2. Qadimgi Elam. Miloddan avvalgi VI mingyillikda Eronning janubi-g`arbiy burchagida xo`jalik rivojlanib, xususiy mulk, mulkiy tengsizlik va tabaqalanish jarayoni sodir bo`ldi. Miloddan avvalgi III mingyillik boshlarida esa u yerda poytaxti Suza bo`lgan Elam davlati tashkil topadi. Miloddan avvalgi XXI asrgacha u Shumer va Akkad davlatlariga qaram bo`lib qoladi.
Miloddan avvalgi 2230-yilda Elam hukmdori Xita Akkad podshosi Naram-Suen bilan shartnoma tuzadi. Xita «Naram-Suenning dushmani mening dushmanim, Naram-Suenning do`sti esa mening do`stim» deb e`lon qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |