Miloddan avvalgi 1180-yilda Elam shohi Shutruk – Naxunta I Bobil qo`shinlarini mamlakatdan quvib chiqaradi. U Bobilga bostirib kirib bir qancha shaharlarni bosib oladi. U katta o`ljalar qatori Hammurapi qonunlari yozilgan toshni ham Suzaga olib keladi. Miloddan avvalgi 1155–1115-yillar Elam podsholigining gullagan davri hisoblanadi. Miloddan avvalgi 1115-yili elamliklar bobillik-lardan yengilib, miloddan avvalgi VIII asrgacha o`z mustaqilligini yo`qotadilar.
Miloddan avvalgi VIII asrda Elam mustaqilligini tiklaydi va Bobil bilan ittifoq tuzib ossurlarga qarshi kurash boshlaydi. Miloddan avvalgi 720-yili elam qo`shinlari Der yaqinidagi dahshatli jangda ossurlarni tor-mor etadilar. Elamliklar bobilliklar bilan ittifoq tuzib ossurlarga qarshi uzoq kurashadilar. Miloddan avvalgi 639-yili Elam ossurlar, 596-yili bobilliklar va 549-yili eroniylar tomonidan bosib olinadi. Shu bilan mustaqil Elam davlati barham topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |