Mavzu :Hunarni sev,hunarni!
DARSNING MAQSADI
а) Ta`limiy maqsad: o’quvchilarni “Yangi mavzu bilan tanishtirish,to’g’ri, ongli, ifodali o’qish malakalarini shakllantirish
FK1-rivoyat,hikoya,ertak,maqol, topishmoq, tez aytish va she’riy matnlarni,ixcham audio va video materiallarni tinglab tushuna oladi
b) Tarbiyaviy maqsad:
Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarda hamjihatlik,inoqlik,do’stlikni qadrlash tuyg’ularini o’stirish,ularni mehnatsevarlikka, o’zgalarni hurmatlashga o’rgatish. Nutq madaniyatini shakllantirish hamda uni hayotda qo’llay olishni o’rgatish.
v) Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni erkin va mustaqil fikrlash, lug’at ustida ishlash,og’zaki nutqini
FK2 - badiiy asarni tahlil qilish kompetensiyasi
Dars turi: Yangi bilim beruvchi.
“Hunarni sev” she’ri asosida o`quvchilarga yangi bilim,ko`nikma va malakalarni shakllantirish.
Dars metodlari. Interfaol (Tarmoqlash,aqliy hujum,kartateka,savol-javob ifodali o’qish, savol- javob, rollarga bo’lib o’qish. )
Darsning jihozi: 3-sinf o`qish darsligi,mavzu mazmuniga mos rasm ,slayd
Darsning texnologik xaritasi
1. Tashkiliy qism: 5 daqiqa
2. O`tilgan mavzuni takrorlash: 7 daqiqa
3. Yangi mavzu bayoni: 20 daqiqa
4. Darsni mustahkamlash: 10 daqiqa
5. Baholash: 2 daqiqa
6. Uyga Vazifa: 1 daqiqa
Dars shiori
O`QIB YARATAMIZ ,IJOD QILAMIZ SHU OZOD VATANNI OBOD QILAMIZ
DARSNING BORISHI
I.TASHKILIY QISM
SALOMLASHISH
DAVOMAT
NAVBATCHI AXBOROTI
II.O’TGAN MAVZUNI MUSTAHKAMLASH
Bo‘lim yuzasidan takrorlash
SAVOLLAR.
1. Bo‘limdan yod olgan she’rlaringizdan birini ayting.
2. Vaqtning qadri haqida qanday asar o‘rgandingiz? Nimalarni bilib oldingiz?
3. Bo‘limdagi qaysi asarlarda darslarga befarq qaragan o‘quvchilar misol qilingan?
4. „Mening maktabim“ yoki „Men sevgan kitob“ mavzusida besh-olti gapdan ibo-
rat matn tuzing.
III.YANGI MAVZU BAYONI:
Mavzu: Hunаrni sеv, hunаrni!
Tolib Yo’ldosh
Tolib Yoʻldosh 1918 yil Toshkentning Chilonzor mavzei, Gulbozor mahallasida oddiy mehnatkash oilada dunyoga kelgan. U turmush tashvishlari bilan boʻlib, qirq yoshidan soʻng ilm egallashga kirishadi.Tayyorlov va kechki kurslarda oʻqidi. Tolib Yoʻldoshning birinchi sheʼriy toʻplami “Boʻri bilan chol” 1943 yilda chop etilgan. “Shundan beri, ‒ deb yozadi shoir tarjimai holida, ‒ qirqqa yaqin toʻplam nashr ettirdim, yarmi bolalarga, yarmi kattalar uchun”. T. Yoʻldoshning “Baxtiyorlar qoʻshigʻi”, “Porloq erta”, “Polizda”, “Doʻmboqlar”, “Koptok nega qochadi”, “Oʻsmirlar oʻylari”, “Oq terakmi, koʻk terak”, “Quyosh bilan suhbat” kabi yigirmaga yaqin sheʼriy toʻplamlarida begʻubor yoshlar qalbi, orzu maqsadlari, intilishlari, quvonch va tashvishlari oʻzining yorqin ifodasini topgan.
Hunаrni sеv, hunаrni!
Hunаrni sеv, hunаrni
Hunаr sеngа аsqatаr.
Hunаr оtin sоni yo‘q,
Sаnаsаng,qаtоr-qаtоr.
O‘rgаn, sеn hаm yigitsаn,
Yetmish turi оz sеngа.
„Hunаrli er kаm bo‘lmаs“
Mаqоlin оl esinggа.
Mаyli, durаdgоr ustа,
Chilаngаr bo‘l, хоhishing.
Хаlqqа birоr mаnfааt
Yetkаzsin qilgаn ishing.
Binоkоr bo‘l, hа, bаlli,
Bizgа zo‘r uylаr kеrаk.
Bаstаkоr bo‘l, mаrhаmаt,
Sho‘х, shirin kuylаr kеrаk
Hunаrli bo‘l, ilm оl,
Hаr ikkisi hаm zаrur.
Hunаr – bu bахt-u iqbоl,
Bеlgа quvvаt, ko‘zgа nur.
Mavzu yuzasidan savollar:
1.Shе’rni ifоdаli o‘qing.
2.Shе’rdа hunаrgа qаndаy tа’rif bеrilgаn?
3.Siz qaysi kasb yoki hunarni egallamoqchisiz?
Hunar haqida maqollar.
Aql ko‘pga yetkazar, hunar – ko‘kka.
Hunaring bo’lsa qo’lingda non topilar yo’lingda.
Hunar hunardan – rizqing unar.
IV.YANGI MAVZUNI MUSTAHKAMLASH:
Klaster metodi asosida hunar turlarini yozish.
TIKUVCHI
BINOKOR
GILAMDO’Z
HUNAR
TO’QUVCHI
BASTAKOR
CHILANGAR
V.Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.
Dars xulosalanib, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.
VI.Uyga vazifa.
“Hunarni sev “ hunarni ! she’rini yod olish.
Do'stlaringiz bilan baham: |