Fozil odamlar shahri. Nodir va dono fikrlar. T.: O'zbekiston



Download 2,02 Mb.
bet30/75
Sana01.06.2022
Hajmi2,02 Mb.
#624043
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   75
Bog'liq
fozil odamlar shahri

ABU NASR FOROBIY
zarur. Chunki yaxshi fazilatlarga erishish qiyin. Odam faqat illatlardan forig’ bo’lgandan so’nggina yaxshi fazilatlarga erisha oladi. So’ngra u har bir inson tabiatiga ma'lum bir xislat to’g’ri kelishini aytadi. Har bir ayrim sharoitda o’zining yo ma'qullovchi yoxud nomaqbul deguvchi qarorini chiqarishi uchun sohibi qonun ham, insonning o’zi ham shu narsalarni (ya'ni insondagi bu xususiyatlarni) bilishlari kerak, bu o’sha qarorning yo’qolmasligi uchun ham zarur. Agar biror qaror noo’rin chiqarilsa, bu holda u yo’qolib ketadi va undan nom-nishon qolmaydi.
IKKINCHI BO’LIM
Aflotun, inson tabiiy xislatlarga ega — bular undagi xulq-atvor va xatti-harakatlarga sabab bo’ladilar, deb tushuntiradi. Sohibi qonun bu xislatlarni nazarda tutishi, ularni tuzatishi, shu xislatlarni tuzatuvchi qonunlar chiqarishi kerak, chunki bu bilan sohibi qonun fuqaroning xulq-atvorini ham tuzatadi...
Rohatlanish, dard chekish va qayg’urish asosiy tabiiy
xislatlar hisoblanadi, ular tufayli fazilatlar va illatlar
o’zlashtiriladi. Va nihoyat, balog’at va bilimlarga, ya'ni
rivojlanishga tarbiya va mashq orqali erishiladi. Sohibi qonun
odamlarga o’zlarini tiyibroq turishlarini buyurgan bo’lsa ham,
odamlar bayramlarda va orom olganlarida rohatlanadilar,
chunki odamda rohatlanishga tabiiy moyillik bor. Bunday
rohatlanish tuyg’ularini xudo taolo ato etgan. Musiqaga
bo’lgan moyiliik ham shunday: tabiiy mayl tufayli, musiqadan
xabardorlik natijasida rohatlanish paydo bo’ladi. Aflotun
yunonlarda mashhur bo’lgan ommaviy raqslar va surnay
navolarini misol qilib ko’rsatadi. U har bir ayrim holda,
go’zallik nima-yu, xunuklik, bema'nilik nimaligini tushuntiradi.
Go’zallik - bu turli musiqalar, yaxshi xulq-atvorga to’g’ri
keladigan, masalan, saxiylik va jasurlik kabi yaxshi, ijobiy
xislatlar - odamlar erishishiga havas qiladigan narsalardir.
Xunuklik — be'manilik esa yomon xislatlarga undaydi. Aflotun,
Misr ehromlarida mavjud bo’lgan kuy va tasvirlarni misol
qilib ko’rsatadi. bu ehromlarda qafiy qonun o’rnatilgan
bo’lib, ular ilohiy deb e'lon qilingan.
66
AFLOTUN QONUNLARI MOHIYATI
Aflotun, xursandchilikni xotirjam va sovuqqon qabul qiluvchi katta odamlarga nisbatan o’smirlar rohatlanishdan olgan quvonchni anchagina kuchliroq his etishlarini ta'kidlaydi.
Chinakam qonun o’rnatuvchi yangi qonun qabul qilayotganida uning mamlakatdagi barcha tabaqalar va avlodlarga, barcha viloyatlarning aholisiga baxt-saodat, shod-xurramlik keltirishini hisobga oladi. Qonunda odamlarning barcha xislatlaridan farq qiluvchi xislatlarini ham hisobga oladi va u chiqargan qonunda sozandaning tug’ma xislatlari ham hisoabga olinishi kerak. Xalqlarni birma-bir mag’lub etishga qaratilgan qonun qabul qiluvchi rahbarlar ma'rifatli sohibi qonunlar qatoriga kirmaydilar. Bilimdon qonun o’rnatuvchi, masalan, sozandaning tug’ma fazilatlarini ham yuzaga chiqartiradi. Demak, qonun turli-tuman fe'1-atvordagi, turli-tuman xislatli odamlar xayrixohlik bilan kutib olishiga arziydigan bo’lishi zarur. Idrokli va tajribali odamni bo’ysundiruvchi qonunni joriy etish, olomon va tajribasiz odamlarni olimlarga tenglashtirib bo’ysundiruvchi qonunni joriy etishdan ko’ra ma'qulroq va afzairoqdir. Buni katta yoshdagi, tajribali va matonatli odamlar davrasida qo’shiq aytuvchi xonandaga o’xshatsa bo’ladi. (Bu odamlar qonunni to’g’ri tushunuvchilar bilan qiyoslanayotganga o’xshaydi).
Sohibi qonun ham, uning ko’rsatmalarini bajaruvchilar ham xalqning juda ko’p, turli-tuman ishlarini nazorat qilib turishlari zarur, toki hech bir ish ularning nazaridan chetda qolmasin. Agar ular bunga befarq qarasalar, u holda ta'sirlari bo’lgan barcha sohalardan ularni chetlatish kerak, agar ular biror narsaga uzoq vaqt e'tibor bermagan bo’lsalar, unda ularning sinchkovligi nom-nishonsiz yo’q bo’lib ketadi, bu ularga odat bo’lib qoladi va o’z e'tibors!ziiklari natijasida me'yor bilmay qoladilar, ular o’ziariga ergashib, ta'lim oladigan bolalar va o’smirlarning ishlaridan bexabar qoladilar. Agar yoshlar maishatga o’rganib, qonunga zid ravishda dilxushlik qilib va rohatlanib yursalar, sohibi qonunlar ularni tuzatishlari qiyin, ammo rohatlanishlarini qonunga
67


Download 2,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish