo’LIM
Aflotun, o’z mavqei va odamlar jamoasi borligi uchungina shahar deb ataluvchi shahar, haqiqiy shahar emasligini, haqiqiy shahar aholisi adolatli qonunlarga va boshqaruv qoidalariga rioya qilishlariga, xudo yorlaqagan rahbarga ega bo’lishiga va odamlarning tahsinga loyiq odatlari va axloqi ro’yobga chiqishiga shart-sharoit yaratilgan, joylashgan yeri, tabiiy sharoiti qulay, ya'ni unga aholi uchun oziq-ovqat va boshqa zarur narsalarni olib kelish mumkin bo’lgan shahardir, deb tushuntiradi.
Aflotun, agar biror odamning odati va tabiati (adolatli) Qonunga mos, go’zal va talabga javob beradigan bo’lmasa, u doimo pastkash, jirkanch bo’lib, har gal qonunni buzganida jinoyatchi sifatida qoralanadi, degan g’oyani ham eslatib o’tadi. Misol tariqasida u, dengizda suzish va shunga o’xshash sarmoya keltiradigan ishlarga hamda turli san'atlar (hunariar) bilan shug’ullanishga o’zlarini majbur etgan, o’z ruhlarini tarbiyalab keyin esa mashqni to’xtatib qo’ygan jasur odamlar haqida hikoya qiladi. Aflotun, o’zlarining mashhur shoirlari
76
_____________________AFLOTUN QONUNLARI MOHIYATI
Homerning, o’zini-o’zi mensimay qo’ygan arslonning oxiri jasurligini yo’qotib, ohulardan ham qo’rqadigan bo’lib qolganligi haqidagi she'rini keltiradi. Aflotun mamlakatdagi tuzumning go’zal va yaxshi bo’lishini qonun chiqaruvchining bilimdonligi hamda o’zga tuzumlardagi farovonlik va boshqa ijobiy jihatlardan xabardorligi bilan bog’liq, deb hisoblaydi. Yana sohibi qonun mamlakat aholisini boshqaruv silsilasidagi qonunlarga rioya qilishlarini va bo’ysunishlarini ta'minlay olsagina a'lo darajadagi davlat tuzumi bo’lishi mumkin, deydi. Aflotun hokimiyat masalasiga ham e'tibor beradi; ehtimol, mamlakat aholisi xushxulqqa ega bo’lmagan taqdirda hokimiyatga ehtiyoj tug’ilar. Agar hukmdor, zarurat yuzasidan va shahar aholisi uchun emas, balki o’z odatiga ko’ra hokimiyatga ega bo’lsa, bunday hokimiyat qoralanadi. Ammo, shaharni itoatda saqlash uchun boshqaruvchiga ehtiyoj bo’lishi ham mumkin. U shaharni itoat qildiradi, qonunlarni joriy qiladi va bu qonunlar qanchalik ilohiy, adolatli bo’lsa, shunchalik tahsinga sazovor va qoniqarli hisoblanadi. Agar hokimiyat masalasi haqida mulohaza qilinadigan bo’lsa, bu jihatdan hokimiyat ixtiyoriy qabul qilinganda ko’proq ma'qul va har tomonlama qulay hisoblanadi, chunki hokim o’z hukmini aholiga tavsiya qilish bilan ularga qisqa muddatda o’zlarini tuzatib olishga imkoniyat yaratib beradi. Agarda, hokim shahar ahliga o’z hokimiyatini tavsiya qila olmasa, ishlar mushkullashadi, hokimning foyda keltirishga imkoniyati bo’lmay qoladi va uning xayrli ishlarni amalga oshirish muddati cho’zilib ketadi. Aflotun, qullar va johil odamlar ustidan hukmronlik va ularni hokimiyatga bo’ysundirish haqiqatan to’g’ri ish ekanligini, shu bilan birga erkin va mehr-shafqatlilarni bo’ysundirish o’ta bema'nilik ekanligini tushuntiradi.
Aflotun shahar aholisi qanchalik mehr-shafqatli bo’lsa, ularni boshqaruv shunchalik yuqori darajada ilohiy bo’ladi, deb hisoblaydi. Agar ularning hokimi noloyiq bo’lsa, u holda, toki u ilohiy avlodga mansub shahar hokimi bo’lish darajasiga yuksalmaguncha, aholining ozgina qismidan tashqari, boshqa o’z hukmi ostidagilar bilan til topisha olmaydi. So’ngra u
77
Do'stlaringiz bilan baham: |