4. Kiaksar va Astiag davrida Midiya. Miloddan avvalgi 625-yili Kashtaritining o`g`li Kiaksar Midiya podshosi bo`lgach, skiflarni mamlakatdan quvib chiqaradi. Kiaksar Midiyadagi mayda davlatlarni birlashtirib, uni kuchli saltanatga aylantiradi.
Miloddan avvalgi 614-yili Kiaksar qo`shinlari Ossuriyaga bostirib kirib uning poytaxti Ashshurni vayron qiladilar va talaydilar. Midiyaliklar Ossuriyadan behisob boylik va asirlar olib qaytadilar. Kiaksar Bobil podshosi Nabopalasar bilan harbiy ittifoq tuzib ossurlarga qarshi jang boshlaydi. Miloddan avvalgi 612, 609-yillarda Bobil va Midiya qo`shinlari ossur qo`shinlarini yengib Ossuriyaning Nineviya va Ashshur shaharlarini yana vayron qiladilar. Bu mag`lu-biyatdan so`ng ossur qo`shinlari g`arbga chekinadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |