Fozil odamlar shahri. Nodir va dono fikrlar. T.: O'zbekiston



Download 2,02 Mb.
bet31/75
Sana01.06.2022
Hajmi2,02 Mb.
#624043
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   75
Bog'liq
fozil odamlar shahri

ABU NASR FOROBIY
bo’ysundirishlari zarur, balog’atga yetgan yosh yigitlar esa bu shart-sharoitlarga ko’nikishlari va undan foydalanishlari kerak.
Sohibi qonunning har bir guruh odamlarga murojaati tushunarli bo’lishi zarur. Buning uchun qonun chiqaruvchi odarnlarning idrok etish imkoniyatlarini hisobga olishi kerak, toki odamlar uni tushunsinlar. Chunki, odamlarga biror narsani tushunish va amalda qo’llash qiyin bo’lishi munikin. Tushunmovchilik bunday sohibi qonundan voz kechishga turtki va ag’darib tashlashga sabab bo’lib qolishi mumkin. Shu munosabat biian Aflotun, bir bilimdon va mehrli tabib shifobaxsh dori tayyorlab, bemor yaxshi ko’radigan ovqatga qo’shib berganini misol qilib ko’rsatadi.
Aflotun, mutlaq ezgulik bo’lmagan nisbiy ezgulikni tushuntiradi. o’z so’zlarining to’g’riligini isbotlash uchun sog’liq, chiroylilik, boylik kabi ko’p avlodlar tomonidan xayrli deb hisoblangan ezguliklar eslatilgan qadimiy she'rni keltiradi. U, bularning hammasi e'tiborli insonlar uchun ezgulik ekanligini tushuntiradi. Johii va adolatsiz kishilar uchun esa ezgulik yo’q va ular baxtga erisha olmaydiiar. Ular uchun hatto hayot ham bir kulfatdir.
Agarda yaxshilik, ezgulikka oid qonun mavhum bo’lsa, sohibi qonunlar va ularning pandlarini yozib boruvchilar va shoiriar ularning so’zlaridagi xatolarni tushuntirish uchun bunga jiddiy e'tibor berishlari kerak bo’ladi. Aflotun, "hamma ezguliklar ayni paytda yoqimli", "nimaiki chiroyli va ezgu bo’lsa, xayrli va yoqimli", ammo "ko’p yoqimli narsalar xayrli emas" degan iboralarini tushuntiradi. Ezguligi yo’q, faqat yoqimli narsalar bilan esa aqli kalta odamlar rohatlanadilar. Ezguiik, yaxshilik, ulardan hosil bo’ladigan natijani biluvchi odamlar uchun yoqimlidir, bilmaydiganlar uchun esa yoqimsizdir. Ayrim bir oilaning turmush tarzi haqida ham shunday deyish mumkin.
Aflotun aytadiki, bir odamga taalluqli qoida, hamma odamiar uchun shart emas, bir guruh uchun yaratilgan qonunlarga, bosliqa guruhdagi odamlarning rioya qilishlari ham shart emas. U quyidagi misolni keltiradi: qarilikning
68
AFLOTUN QONUNLARI MOHIYATI
xususiyatlarini nazarda tutganda, keksa yoshdagi odamlar uchun raqs tushish yarashmaydi. Agar bunday odam o’rinsiz shu ishni qilsa, u ko’zga xunuk ko’rinadi va odamlarga xush kelmaydi. Agar u bari-bir shunday qilsa va uning o’zini bunday tutishi yarashsa niraa bo’Iadi? (Forobiy bu savolni Aflotunning fikriga qarshi qo’yayotganga o’xshaydi) Aflotun, bir chol o’ziga yarashniasa ham nay chalib, raqs tushgani voqeasini rnisol qilib keitiradi. Bu bayramda qatnashayotgan odarnlar unga qo’shilib o’ynamaydilar, quvonib shod-xurram bo’imay, beparvo tomosha qiiadilar. Agar nay chalib, raqs tushishga ehtiyoj bo’lmasa-yu, bu ish qilinsa, u holda noxushlik va odobsizlik hisoblanadi. Shunday qilib, agar nimaiki qilinsa ham, vaqt va sharoitga to’g’ri kelmasa keltirilgan misollardagi kabi bu chiroyli xatti-harakat hisoblanmaydi.
Shunga o’xshash, agar xatti-harakat zaruratsiz amalga oshirilsa, u noxush va tahsinga sazovor emas. (Buning ustiga) tomosha qilayotganlarda, ayniqsa tajribasiz odamldrda, u jirkanish tuyg’ularini uyg’otadi. Aflotun, agar biror narsadan rohatlanish odamlarga xush yoqmasa, o’sha narsa ularning hojati, fitrati (tabiati) va odatiga to’g’ri kelmaydi, deb tushuntiradi. U jasur odamlar, shuningdek biron-bir san'at sohibi bo’lgan odamlarga doir misollar keltiradi, Bir san'at sohiblari uchun zavqli bo’lgan narsa boshqa san'at sohiblari uchun zavqli bo’lmasligi mumkin.
Shunga o’xshash, ba'zilarga to’g’ri va go’zal, adolatli ko’ringan narsa boshqalarga yomon ko’rinishi mumkin.So’ngra Aflotun, ashyolar o’z-o’zidan go’zal va xunuk emas, balki, (boshqa ash'yolarga) nisbatan go’zal va xunuk bo’ladi, deb qo’shimcha qiladLAgar bu haqda san'atkorlardan so’ralsa, ular albatta bu fikrni tasctiqlaydilar.
Aflotunning tushuntirishicha, narsaning mohiyati noma'!um bo’lsa, bu narsani aniqlash uchun, uning ayrim qismlarining, uyg’unligini, tegishii jihatini va zaruriyligini tartibga solib bo’Imaydi. Agar kirndir shusiz ham (u narsani) aniqlash mumkiii, deb da'vo qilsa, yanglishadi.
Agar biror odam ashyoning mohiyatini bilsa ham, o’sha narsaning yaxshi va oliy sifatlarini yoki yomon va bema'ni
69


Download 2,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish