Fozil odamlar shahri. Nodir va dono fikrlar. T.: O'zbekiston



Download 2,02 Mb.
bet33/75
Sana01.06.2022
Hajmi2,02 Mb.
#624043
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   75
Bog'liq
fozil odamlar shahri

ABU NASR FOROBIY
baxtiqaro sezishib, bir-birlariga xushmuomalada bo’lib, mehr bilan qaraganlar. Odam avlodining ko’payishi natijasida ular orasida hasadgo’ylik, jaholat paydo bo’ldi va ular o’zaro urusha boshladilat. Bu paytda, to’fon tufayli eng zarar ko’rgan san'atlar (hunarlar) umuman yo’q bo’lib ketdi. Asta-sekin, ma'dan qazib olish, daraxtlarni kesish, ustaxonalar, uylar qurish zarur bo’lgani tufayii hnnarlarni qayta tiklay boshladilar. Bu ishlar faqat kitoblardan bahramand bo’luvchilar uchungina qiyinchilik tug’dirmaydi. Odamlar o’zlarining asl mohiyatlari (nima uchun yaratilganliklari, maqsadlari, vazifalari nimada ekanligi) haqida fikr yuritib, sarfat vositalarini idrok eta boshlaydilar. Avvaliga sarfat (hunar) shunchaki, o’z holicha zarur edi, keyinchaJik esa, xuddi, nozik va himoyasiz a'zolarni berkitish va issiq, sovuqdan saqlanish uchun yaxshi kiyimlar kerak bo’lganiday, go’zal va chiroyli buyumlarga ehtiyoj tug’ildi. Keyincha ular bu buyumlarning eng chiroylilariga alohida e'tibor bera boshlaydilar. Aflotun, odamlar avvaliga, shaharlar, qal'alar va usti berk, pana joylarda vahshiy hayvonlar yoki kuchsiz mavjudotlar singari boshpana qilganlar, deb hikoya qiladi. Keyinroq bir-birlaridan saqlanish uchun istehkomlar qura boshlaganlar. Shunday qilib, asta-sekin ular orasida urushlar chiqa boshlagan.
Aflotun yana urf-odatlar, ularning otaiardan farzandlarga qanday o’tishi haqida ham ma'lumot beradi. Agar bu jarayon birlik-birdamlikni idrok etishiga olib keladigan bo’lsa, u holda, turli hayot tarzidagi odamlarni, katta, obro’li oilalarning tabarruk yoshdagi otalar va farzandlarni farog’at keltiradigan birdamlikka birlashtiradigan qonunlar yaratishga majbur etadi. Aflotun elladaliklar shahri va uning bunyod etilishini tasvirlagan Homerga murojaat etadi. Yana Aflotun jaholat va zo’ravonlikka ruju qo’ygan bir shahar aholisidan boshqa bir shahar aholisi jabr-sitam chekadigan urush g’ayriqonuniy bo’lgani uchun (hech qanday) foyda keltirmasligini tushuntiradi. Misol tariqasida u qadimiy yunonlar g’alaba qozonib zabt etgan shaharlarni keltiradi va o’sha shaharlarning ahvoli haqida eslatib o’tilgan ma'noda mulohaza yuritadi.
72
AFLOTUN QONUNLARI MOHIYATI
Aflotun, bir shaharda ko’ngli tusagan ishni qilib yuradigan bir hokim yashardi, deb hikoya qiladi. Ushbu shaharda yashaydigan odamlar har jihatdan unga taqlid qilishgani uchun hayotlari borgan sari aynib boradi, natijada shahar inqirozga uchraydi. Bu ikki sabab bilan yuz beradi: biri -o’zlariga foyda keltirishi mumkin bo’lgan vazifalarni bajarmagan odamlarning hayot tarzi nopokligidir. Boshqa bir sabab — ularning ustidan boshqa hokimlarning mavjudligidir. Bu hokimiyat balki qonuniy ravishda amalga oshirilgandir, lekin shunday bo’lgan taqdirda, bir davlatdagi bir necha hokimlar Aflotun eslatib o’tgan, uning davrida mashhur bo’lgan shaharlardagi kabi ilohiy qonun qabul qilish uchun birlashgan bo’lar edilar. Aflotun o’zi keltirgan misollardan birida tushuntirib o’tgani kabi, biror xalqqa mansub, tug’ma odatlarni inobatga olmaganda, uning fikricha, bir shahar aholisi boshqa bir shahar aholisiga qaraganda o’z qonunlarini tezroq buzadi.
Aflotun aytadiki, maqtov ba'zan qonunning barqarorligiga olib keladi va inson, o’z mohiyati boyicha farovonlik keltirmaydigan narsani ham ma'qullashi mumkin. Farovonlik keltirmaydigan va baxt sari olib bormaydigan qonunni qanday qilib ma'qullash mumkin? Aflotun, bu juda mushkul masala, deydi va ushbu misol orqali tushuntiradi: ajoyib kemani ko’rib turganlar unga ega bo’lishni xohlaydilar yoxud farovonlik va beqiyos boylik xush yoqqani uchun ularni ko’rgan odamlar hammasiga ega bo’lishni istab qolishadi. Balki bular haqiqiy farovonlik keltiruvchi narsalar ham emasdir. U yana tushuntirib aytadiki, go’daklik paytida bolaga biror narsa yoqishi mumkin, lekin u ulug’aygandan so’ng avval xush ko’rgan narsasini xohlamaydi, demak, uni ma'qullamaydi ham. Ushbu (hozir xohlanmagan) narsa esa o’zining asl mohiyatini o’zgartirmaydi. So’ngra Aflotun, qaysi hollarda xohlangan biror narsa haqiqatan ham yaxshi, foydali, qachon yaxshi emasligini isbot qiladi. Biz bilamizki, bola bir narsani xohlaydi, uning otasi esa o’sha narsani xohlamaydi. Ota ushbu xohish bolani tark etishini xudodan iltijo qiladi, chunki ota oqil, bola esa
73


Download 2,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish