Miloddan avvalgi XXII asr boshlarida Kutik – Inshushinak Elamni birlashtirib, uni yagona davlatga aylantiradi. Shu vaqtda Elamga shimoldan guteylar bostirib kirib, uni o`zlariga tobe qilib oladilar. Ur III sulolasi davrida Elam Mesopotamiya hukmdorlariga tobe etiladi. Miloddan avvalgi XXI asr oxirida Elam kuchayib, mustaqillikka erishib, Urni o`ziga qaratadi va Janubiy Shumerni bosib oladi. Bobil podshosi Hammurapi esa elamliklarni Shumerdan haydab chiqaradi.
Miloddan avvalgi 1730–1700-yillarda Elam qo`shinlari Me-sopotamiyaga bostirib kirib, Akkadgacha bo`lgan yerlarni bosib oladilar. Miloddan avvalgi XIV asr o`rtalarigacha Elam o`z mustaqilligini saqlab qoladi. Keyinchalik Elam bobilliklarga tobe bo`lib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |