ABU NASR FOROBIY
mashhur bo’lsa, uni ular qancha ko’p maqtashmasin, odamlar bularning hammasi uning fazilati emas, deb o’ylashlarini Aflotun eslatib o’tadi. Agar odamni so’zining qudratiga qarab ta'riflasalar, bu-olimlar ko’pincha murojaat etuvchi an'anadir. Nutqni eshituvchining vazifasi, tub ma'noni to’g’ri va sog’lom fikrlab, chuqur o’rganib, o’sha odamda ta'riflanayotgan sifatlar bormi yoki u sifatlarni notiq so’zamolligi va notiqlik mahorati bilan yoxud notiqning hamma narsa to’g’risida yaxshi fikr bildirishga o’rganganligidan shunday ko’rsatdimi, bilib olishdan iboratdir... Qonunning o’zi o’z holicha olijanob va ustuvor bo’lishi kerak va uning nomidan hamda u (qonun) haqida nimaiki gapirilsa ham mo’tabar hisoblanishi lozim.
Aflotun qonunlarning mohiyati va afzalliklarini xalqqa mantiq o’qitish va o’rgatish orqali tushuntirish lozimligini aytadi. Xalq qonunlarga ehtiyoj sezishi va ularni chuqur o’rganishi zarur, chunki ular keyinchalik xalqning o’ziga foyda keltiradi. Aks holda qonundan ko’zlangan maqsadga erishib bo’lmaydi. Aflotun misol keltirib, go’dak bolaning hunar o’rganishiga zo’r ishtiyoqi borligi tufayli u o’yin orasida eshik va uylarning qanday yasalishini o’rganib olishini va keyinchalik shu hunarni egallab olishini, bu qobiliyatning foydasi tegishini aytadi. So’ngra Aflotun sohibi qonunga murojaat etib, agar sohibi qonun yoshligidan boshlab davlat ishlari bo’yicha foydali mashqlar qilib yurishga, davlat ishlarining to’g’ri va noto’g’riligi haqida mulohaza yuritishga o’rgangan bo’lsa, u holda vaqti-vaqti bilan o’zi ustidan nazorat o’rnatishi hamda avvallari shug’ullangan va hozir ham davom ettirayotgan mashg’ulotlariga sabot, qunt bilan qarashi zarurligini
tushuntiradi.
Aflotun har bir odamning qalbida qarama-qarshi, o’zaro tutash juft quvvat: g’amginlik va quvonch, lazzat va iztirob va hukazolar bor deb hisoblaydi. Bu quvvatlardan biri -tahsinga sazovor, ikkinchisi hayvoniydir. Qonun hayvoniy kuchni emas. tahsinga sazovor kuchni rivojlantirishga qaratilgan bo’lishi zarur. Aflotun, hayvoniy quvvat tomonidagi ziddiyat kuchli va og’ir, tahsinli quvvat tomonidagi ziddiyat-
64
— AFLOTUN QONUNLARI MOHIYATI
muloyimroq va xushko’ngilroq, deb tushuntiradi. Har bir ayrim odam shu ikki ziddiyat holati haqida o’ylashi, tahsinga sazovor quvvatga bo’ysunishi kerak. Shahaming hamma aholisiga kelganda, agar ular tahsinga sazovor kuchlarga erishishga kuchlari yetmasa, yo'1 ko’rsatuvchi, eng mo’tabar avliyolarning ishlaridan so’z yurituvchi. sohibi qonunlarning adolatiariga bo’ysunishi kerakbo’ladi.
Aflotun aytadiki, sohibi qonun tomonidan og’ir ishlar va mashaqqatli mehnat bilan bog’liq bo’lgan matonat talab qilinishi eng yaxshi adolatdir, chunki uning pirovardida qulaylik va xayrli ishlar keladi, bu holat xuddi achchiq, ammo sog’liqqa yaxshi ta'sir etuvchi dori ichishga o’xshaydi.
Aflotun, inson tabiatidagi zaruriy xislatlarni va ularning qarama-qarshi jihatlarini farqlash kerakligini tushuntiradi. Masalan, kamtarlik - tahsinga sazovor, ammo kamtarlik haddan oshib ketsa, u holda o’z kuchini yo’qotadi va zararli bo’lib qoladi. Odamlar haqida yaxshi fikrlash va ularga nisbatan ochiq ko’ngillilik tahsinga sazovor, lekin, bular dushmanga taalluqli bo’lsa, ular zararlidir. HushyorSik ham tahsinga sazovor, ammo haddan oshib ketsa, u qo’rquv va o’zini tiyishga aylanib, zararli bo’lib qoladi. Alloma, agar inson o’z maqsadiga erishib, hurmatga sazovor bo’lsa-yu, ammo maqsadga egrilik bilan erishsa, bu ham zararli hisoblanadi-deb tushuntiradi. Eng yaxshisi maqsadga chiroyli va halol yo'l bilan erishishdir.
Aflotun, esli odamga foydali ish sifatida, yomonlikka yaqinlashib, unga tobe' bo’lib qolmaslik uchun uni tushunish, unga nisbatan o’z hushyorligini oshirish zarurligini eslatadi. U mayxo’rlik bilan bog’liq misolni keltiradi. Aflotun sog’ odamning mastlarga yaqin bo’lishi, ularning dasturxonida birga bo’lib turishi, mastlikdagi bema'nigarchiliklardan, qabih ishlardan o’zini himoya eta bilisbi zarurligini tushuntiradi. Nimjon odam balki kosalab ichib, o’zini kuchli faraz qilib, o’zining kuchini ko’rsatish uchun shovqin-to’polon va urishni tusab qoladi, ammo behol bo’lib kuchdan ayriladi. Ichuvchi odam bilan yana boshqa ko’p savdolar sodir bo’ladi.
Yaxshi fazilatlarga erishmoqchi bo’lgan odam, yaxshi xislatlarga qarshi turgan, o’zidagi illatlarni yo’q qilishga intilishi
65
5-A-6020
Do'stlaringiz bilan baham: |