ABU NASR FOROBIY
xislatlarini bilniasligi mumkin. Ashyoning asl mohiyatini, uning yaxshi va oliy sifatlarini, yomon va be'mani xislatlarini bilganlaridagina bu ashyo haqida mukammal bilimga ega bo’lishlari mumkin.
Qonunlarni, hamma san'atlar (hunarlar) va fanlarga oid bilimlarni ham shunga o’xshatish mumkin. Hokim shularga yo yaxshi yoki yomon munosabatda bo’lishi uchun o’sha sohalarning mohiyatini bilishi zarur. Hokim har sohaning yuqoridagi uch jihatini yaxshi egallashi, ular haqidagi bilimini kamoiatga yetkazishi, to’g’ri va haqqoniy boshqaruvi uchun ularni bilishi kerak. Qonunni yaratuvchi, bu uch narsani (ya'ni: mohiyat, sifat va xislat) yaxshi bilib olgan taqdirdagina o’sha qonun eng yaxshi qonun bo’ladi. Agar o’sha uch jihatni to’g’ri tushunmasa, u qanday qilib qonunlar yaratishi mumkin? Bu faqat qonunlargagina emas, baiki har qanday ilm va san'atga ham taalluqli. Aflotun she'r!arni misol qilib ularning (umurniy) o’lchovi, vazni, ohangi haqida gapirib, buiaming ijodkorlari hamda bu san'atning hamma turlaridan bahramand bo’lgan odamlarni tilga oladi.
Aflotun, qonunlardagi har bir ko’rsatmadan mohiyatiga qarab foydalanish zarurligini tushuntirish uchun misol sifatida yana raqs va nay chalish haqidagi gapini davom ettiradi. Kimda kim biror narsani talqin qilishda va undan foydalanishda haqiqatga xilof ish qilsa, u odam eng qattiqqo'1, johil va bema'ni odam hisoblanadi, unday odamdan darhoi voz kechish kerak.
o’zlariga malum bo’lgan musiqaviy san'atlardan to’g’ri foydalanishga odatlangan odatnlar tahsinga sazovardirlar. Ularning ma'nosini o’zgartirib, o’rinsiz va mavridsiz foydalanuvchilar yomonlanishga va qoralanishga loyiqdirlar, chunki bu bilan g’am-kulfatga sabab bo’ladilar. Yunonlarda qo’shiq san'ati muhim o’rin tutadi, shuning uchun sohibi qonunlar unga alohida g’tibor berishlari darkor. Darhaqiqat, qo’shiq san'ati juda foydali, ayniqsa o’zining ruhiyatga ta'siri hamda ruhiyatga aloqador bo’lgan qonunlarga ta'siri bilan nihoyatda foydalidir.
70
AFLOTUN QONUNLARI MOHIYATI
Ushbu bobda Aflotun, badan uchun juda zarur bo’igan jismoniy mashqlar ruh uchun ham shunday zarurdir, chunki badanni pok, sog’lom etish ruhni ham pok, sog’lom etadi, deydi.
Keyin Aflotun boshqa bir masalani tushuntirishga o’tadi. Shunday narsalar borki, ulardan bir qonunda foydalanishadi-yu, boshqasida uni jirkanch va nojo’ya deb voz kechishadi. U shu o’rinda mayxo’rlik haqidagi misollarni keltiradi. Yunoniarda bir guruh odamlar may ichishgan, boshqalari esa ichishmagan. Ba'zan zarurat yuzasidan may ichishga ehtiyoj bo’lgan, masalan, es-hushini yo’qotish uchun, ayollarni to’lg’oq tutganda, yoki badan yarasi kuydirilayotganda yoxud badan behol bo’lib qolganida.
UCHINCHI BO’LIM
Aflotun ushbu bo’limni turli qonunlarning vujudga kelishi, yo’qolishi va yangilanishi faqat uning zamonasigagina taalluqli bir yangiiik emasligini tushuntirishdan boshlaydi. Zotan, qadim zamonlarda ham shunday bo’lgan va kelgusida ham shunday bo’ladi. Aflotun, qonunlarning bekor qilinishi va yo’qolishiga ikki sabab bor, deb hisoblaydi, Birinchisi — iilarning amalda qo’llanishi muddatining cho’zilib ketishi bo’lsa, ikkinchisi - dunyoda hamma xalqlar uchun halokatli to’fon, vabo kasalligi kabi ommaviy falokatlarning ro’y berishi oqibatidir.
Aflotun yangi shaharlarning qanday bunyod etilishi, ularda boshqaruv va qonunlarga ehtiyoj qanday tug’ilishi haqida yozadi.
Misol tariqasida u hamma shaharlarni yakson etgan umumjahon to’fonini keltiradi. To’fondan keyin shaharlar (yana) qad ko’tarib rivojlana boshlaydi, u yerda odamlar to’planib, xalqlar va shaharlar vujudga keladi. U, avvalgi shaharlar qanday vayron bo’lganligi va keyinchalik qanday qilib boshqa shaharlar qurilganligi haqida gapiradi. Avvaliga bu shaharlardagi odamlarning axloqi tahsinga sazovor bo’igan, lekin odamzot avlodi ko’paya borgan sari bu xulq o’zgara boshlagan. Oldiniga (ya'ni to’fondan keyin) ular o’zlarini
71
Do'stlaringiz bilan baham: |