Fozil odamlar shahri. Nodir va dono fikrlar. T.: O'zbekiston



Download 2,02 Mb.
bet34/75
Sana01.06.2022
Hajmi2,02 Mb.
#624043
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   75
Bog'liq
fozil odamlar shahri

ABU NASR FOROBIY
nodondir. Oqil, idrokli insonlar xohlagan narsa yaxshi, farahbaxshdir; lekin nodonlarning xohlaganlarini rad etmoq kerak.
Aflotun yaxshilik, saodat nimaligini tushuntiradi, bu — qonun shahodat berishicha, amal qilinishi zarur, afzal ko’rilishi kerakbo’lgan oqillikdirva unga hamisha intilib yashash kerak. Qonun chiqaruvchi — sohibi qonun ruh va idrokni rivojlantiruvchi omillarga intilishi va o’sha omillarni rag’batlantirishi zarur. Va agar bu narsalar har safar ishonchli bo’lsa, u holda qaror ham ishonchli bo’ladi. Tarbiya oqillikni vujudga keltiradi. Kishining tarbiyasi bo’lmasa, u bema'nilikni xush ko’radi. Qonun farovonlik yo’lidir, shunday ekan, sohibi qonun tarbiyani mustahkamlashga alohida harakat qilishi zarur. Agar tarbiya shaharlarning hokimlari va ularga o’xshagan odamlar tabiatlarining uzviy bir qismi bo’lsa, Aflotunning fikricha, ularni quvvatlashdan, ularning sofdilliklari va eng yuksak xislatlar majmuasi bo’Igan hikmatdan kelgan farovonlikdan ham afzalroq natijaga erishiladi.
Aflotun, shaharda hokimlar va bo’ysunuvchilar bo’lgan taqdirdagina u yerda qonunchilikning barkamol bo’lishi mumkinligi haqida yozadi. Hokimlar, asl olijanob oqsoqollar singari ulug’vor yoshda va hayotiy tajribaga ega bo’lishlari kerak. Bo’ysunganlar esa go’daklar, yoshlarvajohil odamlardan tashqari, qolgan hamma kishilardir. Ishda bunga qanchalik rioya qilinsa, shimchalik to’g’ri bo’ladi. Agar hokimlar tarbiyasiz bo’lsalar, Aflotuning fikricha, u holda ularning ishlari ham, fuqarolarning ishlari ham inqirozga yuz tutadi. U misol tariqasida yunon hokimlari haqida gapiradi. Agar ular ilm egasi bo’lmaganlarida qo'1 ostidagilarning va o’zlarining ishlarini barbod etib, shaharlarni halokatga uchratgan bo’lardilar.
Hokimlarning nodonligi esa xalq uchun eng katta zarardir. Aflotun, hokimning tarbiyali, boshqaruvining ko’ngildagidek bo’lishi shahar aholisi uchun juda muhimligini uqtiradi. Bu-badanga ovqat, kemaga malloh (dengizchi) kerak bo’lgani kabi zaruriy narsadir, deydi u.
74
AFLOTUN QONUNLARI MOHIYATI
Kasal badan qiyinchiliklarga chidamsiz va yaxshi, samarali ishlarni bajarishga qobiliyatsiz bo’lgani kabi kasal ruh ham eng yuksak va foydali narsalarning farqiga bormaydi. Va ularni saralab ololmaydi. Ruhning kasalligi ilohiy boshqaruv odobini rad etadi. Aflotun, o’zlarini bilimdon va xushxulq deb bilgan, lekin aslida unday bo’lmagan hokimlarning o’z shaxsiyatlariga ortiqcha e'tibor talab etishlarini va ishni barbod qilganliklarini misol qilib keltiradi. U aytadiki, xalq qonun chiqaruvchiga ergashishi uchun qonunning qafiyligi — olihimmat bo’lishi, uning (qonunning) kamchiligi - yengilroq bo’lishi uchun, sohibi qonun boshqaruv sohasida ulkan ishlarni amalga oshirmog’i kerak, aks holda ishning mushkilotlari chuqurlashib ketadi. Uning tushuntirishicha, ishni barbod qilgan hokimlar ko’p bo’lgan va sohibi qonunning maqsadi aynan hokimlarga qaratilgan bo’lishi, belgilangan maqsadi cho’zilib ketmasligi, uning qonuni abadiy bo’lib qolmasligi zarur. Agar sohibi qonun maxsus va mustaqil qonunga ega bo’lmasa, u holda uning ishi xayrixohlik bilan qabul qilinmaydi.
U yana, sohibi qonun uchun eng foydali va tahsinga loyiq narsa qonunning ixtiyoriy zarurat usulida amalga oshirilishi, shuningdek, hasad xizmatkorlar tabiatiga mos bo’lgani uchun, hokim hasaddan holi bo’lishi kerak, deb tushuntiradi. Agar qonunchilik erkinlik bilan ixtiyoriy amalga oshirilsa, u holda bo’ysunish va itoat ham fuqaro tomonidan xayrixohlik va quvonch bilan qabul qilinib, uzoq muddat davorn etadi. Bu g’oyalar va ularning aksini u, forslar, Eron hokimlarining hayoti va odatlaridan keltirilgan misollar bilan to’ldiradi.
Aflotun, mehr-shafqatlilik va axloqlilik tushunchalari haqida gapirib, sohibi qonun inson tabiatidagi bu xislatlarni alohida inobatga olishi zarurligini va shu xislatlarning ta'sir kuchiga qarab ish yuritishi joizligini eslatib o’tadi, toki qonun chiqaruvchi qonunni qullarcha itoatkorlikni talab qilish yo’li bilan emas, balki erkin ravishda qabul qildira olsin. Aflotun o’z hikoyalarida eslatib o’tgan forslar misolida, hokimiyatning hokimdan o’g’liga o’tishi misolida va dengizdagi urushdan qanday o’ljalar olingani misolida, qullarcha itoatkorlikning illat ekanligini ko’rsatadi. Bu yerda, bir shahardagi dushman
75


Download 2,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish