Miloddan avvalgi 672-yili midiyaliklar Kashtariti rahbarligida ossurlarga qarshi kurash boshlab, ularni Midiyadan haydab chiqaradilar. Kashtariti Midiyadagi mayda davlatchalarni birlashtirib yagona davlat tuzishga bel bog`laydi.
Miloddan avvalgi VII asr o`rtalariga kelib Midiya Qadimgi Sharqdagi qudratli davlatga aylanadi. Miloddan avvalgi 753-yili Midiya shohi Kashtariti ossurlar ustiga qo`shin tortadi. Ossurlar skiflarni midiyaliklarga qarshi kurashga ko`ndiradilar. Midiya qo`shinlari ossur va skiflarning ikki tomondan bergan zarbalariga bardosh bera olmay yengiladi. Bu jangda Kashtariti halok bo`lib, Midiya miloddan avvalgi 653–625-yillar orasida skiflar ta`sirida qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |